35
1. 6. Stilizatsiya va uning o„ziga xos xususiyatlari .
Stilizatsiya - o‗simlik va hayvonot dunyosi butalar, novdalar, shoxlar,
barglar, gullar, meva shakllarini qayta ishlashdir. Naqqoshlik san‘atining
ildizi juda qadim o‗tmishimizga borib taqaladi. Insoniyat o‗zi uchun zarur
bo‗lgan jamiki buyumlarni badiiy bezab takomillashtirilib kelgan. Oddiy
ro‗zg‗or buyumlaridan tortib, kiyim kechak, kitob, bino bezaklari hamma
– hammasi naqsh elementlari yordamida bezatiladi. Xalq amaliy san‘atida
qo‗llaniladigan barcha bezak elementlari tabiatda uchraydigan o‗simliklar
dunyosi, gul, novda, barg va hayvonlar ko‗rinishlariga mos tasvirlardir.
Naqsh kompozitsiyalarni chizishda, asosan ikki manbadan - tabiiy va
geometrik shakllardan foydalaniladi. O‗simliklar,
hayvonlar va qushlar
naqsh san‘atining tasvir ob‘ektidir.
Ma‘lumki, har bir naqsh namunasi o‗ziga xos naqsh elementlarining
yig‗indisidan iborat. Stilizatsiya o‗simlik va hayvonot dunyosidan olingan
turli shakllarni qayta ishlash badiiylashtirish demakdir. Bunda tanlangan
shaklni naqsh kompozitsiyasi tarkibiga qo‗shish mumkin bo‗lgan
bezak
shakliga keltiriladi. Bunda o‗quvchi butun bir yaxlit predmetning tashqi
ko‗rinishlarini bir necha badiiy chiziqlar yordamida aniq va lo‗nda qilib
tasvirlashni o‗rganadi.
Xalq ustalari qadimdan qo‗llab kelayotgan
jami naqshlar tabiat
hamda voqeylikning shartli tasviri bo‗lishiga qaramasdan o‗ziga xos
qonun qoidalarga ega. Bu qonun qoidalar tabiatning o‗zidan olingan
bo‗lib, haqiqatdan ham o‗simliklarning faqat bir tomonga qarab o‗sishi
inobatga olingan.
Masalan, majnuntol xuddi pastga qarab teskari o‗sayotgandek
tuyiladi. Lekin novdadan barg bo‗lib, bir tomonlama yo‗nalishda davom
etib keladi.Tabiatning bu qonuni naqshda o‗z aksini topgan.
Usta chizadigan naqsh shunchaki qog‗oz betini to‗ldirish
uchun
emas, balki, ongli ravishda tabiat va badiiylik qonun- qoidalariga amal
qilgan holda manzara tasvirini chizishdan iboratdir.
Badiiy naqsh ishlash jarayonida o‗quvchilar quydagilarni puxta
o‗zlashtirib olishlari zarur:
-atrof muhitdagi, tabiatda mavjud bo‗lgan tabiiy shakllarni qayta ishlash,
ya‘ni stilizatsiyalash yo‗llarini
bilishlari, undan samarali foydalana
olishlari;
-berilgan naqsh elementlari yoki namuna asosida yangi naqsh
kompozitsiyasini tuza olishlari;
-mustaqil ravishda yangi naqsh kompozitsiyasini tuza oladigan bo‗lishlari
kerak.
36
Naqsh elementlari bilan tanishtiruv mashg‗ulotlarida o‗qituvchi
o‗quvchilarni o‗zi bilan tabiat qo‗yniga sayohatga olib chiqadilar va
mashg‗ulotlarda o‗rgangan nazariy hamda amaliy bilim malakalari
asosida, atrofdagi barcha o‗simliklar, hayvonot
dunyosini kuzatadilar va
―stilizatsiyalashtirish― orqali ularning badiiy tasvirini, ketma- ketlik
asosida tuzulgan rangli yoki oq- qora foto- suratlardan va ko‗rgazmali
qurollardan foydalanish orqali tushunchalar
berish ham yaxshi natija
beradi.
Har bir usta biror badiiy bezak ishini bajarganda bevosita u yoki bu
naqshlar tasvirini ishlashga to‗g‗ri keladi. Ular naqsh elementlarini
amaliy san‘at namunalaridan olishadi yoki mustaqil ravishda tabiiy yoki
geometrik shakllarni stizilizatsiya qilib ishlatishadi.
5
Dostları ilə paylaş: