Aloqaning rivojlanish dasturini asosiy vazifasi b o ‘lib,
iqtisodiyot tarmoqlari va aholini pochta, telegraf, telefon,
radio
va hokazolarga bo‘lgan talabini to ‘laroq qondirish hisoblanadi.
Shu vazifani hal qilishda aloqaning har bir sohasining rivojlanish
darajasi va ularning o ‘ziga xos boigan xususiyatlari e’tiborga
olinadi.
Masalan, gazeta va jurnallarni aholiga yetkazib berish das-
turiga qo‘yiladigan vazifa — bu gazeta va jurnallarni chop etilgan
kuniyoq obunachilarga yetkazishdir.
Pochtani rivojlantirish dasturidagi asosiy vazifa bo‘lib, pochta
orqali
yuboriladigan xatlarni, posilkalar va hokazolami qisqa
muddat ichida ularning egalariga yetkazish hisoblanadi.
Aloqani
rivojlantirish
dasturidagi asosiy ko‘rsatkichlar
quyidagilar hisoblanadi:
1. Aloqaning mahsuloti.
2. Shaharlararo telefon kanallarining uzunligi.
3. Shaharlar va qishloq joylardagi telefon stansiyalarining
kattaligi (sig‘imi).
4. Televizion stansiyalaming soni va quwati.
5. Kompleks mexanizatsiyalashgan
aloqa korxonalarining
soni.
6. Ta’rif daromadlari hajmi, foyda,
rentabellik va boshqa
iqtisodiy ko‘rsatkichlar.
Aloqa
mahsulotining hajmi
— bu ushbu tarmoq tomonidan
Milliy iqtisodiyot va aholiga ko‘rsatadigan
barcha xizmatlarini
pul o‘lchovida ifodalangan yig‘indisidir. Bu natura holida ko‘rsa-
tiladigan xizmatlar hajmini ularga mos bo‘lgan joriy baholarga
ko‘paytirish yo‘li bilan topiladi.
Shaharlararo
Dostları ilə paylaş: