2) aholini kam ta’minlangan, ya’ni uning moddiy va ijtimoiy
himoyaga muhtoj bo‘lgan qismini
himoya qilishga qaratilgan,
eng aw alo aholining nochor guruhlarini aniq manzilli va
maqsadli ijtimoiy himoya qilish tizimini barpo etish;
3) aholini ijtimoiy himoya qilishni iqtisodiy islohotlar
dasturidagi uzluksiz ustuvor yo‘nalishlardan
biri deb hisoblash;
4) pensiya tizimining moliyaviy barqarorligini ta’minlash,
pensiyaning real miqdorini oshirish;
5) m ehnat qilish qobiliyatiga ega bo'lgan aholiga o ‘z
daromadlari hisobidan yuqoriroq ijtimoiy iste’mol qilishni
ta’minlaydigan iqtisodiy sharoit yaratish;
6)
aholini turaijoylarga, maishiy xizmat ko'rsatish, savdo
va umumovqatlanish korxonalarining xizmatlariga hamda mada
niyat, san’at, sport va boshqa sohalarga bo‘lgan qonuniy
talablarini ta’minlash uchun zarur sharoitlar yaratish;
7) ijtimoiy-madaniy institutlarning
rivojlanishini huquqiy
va tashkiliy asoslarini shakllantirish va boshqalar.
7.2. Ta’lim tizimi va uni isloh qilish.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi
Ta’lim jamiyatning rivojlanish tendensiyasi va holatini aks
ettiradi hamda unga ta’sir ko‘rsatadi. Millatning ijtimoiy-siyosiy,
m a’naviy-ahloqiy qiyofasi ko‘p jihatdan uning ziyolilar dunyo-
qarashi, bilimdonlik saviyasi va jasoratiga bog‘liq.
«Olamga
quyosh ziyo taratsa, odamzod qalbiga ziyoli nur sochadi»,
deydi
xalqimiz. Hozirgi vaqtda Respublikada 66 ta Oliy o‘quv yurti,
jumladan, 1500 ga yaqin kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar
va 10 mingga yaqin umumiy o ‘rta ta’lim
maktablari faoliyat
ko'rsatmoqda.
Yangi kasb-hunar kollejlari va ularning filiallarini qurish
nihoyasiga yetkazildi.
0 ‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlaming eng muhim
maqsadi yurtimizda sog‘lom va barkamol, bilimli, yuksak ma’na-
viy-axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan avlodni shakllantirishdan
iborat.
166
Aynan shu maqsadlarga erishish
uchun mamlakatimizda
keng miqyosdagi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi amalga
oshirildi. Uning zamirida aholining uzluksiz ta ’lim olishini
ta’minlash, ta ’lim tizimining jamiyatdagi o ‘zgarish va yangi-
lanishlar, iqtisodiyotdagi yuqori malakali kadrlarga bo‘lgan
ehtiyoj bilan uyg‘un va hamohang bo‘lishiga
erishish konsep-
siyasi mujassam edi.
Fransiyadagi dunyoning eng yaxshi 5 ta biznes maktabi
qatoriga kiradigan «Inssad» xalqaro biznes maktabining 2012-
yilgi «Innovatsion global indeksi» m a’ruzasida bayon etilgan
ma’lumotda keltirilishicha, dunyoning 141 mamlakatida inno
vatsion rivojlanish kompleks tarzda tashkil qilingan.
Tahlilning asosiy tarkibiy qismlaridan
biri inson kapitalini
rivojlantirish darajasi bo'yicha bizning mamlakatimiz
Dostları ilə paylaş: