VII bob.
IJTIM OIY INFRATUZILMA
Reja:
7.1. Ijtimoiy tarmoqlar majmuyi va uni rivojlantirish vazifalari.
7.2. Ta ’lim tizimi va uni isloh qilish. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi.
7.3. Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish.
7.4. Uy-joy kommunalxojaligini isloh qilish.
7.5. Aholiga maishiy xizmat ko'rsatish tarmog‘ini qayta qurish.
7.1. Ijtimoiy tarmoqlar majmuyi va uni rivojlantirish
vazifalari
Davlatning funksiyalaridan biri -
uni ijtimoiy siyosati funk-
siyasi hisoblanadi. Aholini ijtimoiy himoya qilish va ular o‘r-
tasidagi kuchli iqtisodiy tengsizlikning oldini olish maqsadida
daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash bo'yicha
davlat
chora-tadbirlari tizimi —
ijtimoiy siyosat
deyiladi. Keng ma’noda
ijtimoiy siyosat deganda shaxsning hayot faoliyatini shunday
sharoitlarini yaratish va tutib turish bo‘yicha ko'rilgan
barcha
chora-tadbirlar tushuniladi. Bu tadbirlar shaxsning rivojlanishiga
yordam beradi va uning ijodiy imkoniyatlarini to‘liq namoyon
qilishni rag'batlantiradi.
Aholining turmush farovonligi darajasi mamlakatning faqat
iqtisodiy taraqqiyot darajasi bilangina emas, balki ijtimoiy sohalar
taraqqiyoti darajasi bilan ham ifodalanadi.
Ijtimoiy soha davlat
tomonidan olib borilayotgan iqtisodiy siyosatning natijasi o‘z
aksini topadi va amalga oshiriladi. Iqtisodiy siyosat esa barcha
aholi manfaatini ko'zlaydi. Aynan
ijtimoiy sohada davlatning
insonparvarlik darajasi har tomonlama yaqqol namoyon bo'ladi.
Ijtimoiy soha milliy iqtisodiyotning bajaruvchi tarmoqlarini
o‘z ichiga oladi. Jumladan, u xalq ta’limi va ma’daniyati, sog'liqni
saqlash, aholiga nafaqa to‘lash, kommunal xo‘jaligi,
maishiy
xizmat ko'rsatish, fizkultura va sport xo‘jaligi kabi qator
sohalarni o‘z ichiga oladi. Bulardan tashqari, ijtimoiy soha hayot
darajasini yaxshilash, iqtisodiyotda ijtimoiy adolatni o‘rnatishda
muhim ahamiyat kasb etadi.
163
Ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
to ‘qqizinchi sessiyasida qilgan ma’ruzasida
Islom Karimov
mamlakatimiz taraqqiyoti haqida to'xtalib,
Dostları ilə paylaş: