Yuqoridagi amalga oshirilgan ishlar dastlabki yillarda ta’lim
jarayoni tizimida ko‘pgina ijobiy o‘zgarishlarni amalga oshirish
imkoniyatini berdi.
Ammo o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan bu tadbirlar
bozor iqtisodiyoti talablariga javob bera olmadi, natijada ko‘pgina
muammolar hal qilinmay qolaverdi:
1. Sobiq Sovet davridan qolgan ta’lim-tarbiya tizimiga xos
mafkuraviy qarashlardan va sarqitlardan qutilish imkoniyatini
bermadi.
2. Amalga oshirilgan o‘zgarishlar va tadbirlar ta’lim-tarbiya
va o‘quv jarayonlarining tarkibini, bosqichlarini
bir-biri bilan
uzviy bog‘lash ya’ni uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimini tashkil qilish
muammolarini yecha olmadi.
3. Amaldagi ta’lim-tarbiya jarayoni zamonaviy talablarga
javob berolmasligi, mutaxassislar tayyorlash, ta’lim-tarbiya
tizimini jamiyatdagi bo'layotgan islohot, yangilanish jarayonlari
talablari bilan bog‘lanmaganligi ko‘rinib qoldi.
4. Yoshlarning sezilarli qismi (o‘rta maktabni bitirganlarining
70 foizgacha bo‘lgan qismi) mehnat
bozoriga kirishga tayyor
emas, chunki ular ma’lum bir kasb-malakaga ega emas edi.
5. Aksariyat maktablaming moddiy texnika va axborot bazasi
yetarli ahvolda emasligi, o‘rta va oliy maktablaming zarur
uskunalar bilan ta’minlanganligi esa talab darajasidan ancha
past bo‘lganligi, sifatli o‘quv-uslubiy adabiyotlaming kamligi
sezilarli darajada edi.
6. Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning
ahvoli qoniqarsiz
darajada qoldi. Bog‘cha yoshidagi bolalarning 25 foizi maktab
gacha bolalar muassasalariga qamrab olingan edi, xolos.
7. Maktablarda va boshqa o‘quv yurtlarida ta’lim jarayo-
nining o'zidagi va o‘qitish uslubiyatidagi juda ko‘p kamchiliklar
o ‘quvchilarda mustaqil fikrlash qobiliyatining rivojlanmay
qolishiga sababchi bo‘lib qolgan edi. 0 ‘rta maktabni bitir-
ganlaming 10 foizigina oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirar edi,
xolos.
Yuqorida ko‘rsatilgan va boshqa muammolar ta’lim jarayon-
larini chuqur isloh qilish lozimligini taqozo etdi.
176
Shuning uchun 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1997-
yil avgust oyida «Ta’lim to‘g‘risida» qonun qabul qildi.
Bu qonunda ta’lim sohasidagi
davlat siyosatining asosiy
prinsiplari, ta’lim tizimi va turlarining huquqiy asoslari belgilab
berildi.
«Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunga binoan 0 ‘zbekiston Respub
likasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasi, ta ’lim ustuvor deb e’lon
qilingan.
Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari
quyidagicha belgilangan:
1. Ta’lim va tarbiyaning insonparvarlik, demokratik xarak-
terda ekanligi.
2. Ta’limning uzluksizligi va izchilligi.
3. Umumiy o‘rta,
shuningdek, o‘rta maxsus, kasb-hunar
ta’limining majburiyligi.
4. 0 ‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining yo‘nalishini: aka
demik litsey yoki kasb-hunar kollejida o‘qishni tanlashning
ixtiyoriyligi.
5. Ta’lim tizimining dunyoviy xarakterga ega ekanligi.
6. Davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma
uchun ochiqligi.
7. Ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan
yondashuv.
8. Bilimli bo‘lishni va iste’dodni rag‘batlantirish.
9. Ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg‘un-
lashtirish.
Ta’lim to‘g‘risidagi qonunga binoan Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi qabul qilindi. U uzoq davrga mo‘ljallangan bo‘lib,
ta’limning
barcha tizimi va turlarini, tizimini isloh qilishga
qaratilgandir.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi quyidagi ta’lim turlarini
belgiladi:
Dostları ilə paylaş: