‘zbekist0n respublikasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 7,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə148/245
tarix03.10.2023
ölçüsü7,36 Mb.
#151611
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   245
Yo\'doshev Z. Milliy va jahon iqtisodiyoti.

Kasb-hunar kolleji
 
tegishli davlat ta’lim standartlari doirasida 
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi beradi; o‘quvchilaming kasb- 
hunarga moyilligi, bilim va ko‘nikmalarini chuqur rivojlantirish, 
tanlab olingan kasb-hunar bo‘yicha bir yoki bir necha ixtisosni 
egallash imkonini beradi.
Oliy ta’lim
 
o ‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi negiziga asos­
lanadi hamda ikki (bakalavriat va magistratura) bosqichiga ega.
Oliy ta’lim muassasalariga talabalar qabul qilish davlat grant- 
lari negizida va pullik-shartnomaviy asosda amalga oshiriladi.
178


B akalavriat —
mutaxassisliklar yo‘nalishi bo‘yicha funda­
mental va amaliy bilim beradigan, ta’lim muddati kamida to ‘rt 
yil davom etadigan tayanch oliy ta’limdir.
Bakalavrlik dasturi tugallanganidan so‘ng bitiruvchilarga 
davlat attestatsiyasi yakunlariga binoan kasb bo‘yicha 
«bakalavr»
darajasi beriladi va davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi, 
kasb-hunar faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beradigan 
diplom topshiriladi.
M agistratura —
aniq mutaxassislik bo‘yicha fundamental 
va amaliy bilim beradigan, bakalavriat negizida ta’lim muddati 
kamida ikki yil davom etadigan oliy ta’limdir.
«Magistr» 
darajasini beradigan davlat malaka attestatsiyasi 
magistirlik dasturining intixosidir. Magistrlarga davlat tomonidan 
tasdiqlangan namunadagi, kasb-hunar faoliyati bilan shug‘ulla- 
nish huquqini beradigan diplom topshiriladi.
Oliy o ‘quv yurtidan keyingi ta ’lim
jamiyatning oliy malakali 
ilmiy va ilmiy pedagog kadrlarga bo'lgan ehtiyojlarini qondirishga, 
shaxsning ijodiy ta ’lim kasb-hunar manfaatlarini qanoatlan- 
tirishga qaratilgan.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 24-iyulda 
PF-4456 «Oliy malakali ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar 
tayyorlash v.a attestatsiyadan o ‘tkazish tizimini yanada takomil­
lashtirish to ‘g‘risida»gi Farmoni qabul qilindi. Unga asosan 
ta ’lim jarayoni bakalavriyat va magistratura standartlariga 
o‘tkazilgandan so‘ng nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilish 
mohiyatan ortiqcha ekanligini ko‘rsatdi.
Fan doktori ilmiy darajasini olish uchun to ‘g‘ridan-to‘g‘ri 
dissertatsiyani himoya qilishni nazarda tutuvchi oliy o‘quv yurti­
dan keyingi ta ’limning bir bosqichli tizimi 2013-yil 1-yanvardan 
joriy qilinadigan bo‘ldi.
Doktorlik ilmiy ishlarini tayyorlash va himoya qilish, ilmiy 
daraja hamda ilmiy unvonlar berish tizimi yangilanmoqda. Ilmiy 
kengashlar, asosan, nafaqat yuqori malakali kadrlar tayyorlash 
maskani, ayni vaqtda ilmiy tadqiqotlar olib boriladigan markazga 
aylanishi lozim bo‘lgan yetakchi oliy o ‘quv yurtlari qoshida 
tashkil etiladi.
179



Yüklə 7,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   245




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin