Kasb-hunar kolleji
tegishli davlat ta’lim standartlari doirasida
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi beradi; o‘quvchilaming kasb-
hunarga moyilligi, bilim va ko‘nikmalarini chuqur rivojlantirish,
tanlab olingan kasb-hunar bo‘yicha bir yoki bir necha ixtisosni
egallash imkonini beradi.
Oliy ta’lim
o ‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi negiziga asos
lanadi hamda ikki (bakalavriat va magistratura) bosqichiga ega.
Oliy ta’lim muassasalariga talabalar qabul qilish davlat grant-
lari negizida va pullik-shartnomaviy asosda amalga oshiriladi.
178
B akalavriat —
mutaxassisliklar yo‘nalishi bo‘yicha funda
mental va amaliy bilim beradigan, ta’lim muddati kamida to ‘rt
yil davom etadigan tayanch oliy ta’limdir.
Bakalavrlik dasturi tugallanganidan so‘ng bitiruvchilarga
davlat attestatsiyasi yakunlariga binoan kasb bo‘yicha
«bakalavr»
darajasi beriladi va davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi,
kasb-hunar faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beradigan
diplom topshiriladi.
M agistratura —
aniq mutaxassislik bo‘yicha fundamental
va amaliy bilim beradigan, bakalavriat negizida ta’lim muddati
kamida ikki yil davom etadigan oliy ta’limdir.
«Magistr»
darajasini beradigan davlat malaka attestatsiyasi
magistirlik dasturining intixosidir. Magistrlarga davlat tomonidan
tasdiqlangan namunadagi, kasb-hunar faoliyati bilan shug‘ulla-
nish huquqini beradigan diplom topshiriladi.
Oliy o ‘quv yurtidan keyingi ta ’lim
jamiyatning oliy malakali
ilmiy va ilmiy pedagog kadrlarga bo'lgan ehtiyojlarini qondirishga,
shaxsning ijodiy ta ’lim kasb-hunar manfaatlarini qanoatlan-
tirishga qaratilgan.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 24-iyulda
PF-4456 «Oliy malakali ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar
tayyorlash v.a attestatsiyadan o ‘tkazish tizimini yanada takomil
lashtirish to ‘g‘risida»gi Farmoni qabul qilindi. Unga asosan
ta ’lim jarayoni bakalavriyat va magistratura standartlariga
o‘tkazilgandan so‘ng nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilish
mohiyatan ortiqcha ekanligini ko‘rsatdi.
Fan doktori ilmiy darajasini olish uchun to ‘g‘ridan-to‘g‘ri
dissertatsiyani himoya qilishni nazarda tutuvchi oliy o‘quv yurti
dan keyingi ta ’limning bir bosqichli tizimi 2013-yil 1-yanvardan
joriy qilinadigan bo‘ldi.
Doktorlik ilmiy ishlarini tayyorlash va himoya qilish, ilmiy
daraja hamda ilmiy unvonlar berish tizimi yangilanmoqda. Ilmiy
kengashlar, asosan, nafaqat yuqori malakali kadrlar tayyorlash
maskani, ayni vaqtda ilmiy tadqiqotlar olib boriladigan markazga
aylanishi lozim bo‘lgan yetakchi oliy o ‘quv yurtlari qoshida
tashkil etiladi.
179
|