Shuning uchun 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1997-
yil avgust oyida «Ta’lim to‘g‘risida» qonun qabul qildi.
Bu qonunda ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy
prinsiplari, ta’lim tizimi va turlarining huquqiy asoslari belgilab
berildi.
«Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunga binoan 0 ‘zbekiston Respub
likasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasi, ta ’lim ustuvor deb e’lon
qilingan.
Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari
quyidagicha belgilangan:
1. Ta’lim va tarbiyaning insonparvarlik, demokratik xarak-
terda ekanligi.
2. Ta’limning uzluksizligi va izchilligi.
3. Umumiy o‘rta, shuningdek, o‘rta maxsus, kasb-hunar
ta’limining majburiyligi.
4. 0 ‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining yo‘nalishini: aka
demik litsey yoki kasb-hunar kollejida o‘qishni tanlashning
ixtiyoriyligi.
5. Ta’lim tizimining dunyoviy xarakterga ega ekanligi.
6. Davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma
uchun ochiqligi.
7. Ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan
yondashuv.
8. Bilimli bo‘lishni va iste’dodni rag‘batlantirish.
9. Ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg‘un-
lashtirish.
Ta’lim to‘g‘risidagi qonunga binoan Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi qabul qilindi. U uzoq davrga mo‘ljallangan bo‘lib,
ta’limning barcha tizimi va turlarini, tizimini isloh qilishga
qaratilgandir.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi quyidagi ta’lim turlarini
belgiladi:
Dostları ilə paylaş: