malakali, pedagogik va amaliy ish tajribasiga ega bo‘lgan rahbar
va o‘qituvchi kadrlar bilan ta’minlangan (15-jadval).
1998—2010-yillar davomida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi
o ‘quv m uassasalarini yangitdan qurish va m avjudlarini
rekonstruksiya qilish uchun qariyb 2,5 trillion so‘m sarflandi.
Barcha kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar zamonaviy
ta ’lim standartlari talablari asosida jihozlandi. Kasb-hunar
kollejlari bitiruvchilari ish bilan ta’minlanmoqda. 2013-yilda
amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida kollejlami tugatgan
500 ming nafardan ortiq bitiruvchi ish bilan ta ’minlandi.
Ularning 43
%
o‘zlari ishlab chiqarish amaliyotini o‘tagan
korxonalarga ishga joylashdi (2-diagramma).
Oliy ta’lim tizimida bakalavriat va magistraturadan iborat
ikki bosqichli xalqaro standartga o‘tish amalga oshirildi.
Mamlakatimizda Xalqaro Vestminster universiteti, Singapur
menejmentni rivojlantirish instituti, I.M .Gubkin nomidagi
Rossiya davlat neft va gaz instituti, G.V. Plexanov nomidagi
Rossiya iqtisodiyot Akademiyasi, Turin politexnika universiteti,
M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti kabi
xalqaro oliy o‘quv yurtlarining filiallari tashkil etilgan va samarali
faoliyat yuritmoqda (16-jadval).
Dostları ilə paylaş: