‘zbekist0n respublikasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Kadrlar malakasini oshirish va ulami qayta tayyorlash



Yüklə 7,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə149/245
tarix03.10.2023
ölçüsü7,36 Mb.
#151611
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   245
Yo\'doshev Z. Milliy va jahon iqtisodiyoti.

Kadrlar malakasini oshirish va ulami qayta tayyorlash
mutaxassislaming kasb bilimlari va ko‘nikmalarini yangilash 
hamda chuqurlashtirishga qaratilgan.
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash 
ta ’lim muassasalaridagi o‘qish natijalariga ko‘ra davlat to ­
monidan tasdiqlangan namunadagi guvohnoma va sertifikat 
topshiriladi.
Maktabdan tashqari ta’lim
 
bolalar va o‘smirlarning ta ’limga 
bo‘lgan, yakka tartibdagi, ortib boruvchi talab-ehtiyojlarini 
qondirish, ulaming bo‘sh vaqti hamda dam olishini tashkil etish 
uchun davlat organlari, jamoat tashkilotlari, shuningdek, boshqa 
yuridik va jismoniy shaxslar madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, 
sport va boshqa yo‘nalishlarda maktabdan tashqari davlat va 
nodavlat ta’lim muassasalarini tashkil etadilar.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining 
maqsadi 
— ta ’lim 
sohasini tubdan isloh qilish, uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy 
qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos etish, rivojlangan demokratik 
davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob 
beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini 
yaratish edi.
Ushbu maqsadni ro'yobga chiqarish quyidagi 
vazifalar hal
etilishini nazarda tutgan edi:
1.
«Ta’lim to‘g‘risida»gi 
0 ‘zbekiston Respublikasi qonuniga 
muvofiq ta’lim tizimini isloh qilish, davlat va nodavlat ta ’lim 
muassasalari hamda ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida raqobat 
muhitini shakllantirish negizida ta’lim tizimini yagona o‘quv- 
ilmiy ishlab chiqarish majmuyi sifatida izchil rivojlantirishni 
ta’minlash.
2. Ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga 
oshirilayotgan yangilanish, rivojlangan demokratik huquqiy 
davlat qurilishi jarayonlariga moslash.
3. Kadrlar tayyorlash tizimi muassasalarini yuqori malakali 
mutaxassislar bilan ta’minlash, pedagogik faoliyatning nufuzi 
va ijtimoiy maqomini ko‘tarish.
4. Kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning 
ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyoj-
180


laridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyaning zamonaviy 
yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish.
5. T a’lim oluvchilarni m a’naviy-ahloqiy tarbiyalash va 
ma’rifiy ishlaming samarali shakllari hamda uslublarini ishlab 
chiqish va joriy etish.
6. Ta’lim va kadrlar tayyorlash, ta’lim muassasalarini attesta- 
tsiyadan o ‘tkazish hamda akkreditatsiya qilish sifatida baho 
berishning xolis tizimini joriy qilish.
7. Yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda ta ’limning talab 
qilinadigan darajasi va sifatini, kadrlar tayyorlash tizimining 
amalda faoliyat ko‘rsatishi hamda barqaror rivojlanishining 
kafolatlarini, ustuvorligini ta’minlovchi normativ, moddiy-tex­
nika va axborot bazasini yaratish.
8. Ta’lim, fan va ishlab chiqarish samarali integratsiya- 
lashuvini ta’minlash, tayyorlanayotgan kadrlaming miqdori va 
sifatiga nisbatan davlatning talablarini, shuningdek, nodavlat 
tuzilmalari, korxonalar va tashkilotlarning buyurtmalarini shakl­
lantirishning mexanizmlarini ishlab chiqish.
9. Uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimiga budjetdan 
tashqari mablag'lar, shu jumladan, chetel investitsiyalari jalb 
etishning real mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy 
etish.
10. Kadrlar tayyorlash sohasida o'zaro manfaatli xalqaro 
hamkorlikni rivojlantirish.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining 

Yüklə 7,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   245




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin