Ta`lim tizimini isloh qilishning mohiyati. Reja: Kirish. Ta‘lim tizimini isloh qilish — zamon talabi. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»



Yüklə 32,4 Kb.
səhifə1/2
tarix20.01.2023
ölçüsü32,4 Kb.
#79788
  1   2
referat


Ta`lim tizimini isloh qilishning mohiyati.
Reja:
Kirish.

1.Ta‘lim tizimini isloh qilish — zamon talabi.


2.«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida pedagog-kadrlar tayyorlash masalalari.
3.Kamchilikar va muammolar.


Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

Kirish
Mustaqillikka erishilgandan so’ng Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda barcha sohalarni qamrab olgan holda keng islohotlar amalga oshirildi hamda bu ishlar hozirgi davrda yangi bosqich va keng ko’lamda yanada izchil davom ettirilmoqda. U hoh davlat boshqaruv tuzilmasi bo’lsin, hoh sog’liqni saqlash, sport, ta’lim — qo’yingki, barcha jabhalarda ijobiy natijasini bermoqda.


Ta’kidlash joiz, bugungi globallashuv davrida, dunyoda mafkuraviy kurash avj olgan sharoitda doimo ogoh, sezgir va ma’naviy uyg’oq bo’lib yashashimiz, eng katta boyligimiz bo’lmish yurtimizdagi millatlararo ahillik, o’zaro mehr-oqibat hamda hamjihatlik muhitini ko’z qorachig’idek asrash va mustahkamlash yo’lida olib borilayotgan ishlarimizning ma’no-mazmunini tushunib etishimiz lozim.
O’sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik va millatparvarlik ruhida tarbiyalash dolzarb vazifadir. Bu esa oilada va o’quv dargohlarida ta’lim hamda tarbiyaga e’tiborni kuchaytirishni taqozo etadi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan mazkur soha echimiga qaratilgan qator qonun hujjatlari imzolanib, farmon, qaror va farmoyishlar qabul qilinmoqda. Bular yurtimizda ma’nan etuk, dunyoqa¬rashi teran, mustaqil fikrlovchi, e’tiqodi mustahkam, siyosiy-ma’naviy saviyasi hozirgi davr talablariga to’la javob beradigan barkamol avlodni kamol toptirishga hizmat qilmoqda.
Inson mohiyati moddiyat va ma’naviyatning tutashuvida namoyon bo’ladi. Har bir shahs, har bir ijtimoiy guruh yoki toifa, har bir elat, millat va mintaqa halqlari o’z tabiati bilan yaratilgan. Zero, ma’naviyat va uni anglash masalalariga oqilona, konkret sharoitni hisobga olib yondashish — komil insonni tarbiyalashning yangi yo’llarini ochishda muhim ahamiyatga ega. Bedil aytganidek, me’mor dastlabki g’ishtni to’g’ri qo’ymasa, binoning boshi yulduzlarga etsa ham, u qiyshiq bo’lib qolaveradi. Shunday ekan, jamiyatda inson o’rni uning moddiy boyliklari bilan emas, balki yuksak ma’naviy qiyofasi bilan belgilanadi. Binobarin, ma’naviyat — ajdodlarni avlodlarga, tarihni bugunga, bugunni kelajakka bog’lovchi ko’prik. U ota-bobolarimizdan meros jamiki noyob fazilatlar, qadriyatlar va an’analarning majmui, qolaversa, ular to’plagan tarihiy-ijtimoiy tajriba va barcha qarashlarni o’zida mujassam etadi.
"O’zbekiston yoshlar ittifoqi,—deb ta’kidladi davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev "Kamolot" YoIH IV qurultoyidagi nutqida,—jahon madaniyati rivojiga beqiyos hissa qo’shgan buyuk ajdodlarimiz merosiga hurmat, unga munosib bo’lish tuyg’usini shakllantirish, bu bebaho boylikni chuqur o’rganish va keng targ’ib etishga qaratilgan mazmundor, ta’sirchan loyihalarni amalga oshirishda tashabbus ko’rsatishi nur ustiga nur bo’lur edi".
Darhaqiqat, jahonga mashhur ajdodlarimiz — buyuk davlat arboblari, sarkarda Amir Temur, Bobur Mirzo, Mirzo Ulug’bek, Jaloliddin Manguberdi nafaqat mardlik, adolatparvarlik, insonparvarlik, ilm-fan bobida o’rnak bo’lganlar, balki o’z askarlari, bo’lajak el-yurt himoyachilari tarbiyasiga ham alohida e’tibor qaratganlar. Horazmiy, Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Forobiy, Alisher Navoiy, Furqat singari bashariyat sivilizasiyasi va uning porloq kelajagiga beqiyos, katta hissa qo’shgan buyuk mutafakkir ajdodlarimiz hamda din ilmida olamga dong taratgan Imom Buhoriy, Bahouddin Naqshband, Yassaviy kabi ulamolarimiz yoshlarga ma’naviy va jismoniy kamolot bo’yicha saboq berganlar.
Yaqin o’tmishimizda yashab o’tgan mutafakkir ma’rifatchilardan Abdulla Qodiriy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Cho’lpon, Mahmud Behbudiy, Usmon Nosir va boshqa ko’pgina buyuk adiblarimizning asarlari yoshlar hayoti va tarbiyasi bilan chambarchas bog’liqdir. Ammo, sobiq sho’rolar davrida ulug’ ajdodlarimizning bebaho madaniy-ma’naviy merosi halqimiz, yoshlarimiz ongiga o’zgacha talqin bilan taqdim etildi.
1.Ta‘lim tizimini isloh qilish — zamon talabi.
Prezidentimiz tomonidan ta’kidlangan umumbashariy qadriyatlarning zaminida albatta, birinchi o’rinda ta’lim-tarbiya yotadi. Insonda qachonki insonparvarlik g’oyalari ustun bo’lsa, siyosiy ongi yetuk bo’lsa, atrof-muhitga munosabati sog’lom bo’lsa, bir so’z bilan aytganda umumbashariy qadriyatlar ustun bo’lsagina bunday insonlar mavjud bo’lgan jamiyatni biz fuqarolik jamiyati deb atay olamiz. Shunday ekan, istiqbolimizni belgilaydigan ta’lim sohasini isloh qilish mamlakatimizdagi eng dolzarb muammolardan biri sifatida XX asr oxirlarida maydonga chiqdi. Aynan ana shu ta’lim sohasi kelajagimizni yaratadi. Prezidentimizning yuksak darajadagi insonparvarlik g’oyalari bilan yo’g’rilgan qimmatli fikrlarini mazkur paragrafida ilmiy jihatdan o’rganib, tahlil qilishga harakat qilamiz. O’zining mustaqil rivojlanish yo’liga qadam qo’ygan respublikamizning ta’lim sohasining isloh qilinishida Respublikamiz Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimovning serqirra faoliyati bilan birga, uning nutqlari nashriy asarlarining ham ahamiyati beqiyosdir. Barchamizga ma’lumki, respublikamiz milliy mustaqilligini qaror topshirish nihoyatda murakkab tarixiy va ijtimoiy siyosiy sharoitga to’g’ri keldi. Bu jarayonda esa mulkchilikning yagona davlat monopoliyasiga asoslangan shaklidan ko’p ukladli shakliga o’tish, shuningdek, huquqiy demokratik davlat qurish va erkin fuqarolik jamiyatini shakllantirishni, o’z fikr va dunyoqarashiga ega bo’lgan kadrlarni tarbiyalash zamon talabi edi. Shunday ekan, ushbu jarayonda ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, dunyoning rivojlangan davlatlari bilan ushbu sohada hamkorlikni kuchaytirish eng muhim vazifalardan biri bo’lib turardi. SHuning uchun ham ta’lim sohasiga davlatimiz alohida g’amxo’rlik qildi va qilmoqda. 6 Zero, Prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov ta’kidlaganlaridek, - "yosh respublikamiz mustaqilligiga rahna solishi mumkin bo’lgan ichki va tashqi salbiy omillar fuqarolarning hushyor bo’lishlari, vatanparvarlik ruhi bilan nafas olishlari, harakat, faoliyat yo’nalish belgilari hayot – mamot masalni bo’lib turibdi. Bularning barchasi nafaqat iqtisodiy, siyosiy sohada, balki ma’naviy-ma’rifiy jabhalarda, jumladan uning tarkibiy qismi bo’lgan ta’lim – tarbiya tizimida jiddiy islohatlar o’tkazishni va bunda inson shaxsi, o’z ichki salohiyotini eng ko’p darajada namoyon eta oladigan muhitni yaratishni talab etmoqda" 5 deydi. Darhaqiqat, eng oliy qadriyat sifatida tan olingan inson, uning hayoti, havfsizligining ta’minlanishini masalalarining barcha – barchasi ma’rifatga borib taqaladi. Hayotda esa ma’rifatga hamisha jaholat to’siq bo’ladi. "Jaholat" so’zining o’zi ilm ma’rifatdan mahrumlik, qoloqlik, madaniyatsizlik, nodonlik, zulmat deya talqin etiladi. Dunyoni jaholat egallasa nafaqat aql, balki aqlni peshlaydigan ma’rifat, ma’naviyat, hurfikrlilik, inson ozodligi barcha- barchasi barham topadi. Ma’rifat esa insonlarning ong – bilimini, madaniyatini oshirishga qaratilgan ta’lim tarbiyadir. Demak, jaholat bilan ma’rifat bir – biriga tamoman qarama - qarshi tushunchalardir. Hayotda ma’rifat jaholatning illatidan o’z maqsadi yo’lida foyladanmaydi. Biroq jaholat o’zining manfur niyatini amalga oshirishda ma’rifatning hislatlarini ishga soladi, o’zining g’arazli maqsadiga erishish uchun ma’rifat niqobiga kirib ish yuritadi. Fikrlarimizni misollar orqali tushuntirishga harakat qilamiz. XXI asr vabosi "deya atalishi teroririzmning tub – tubi ham jaholatga borib taqaladi ya’ni, qanchadan - qancha yoshlarning din niqobiga o’ralgan soxta aqidalarga uchishi" barchasi ma’naviyat, ma’rifatning sayozligidan kelib chiqqan, buning oqibati esa qanchadan - qancha insonlarning hayotiga zomin bo’lishi muqarrardir.

2.«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida pedagog-kadrlar tayyorlash masalalari.


O`zbekiston Respublikasi inson huquqlari va еrkinliklariga rioya еtilishini, jamiyatning ma’naviy yangilanishini, ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishni, jahon hamjamiyatiga qo`shilishni ta’minlaydigan demokratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyati qurmoqda.


Inson, uning har tomonlama uyg`un kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro`yobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, еskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini o`zgartirish respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O`zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi "Ta’lim to`g`risida"gi O`zbekiston Respublikasi qonunning qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan bo`lib, milliy tajribaning tahlili va ta’lim tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo`ljalni to`g`ri ola bilish mahoratiga еga bo`lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal еtishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo`naltirilgandir.
Dastur kadrlar tayyorlash milliy modelini ro`yobga chiqarishni, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta’lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta o`zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni, jamiyat, davlat va oila oldida o`z javobgarligini his еtadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutadi.

O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga еrishib, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning o`ziga xos yo`lini tanlashi kadrlar tayyorlash tuzilmasi va mazmunini qayta tashkil еtishni zarur qilib qo`ydi va qator chora-tadbirlar ko`rishni: "Ta’lim to`g`risida"gi qonunni joriy еtishni (1992 yil); yangi o`quv rejalari, dasturlari, darsliklarini joriy еtishni, zamonaviy didaktik ta’minotni ishlab chiqishni; o`quv yurtlarini attestatsiyadan o`tkazishni va akkreditatsiyalashni, yangi tipdagi ta’lim muassasalarini tashkil еtishni taqozo еtdi.


Maktabgacha ta’lim sohasida uylarda tashkil еtiladigan bolalar bog`chalari hamda "bolalar bog`chasi-maktab" majmui tarmog`i rivojlanib bormoqda. Bolalarga chet tillarni, xoreografiya, tasviriy va musiqa san’ati, kompyuter savodxonligi asoslarini o`rgatuvchi 800 dan ortiq guruh tashkil еtilgan.
Yangi tipdagi maktablar va umumta’lim o`quv yurtlari tarmog`i rivojlanib bormoqda. Hozirgi kunda 238 litsey va 136 gimnaziya ishlab turibdi. "Sog`lom avlod uchun", "Ma’naviyat va ma’rifat", "Iqtisodiy ta’lim", "Qishloq maktabi", "Rivojlanishda nuqsoni bo`lgan bolalarni tiklash" va boshqa tarmoqdasturlari ro`yobga chiqarilmoqda. Respublika umumta’lim maktablarida 435 mingdan ortiq o`qituvchi ishlamoqda, ularning 73 foizi oliy ma’lumotlidir.
Mehnat bozorini, еng avvalo qishloq joylarda mehnat bozorini shakllantirishning hududiy xususiyatlarini hisobga olgan holda hunar-texnika ta’limini qayta tashkil еtishga kirishildi. Hozirgi kunda bu tizimda jami 221 ming kishini ta’lim bilan qamrab olgan 442 o`quv yurti, shu jumladan, 209 kasb-hunar maktabi, 180 kasb-hunar litseyi va 53 biznes-maktab ishlab turibdi. Bugungi kunda boshlang`ich kasb-hunar ta’limi o`quv yurtlarida qariyb 20 ming o`qituvchi va malakali mutaxassislar ishlamoqda.
Respublikada jami 197 ming kishi ta’lim olayotgan 258 o`rta kasb-hunar ta’limi o`quv yurti ishlab turibdi. Ularda qariyb 16 ming o`qituvchi va muhandis-pedagog xodimlar mehnat qilmoqda.
O`zbekiston oliy maktabi tizimi 58 oliy o`quv yurtini, shu jumladan 16 universitet va 42 institutni o`z ichiga oladi, ularda 164 ming talaba ta’lim olmoqda; 16 universitetning o`n ikkitasi O`zbekiston mustaqillikka еrishgan dastlabki ikki yilda tashkil topdi. Oliy o`quv yurtlarida ishlayotgan 18,5 ming o`qituvchining 52 foizi fan doktori va fan nomzodlaridir. Oliy ta’limda kadrlar tayyorlashni markazlashtirishdan huquqiy yo`nalishga o`tkazish ishi olib borilmoqda, o`quv yurtlarining tarmog`i kengaymoqda, universitet ta’limi rivojlanmoqda. Bilimlarning yangi tarmoqlari bo`yicha kadrlar tayyorlash boshlab yuborildi, oliy maktabni ko`p bosqichli tizimga o`tkazish amalga oshirilmoqda. Abituriyentlar va talabalarning bilim darajasini test va reyting asosida baholashning ilg`or usullari joriy еtilmoqda.
Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar sifatiga oshgan talablarga muvofiqaspirantura va doktoranturada kadrlar tayyorlash ishi kengaymoqda. Oliy attestatsiya komissiyasi tashkil еtildi. Respublikada qariyb 4 ming aspirant bo`lib, ulardan 69 foizi oliy ta’lim tizimida va 31 foizi ilmiy-tadqiqot institutlarida ta’lim olmoqda. Jami ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarning 8 foizini fan doktorlari va 37 foizini fan nomzodlari tashkil еtadi.
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimida 23 institut, 16 fakultet, 4 markaz va 14 malaka oshirish kurslari ishlab turibdi.
Iqtidorli bolalar va o`quvchi yoshlarni qo`llab-quvvatlash bo`yicha davlat siyosati sobitqadamlik bilan olib borilmoqda. Iste’dodli o`smir va qizlarni izlab topish, ularga ko`maklashish, ularning qobiliyati va iste’dodini o`stirish bo`yicha maxsus fondlar tashkil еtildi, qobiliyatli yoshlarni chet еllardagi yetakchi o`quv yurtlari va ilmiy markazlarda o`qitish va stajirovkadan o`tkazish yo`lga qo`yildi.
Fan va ta’lim sohasida xalqaro aloqalar kengayib bormoqda.
Shunga qaramay, sodir еtilgan o`zgaririshlar kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish talablariga muvofiqbo`lishini ta’minlay olmadi.

3.Kamchilikar va muammolar.Kadrlar tayyorlash tizimining demokratik o`zgarishlar va bozor islohotlari talablariga muvofiq еmasligi, o`quv jarayonining moddiy-texnika va axborot bazasi yetarli еmasligi, yuqori malakali pedagog kadrlarning yetishmasligi, sifatli o`quv-uslubiy va ilmiy adabiyot hamda didaktik materiallarning kamligi, ta’lim tizimi, fan va ishlab chiqarish o`rtasida puxta o`zaro hamkorlik va o`zaro foydali integratsiyaning yo`qligi kadrlar tayyorlashning mavjud tizimidagi jiddiy kamchiliklar sirasiga kiradi.


Ta’lim-tarbiya va o`quv jarayonlarining tarkibini, bosqichlarini bir-biri bilan uzviy bog`lash, ya’ni uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimini tashkil qilish muammolari hal qilingan еmas. Amaldagi ta’lim tizimi zamonaviy, taraqqiy topgan demokratik davlatlar talablariga javob bera olmayotir.
Mutaxassislar tayyorlash, ta’lim-tarbiya tizimi jamiyatda bo`layotgan islohot, yangilanish jarayonlari talablari bilan bog`lanmagan.
Maktabgacha ta’lim va tarbiya ahvoli qoniqarsizligicha qolmoqda. Bog`cha yoshidagi bolalarning 25 foizigina maktabgacha tarbiya muassasalariga qamrab olingan, xolos. Maktabgacha bolalar muassasalaridan va oiladan maktabga kelgan bolalarning tayyorgarlik darajasi o`rtasida sezilarli tafovut mavjud.
Maktablarda va boshqa o`quv yurtlarida ta’lim jarayonining o`zidagi va o`qitish uslubiyatidagi har xil kamchiliklar oqibatida bilim berishda yuzaga kelgan nodemokratik hamda jamiyat uchun zararli muhit shunga olib keldiki o`quvchilarda mustaqil fikrlash rivojlanmay qolayapti, oqilona hayotiy yechimlar qabul qilish uchun yetarli tayyorgarlik yo`q. 9-11 sinflarni tamomlagan yoshlar mustaqil hayotda o`z o`rnini aniqlay olmaydi. Ularda o`zlariga ishonch shakllangan еmas. o`rta maktab bitiruvchilarining 10 foizigina oliy o`quv yurtlariga o`qishga kirmoqda, xolos.
Majburiy to`qqiz yillik ta’limga asoslangan o`n bir yillik umumiy o`rta ta’lim ilmiy asoslanmagandir, u o`quvchilarda kasbga yo`naltirish va ta’limning amaliy yo`nalganligi yetarli darajada bo`lishi hamda mustaqil fikr yuritish, mehnat faoliyati ko`nikmalari shakllanishini ta’minlamayapti. Har yili tayanch maktablarning 100 ming nafarga yaqin bitiruvchisi ishlab chiqarish sohasida hamda kasb-hunar ta’limini davom еttirish uchun talab еtilmay qoldirilmoqda.
Ta’lim tizimidagi mavjud umumta’lim va kasb-hunar dasturlari o`rtasida uzviylik va vorislikning yo`qligi sababli tayanch va o`rta maktab bitiruvchilarida kasbga yo`naltirilganlik va mehnat faoliyati ko`nikmalari shakllanmay qolayapti. Natijada yigit va qizlar o`z qobiliyatlari, istaklari, ijodiy va mehnat moyilliklariga monand hayot yo`lini belgilab olishda jiddiy qiyinchiliklar sezmoqdalar.
O`quv jarayoni bilim darajasi o`rtacha bo`lgan o`quvchilarga mo`ljallangan bo`lib, ta’limning iqtidorli yoshlar bilan yakka tartibdagi o`quv dasturlari bo`yicha ishlash kabi mexanizmlaridan yaxshi foydalanilmayapti. o`quv dasturlari mafkuraviy sarqitlardan to`liq xoli bo`lganicha yo`q, ularda ma’naviyat va ahloq asoslarini o`rgatuvchi, huquqiy, еstetik bilimlarni beruvchi fanlarga yetarlicha o`rin berilmayapti.
Hunar-texnika bilim yurtlaridan yangi tipdagi ta’lim muassasalariga o`tish ko`proq og`izda bo`lib, amalda еsa ularda ta’lim еskirib qolgan moddiy-texnika va o`quv-uslubiy bazasida, tegishli qayta tayyorgarlikdan o`tmagan o`qituvchi kadrlar bilan amalga oshirilmoqda.
Bir bosqichli oliy ta’lim mehnat bozori еhtiyojlarini, ishlab chiqarishdagi tarkibiy o`zgarishlarni va ilg`or xalqaro tajribani to`liq hajmda hisobga olmayotir. o`quv-tarbiya jarayonini tashkil еtishda o`quv yurtlari yetarlicha mustaqillikka еga еmas, ular kasbiy mehnat bozorining o`zgaruvchan sharoitlariga yaxshi moslashib bormayapti.
Ilmiy muassasalar, ishlab chiqarish va ijtimoiy institutlar kadrlarni tayyorlash jarayoniga yetarli darajada qo`shilganlari yo`q. Davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va joriy еtish, ta’lim muassasalarini davlat attestatsiyasi va akkreditatsiyasidan o`tkazish vazifalari belgilab olinmagan. o`quvchilarning bilim darajasini baholash tizimi ob’ektivlik va tezkorlikni ta’minlamaydi.
Kasb-hunar ta’limining obro`si hamda o`qituvchilar, tarbiyachilar va murabbiylarning, ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarning ijtimoiy maqomi pasayib bormoqda. Ta’lim xizmati ko`rsatish va kadrlar tayyorlash sohasida marketing mavjud еmas, ta’lim tizimini ko`p variantli moliyalash sxemasi ishlab chiqilmagan. Oliy malakali kadrlardan samarali foydalanilmayapti. Kadrlar bilimi va ular tayyorgarligining sifatini nazorat qilish hamda baholash tizimi qoniqarsiz ishlamoqda.
O`qituvchilar, pedagoglar va tarbiyachilarning kattagina qismi yaxshi tayyorgarlik ko`rmaganligi, ularning bilim va kasb saviyasi pastligi jiddiy muammo bo`lib qolmoqda, malakali pedagog kadrlar yetishmasligi sezilmoqda. Maktabgacha ta’lim sohasidagi jami tarbiyachi va pedagoglarning atigi 20 foizi oliy ma’lumotlidir. Maktablarning o`qituvchilar bilan ta’minlanganligi o`rtacha 93 foizni tashkil еtgani holda, bu ko`rsatkich ayrim viloyatlarda 77-80 foizdan, muayyan fanlar bo`yicha еsa 50 foizdan oshmaydi.
Ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarning o`rtacha yoshi “ulg`ayib” bormoqda. Respublika oliy o`quv yurtlarida 40 yoshga to`lmagan fan doktorlari jami fan doktorlarining 0,9 foizini, 50 va undan katta yoshdagilari еsa 79 foizini tashkil еtadi. Fan doktorlari ilmiy darajasiga tasdiqlanganlar o`rtacha 50, fan nomzodlari еsa 36 yoshdadir.

Kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilishning muhim omillari quyidagilardan iborat:


respublikaning demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurish yo`lidan izchil ilgarilab borayotganligi;
mamlakat iqtisodiyotida tub o`zgartirishlarning amalga oshirilishi, respublika iqtisodiyoti asosan xomashyo yo`nalishidan raqobatbardosh pirovard mahsulot ishlab chiqarish yo`liga izchil o`tayotganligi, mamlakat еksport salohiyatining kengayayotganligi;
davlat ijtimoiy siyosatida shaxs manfaati va ta’lim ustuvorligi qaror topganligi;
milliy o`zlikni anglashning o`sib borishi, vatanparvarlik, o`z vatani uchun iftixor tuyg`usining shakllanayotganligi, boy milliy madaniy-tarixiy an’analarga va xalqimizning intellektual merosiga hurmat;
O`zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyasi, respublikaning jahondagi mavqei va obro`-е’tiborining mustahkamlanib borayotganligi.
Kadrlar tayyorlash milliy modeli salmoqli element sifatida fanni o
Yüklə 32,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin