Oliy ta’lim,fan va inavatsiya vazirligi Termiz muhandislik texnalogiya instituti Energetika va konchilik ishi fakultetining tjichab 21”A” guruh talabasi boymurodov iskandarning
Energetika va konchilik ishi fakultetining TJICHAB 21”A” guruh talabasi BOYMURODOV ISKANDARning “EKALOGIYA “ fanidan tayyorlagan TAQDIMOTI Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi tushunchasi, xususiyatlari va tizimi 1. Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi tushunchasi, xususiyatlari va tizimi. 2. Ekologiya sohasida davlat boshqaruv organlari tizimi. 3. Ekologiya sohasida davlat boshqaruv organlarining vakolatlari. 1. Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi tushunchasi, xususiyatlari va tizimi Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi davlat organlari tomonidan atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanishni tashkil qilishda namoyon bo`ladi va jamiyatda ijtimoiy boshqaruvning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Ekologiya sohasida davlat boshqaruvini shakllantirish orqali davlat o`zining ekologik vakolatini va ekologik siyosatini amalga oshiradi. Ushbu boshqarishni tashkil etish asosida inson atrof-muhitni yaxshilash, tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni ta'minlash maqsadlari turadi.
Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi deb vakolatli davlat organ-larining tabiiy resurslardan foydalanish va atrof tabiiy muhitni muhofaza etish bo`yicha ijro etish va farmoyish berish faoliyati tushuniladi.
Davlat boshqaruv organlarining ijroiya faoliyati ushbu organlarning ijroiya hokimiyatiga taalluqliligidan kelib chiqib, qonun va vakillik organlarining qarorlarini amalga oshirishga qaratilgan.
Ekologiya sohasidagi davlat boshqaruvi quyidagi tamoyillarga asoslangan:
boshqarishning qonuniylikka asoslanishi, ya'ni davlat boshqaruv organlarining ekologik munosabatlarni tartibga solishda faqat qonun hujjatlarida belgilangan vakolat doirasida hamda huquqlari asosida faoliyat yuritishi;
- tarmoq va hududiy boshqarishni muvofiqlashtirishga, ya'ni ekologik munosabatlarni tartibga solishda davlat organlarining faoliyati ham hududning rivojlanishini, ham har bir tabiiy resurslardan foydalanishning oqilonaligi va ularni muhofaza etishning ta'minlanishiga qaratiladi. Bun-dan tashqari, ekologiya sohasida davlat boshqaruvi organlari ham hududiy ham tarmoq bo`ysunishda shakllantiriladi, masalan, ushbu organlarning hududiy bo`linmalari respublika tarmoq organlari (Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi, qishloq va suv xo`jaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo`mitasi)ga hamda mahalliy davlat hokimiyati organlariga bo`ysunadilar;