3. Ekologiya sohasida davlat boshqaruv organlarining vakolatlari Ekologiya sohasida davlat boshqaruv organlarining vakolatlari deganda, ularning shu sohadagi faoliyatlarining alohida turlari tushunilishi lozim.
Ekologiya sohasida davlat boshqaruv organlari quyidagi vakolatlarni amalga oshiradilar:
Tabiiy resurslarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish bo`yicha me'yoriy hujjatlarni qabul qilish yo`li bilan davlat organlari qonun va hukumat qarorlaridagi qoidalarni yanada rivojlantiruvchi va detallashtirilgan idoraviy normativ hujjatlar qabul qiladilar. Masalan, O`z-bekiston Respublikasining Soliq kodeksida yer solig`iga oid me'yorlar kiritilgan va uning 99-moddasiga muvofiq, yer solig`i stavkalari O`zbekis-ton Respublikasi Vazirlar Mashkamasi tomonidan belgilanadi
Tabiiy resurslardan foydalanish va ularni muhofaza etish chog`ida foydalanuvchilar, davlat organlari va boshqa shaxslar o`rtasida kelib chiqadigan nizolarni hal qilishda davlat organlari qatnashadilar. Tabiiy resurslarning huquqiy holatini belgilovchi qonunlarda ushbu nizolarning hal qilinishi masalasi turlicha yoritilgan. Masalan, Yer tikodeksning 89-moddasida yer to`grisidagi nizolar faqat sud organlari tomonidan hal etili-shi belgilangan, “Suv va suvdan foydalanish to`grisida”gi qonunning 85-moddasida esa O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mashkamasi, mahalliy davlat hokimiyat organlari, shuningdek suvlarni idora etuvchi maxsus vakolatga ega bo`lgan organlar suvdan foydalanishga doir nizolarni hal qiluvchi organlar sifatida belgilangan.