Oliy ta’lim,fan va inavatsiya vazirligi Termiz muhandislik texnalogiya instituti Energetika va konchilik ishi fakultetining tjichab 21”A” guruh talabasi boymurodov iskandarning


Ekologiya sohasida davlat boshqaruv organlari tizimi



Yüklə 8,49 Kb.
səhifə2/3
tarix22.12.2023
ölçüsü8,49 Kb.
#190556
1   2   3
ISKANDAR ekologiya

2. Ekologiya sohasida davlat boshqaruv organlari tizimi.
Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi ma'lum bir shakllarda va uslublarda amalga oshiriladi. Ushbu boshqaruvning shakllari bo`lib, huquq ijod qilish, ijroiya va huquqni muhofaza qilish faoliyati hisoblanadi. Ijroiya organlari huquq ijod qilish yo`li bilan qabul qilgan me'yoriy hujjatlarida qonunlarda belgilangan qoidalarni yanada rivojlantirib, ijtimoiy munosa-batlarni batafsil tartibga soluvchi me'yorlarni belgilaydilar.
Masalan, Yer kodeksining va «Davlat yer kadastri to`grisida»gi qonunning qoidalari O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mashkamasining 1998-yil 31-dekabr-dagi 543-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat yer kadastrini yuritish to`grisida”gi Nizom va Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 27-mayda 736-son bilan davlat ro`yxatiga olingan “Yer uchastkalariga bo`lgan huquqlarni davlat ro`yxatiga olish tartibi to`grisida”gi Yiriqnoma bilan tartibga solinadi.
Umumiy vakolatga ega bo`lgan organlar qatoriga O`zbekiston Res-publikasi Vazirlar Mashkamasi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va mahalliy davlat hokimiyati organlari kiradi. Ular iqtisodiyot va ijtimoiy sohalarda davlat boshqaruvini amalga oshirish bilan bir vaqtda ekologiyaga oid ba'zi bir masalalarni hal qiladilar. Shuning uchun ham, ular umumiy vakolatga ega bo`lgan organlar deb nomlanadilar.
Ekologiya sohasida davlat boshqaruvida Vazirlar Mashkamasining vakolatlari O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida (98-moddasi), O`zbekiston Respublikasining 1993-yil 6-may (2003-yil 29-avgustagi onun taxriridagi) “Vazirlar Mashkamasi to`grisida”gi qonunini 9, 10, 11, 12, 20-moddalarida, O`zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabr “Tabiatni muhofaza qilish to`grisida”gi qonunini 9-moddasida hamda tabiiy resurslar to`grisidagi qonunlarning tegishli moddalarida belgilangan.
Ekologiya sohasida davlat boshqaruvining maxsus vakolatli organlari ichida markaziy o`rinni O`zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi egallaydi. Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil 26-apreldagi qarori bilan tasdiqlangan No`zomiga (O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Axborotnomasi, 1996-yil 5-6 son, 70-modda) muvofiq tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan foydalanish va ularni qayta tiklash sohasida davlat nazoratini hamda tarmoqlararo boshqaruvni amalga oshiruvchi, idoralardan ustun turuvchi hamda muvofiqlashtiruvchi maxsus vakolatli organdir. O`zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mi-tasi O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga bo`ysunadi va unga hisob-dordir

Yüklə 8,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin