Mamlakatimizda kasalliklarning oldini olish va turli yuqumli
kasalliklarga qarshi chora-tadbirlaming aniq maqsadli hamda
samarali tashkil etilishi natijasida ko‘plab yuqumli kasalliklarning
oldini olish va batamom bartaraf etish borasida sezilarli yutuq-
larga erishildi.
Sanitariya-epidemiologik jihatdan qulay vaziyatni ta ’min-
lashga qaratilgan tadbirlarning asosiy yo‘nalishi orttirilgan
immunitet virusi (OIV) infeksiyasining oldini olish bilan bog‘liq.
Bugungi kunda mamlakatimizda orttirilgan immunitet tanqisligi
sindromi (OITS)ga qarshi kurashish bo‘yicha Respublika
OITSga qarshi kurashish markazi, uning viloyatlardagi 14 ta
filiali, respublika, viloyat va tuman sog‘liqni saqlash boshqar-
malari huzuridagi 78 ta OIV diagnostika laboratoriyalarini qam-
rab olgan umummilliy muassasalar tarm og‘i yaratildi. Bu
tibbiyot maskanlarining barchasi zarur diagnostika uskunalari
va materiallar bilan ta’minlangan, davlatimiz tomonidan tibbiyot
>xodimlarini tayyorlash sifatini yaxshilashga alohida e ’tibor
qaratilmoqda.
Dostları ilə paylaş: