sohasida 935 gaz bilan ishlaydigan bug4 qozonlari va 3671 ming
km uzunlikdagi issiqlik tarmog‘i ishlab turibti.
Respublika kommunal xo‘jaligining yana bir muhim tarmog4 i
— shahar, shaharcha va tuman markazlari sanitariya holatini
yaxshilash, qattiq hamda suyuq chiqindilarni o‘z vaqtida yig‘ish
va ularni chiqindi maydonlariga olib borib zararsizlantirishdir.
Bu xizmat 113 ta shahar, 97 shaharchada yo‘lga qo‘yilgan.
Umumiy maydoni 930 gektar bo‘lgan 173 chiqindi zararsizlan-
tiriladigan maydonlar bor. Yiliga 11 mln m3 qattiq va 5 mln
m3 suyuq chiqindi yig‘iladi va ular 5 mingdan ortiq mashina va
mexanizmlar (ko‘cha supuradigan, suv sepadigan, axlat tashiy-
digan, kanalizatsiya va kir o ‘ralarini tozalaydigan va boshqalar)
orqali chiqindixonlarga tashiladi. Yirik shaharlar — Toshkent,
Andijon, Buxoro, Namangan, Uchqo‘rg‘on, Farg‘ona va bosh-
qalarda maxsus ixtisoslashtirilgan avtobazalar bor. Kommunal
xo‘jalik tarmog‘ida uy-joylar, ijtimoiy, madaniy-maishiy insho-
otlar, muhandislik tizimlarini kapital ta’mirlash korxonali mav
jud. Tarmoqdagi sanoat korxonalari sanitariya-texnika buyum-
lari, sanoat gaz jihozlari, nostandart buyumlar, kichik mexani-
zatsiya vositalari va xalq iste’moli mollarini ishlab chiqaradi.
Gaz apparatlari zavodi — Toshkentdagi «Gazavtomatika», Far-
g‘onadagi «Gazapparatlar», Angrendagi tajriba mexanika zavod-
larining mahsulotlari MDH mamlakatlariga ham chiqariladi.
Respublika Prezidentining farmoniga asosan (2000-yil 19-
dekabr)
Dostları ilə paylaş: