‘zbekist0n respublikasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


O ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 18-iyuldagi



Yüklə 7,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə155/245
tarix03.10.2023
ölçüsü7,36 Mb.
#151611
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   245
Yo\'doshev Z. Milliy va jahon iqtisodiyoti.

O ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 18-iyuldagi
R-3676-sonli farmoyishi bilan tuzilgan komissiyaning:
— 2012—2015-yillarda budjet mablag'Iari hisobidan moliya- 
lashtiriladigan sog‘liqni saqlash tizimi statsionar muassasalari 
tarmog‘i va o‘rinlar fondini maqbullashtirish;
— 2012—2014-yillar mobaynida olis qishloq aholi punktlarida 
qishloq aholisi uchun birlamchi tibbiy yordamdan qulay va tez 
foydalanishni ta’minlaydigan qo‘shimcha 102 ta qishloq vrachlik 
punktlarini 3-ilovaga muvofiq barpo etish to‘g‘risida;
— 103 ta tuman tibbiyot birlashmalarini 93 mln AQSH 
dollari miqdoridagi «Salomatlik-З» jahon banki bilan hamkorlikda 
amalga oshirish doirasida zamonaviy laboratoriya, tashxis va 
davolash uskunalari bilan jihozlanadigan tum an tibbiyot 
muassasalarining tashxis, statsionar va ko‘makchi bo‘linmalarini 
bir hududda ixcham joylashtirish asosida modemizatsiya qilish 
to ‘g‘risidagi;
— 2012-2013-yillarda respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot 
markazlarini bosqichma-bosqich aksiyalashtirish bo‘yicha;
— Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalari aksiya- 
larining 51 % ni davlatda saqlab qolgan holda, davlat ulushi 
bo‘yicha tegishli bo‘lgan dividendlami 2020-yilni ham o‘z ichiga 
olgan davrda, ixtisoslashtirilgan markazlarini to ‘liq jihozlash va 
qayta jihozlash uchun zamonaviy tibbiyot uskunalarini xarid 
qilishga yo‘naltirildi'.
Ushbu dasturga, asosan, sogMiqni saqlash sohasida:
— ona va bola salomatligini himoyalash;
— yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish va ularning oldini 
olish;
— dastlabki tibbiy-sanitariya yordami bazasini m ustah- 
kamlash;
'X a lq s o ‘zi. 2011-yil, 30-noyabr.
187


— atrof-muhitni himoyalash kabi yo'nalishlar ustuvor deb 
belgilangan.
Mazkur dasturga muvofiq sog‘Iiqni saqlash sohasida ikki 
bosqichli dastlabki va keyingi tibbiy xizmat ко‘r sat ish shakliga 
o‘tildi.
Bu vaqtda tibbiy yordam quyidagicha amalga oshirildi:
• qishloq sharoitida: qishloq vrachlik punkti (QVP) — 
markaziy hududiy kasalxona (M H K ) va uning qoshidagi 
poliklinika. Cho‘l, yaylov zonalaridagi chorvadorlar va tog‘lik 
joylardagi aholi uchun uchastka kasalxonalari hamda feldsher 
- akusherlik punktlari saqlandi;
• shaharlarda: maslahat-diagnostik poliklinika (yoki diag- 
nostika markazi) - shahar kasalxonasi.
• Tibbiy xizmat sohasida tor mutaxassislik yo‘na!ishlaridan 
voz kechib, bosqichma-bosqich umumiy amaliyotchi vrachlarni 
tayyorlashga o‘ti!di. Bundan maqsad, sog‘liqni saqlash tizimining 
boshlang'ich bo'g'inidan ko‘p sohali malakali tibbiy yordam 
olishni ta’minlashdir.
Umumiy amaliyotchi vrach bu terapevt, otolaringolog, 
ambulatoriya sharoitida diagnoz qo‘yib og‘ir bo‘lmagan ope- 
ratsiyalarni bajara oladigan xirurgdir.
Dasturga muvofiq tibbiy hamshiralar kollejlarda tayyorlanadi. 
Ular kollejlarda 3 yil o‘qigandan so‘ng Oliy o ‘quv yurtiga 
kirishlari va xorijiy davlatlarda bo‘lgani Jcabi oliy m a’lumotli 
hamshira kasbini olishlari mumkin.
• Respublikamizda pullik tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimini 
shakllantirish ham ko‘zda tutilgan. Bunday tibbiyot muassasalari 
moliyalashtirishning ikki xili negizida shakllantiriladi. Birinchisi, 
xususiy moliyalashtirish. Bunda yuridik va jismoniy shaxslardan 
ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlar uchun pul undiriladi. Ikkinchisi, 
aralash moliyalashtirish.
Bunda sarf-xarajatlaming ma’lum qismi davlat budjetidan 
ajratiladigan dotatsiyalar hisobiga qoplanadi.
Aralash moliyalashtirish asosida faoliyat yurituvchi tibbiy 
muassasalar jumlasiga kattalar va bolalarga mo'ljallangan 
ko‘p tarmoqli kasalxonalar, ixtisoslashgan markaz va kli-
188


nikalar, sog‘liqni saqlash, sanitariya, farmakologiya sohasida 
izlanishlar olib boruvchi, iim iy-tadqiqot tashkilotlari, qisman 
tibbiy kadrlarni tayyorlash bilan band o ‘quv dargohlari 
kiradi.
Xususiy moliyalashtirish prinsipiga, asosan, shaxsiy amaliyot- 
chi vrachlar, nodavlat davolash profilaktika tashkilotlari, homila- 
dorlar va tug‘adigan ayollarga tibbiy yordam ko‘rsatuvchi ayrim 
xususiylashtirilgan muassasalar ish yuritadi. Sug‘urta kompa- 
niyalarining maqsadli pul o'tkazm asi, yuridik va jism oniy 
shaxslarning xizmat haqini to ‘lashi tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi 
nodavlat muassasalarining moliyaviy ta ’minot manbayi hisob­
lanadi.
Yalpi xarajatlar tarkibida sog‘liqni saqlash tizimidagi xarajatlar 
10 % dan 13 % ga ko‘paydi.
• sog‘liqni saqlash ishini takomillashtirish va «detsentrali- 
zatsiya» yo‘li bilan boshqarishni tashkil etish; boshqarish va 
taqsimlash funksiyalarini pastki-quyi bo£g‘inga — zvenoga 
berish; Sog'liqni saqlash vazirligi boshqarishning oliy organi 
sifatida sog‘liqni saqlashning strategik masalalarini hal qilish 
bilan shug‘ullanishi lozim.
Respublikada sog'liqni saqlashni isloh qilishning muhim 
muammolaridan bo‘lib, bu majburiy tibbiy sug‘urtalashga o‘tish 
masalasidir.
Ma’lumki, ko‘pchilik rivojlangan davlatlarda tibbiy sug'ur- 
talash o ‘z samarasini ko‘rsatgan. 0 ‘zbekistonda bu masalani 
hal qilishda shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘ymasdan aholining 
iqtisodiy, demografik, tarixan vujudga kelgan urf-odatlarni 
e’tiborga olish lozim.
Tibbiy sug‘urtalash mexanizmini amalda qo'llashni ta ’­
minlash maqsadida davlat fondi tashkil etilgan. Shuningdek, 
ixtiyoriy tibbiy sug‘urtalash bilan shug‘ullanuvchi xususiy fond­
lar shakllantirildi, davlat nazorati ostida faoliyat yuritayotgan 
boshqa sug'urta tashkilotlariga tibbiy sug‘urtalash bilan shug‘ul- 
lanishga ruxsat berildi.
• sog‘liqni saqlash sohasida nodavlat tashkilotlarning shakl­
lanishi va rivojlanishini qoMlab-quwatlash maqsadida davlatimiz
189


yangi tashkil topgan xususiy tibbiy m uassasalarni ikki yil 
muddatga barcha turdagi soliqlardan ozod etdi.
Respublikada xususiy tibbiy muassasalarni shakllantirish 
mavjud davolash-profilaktika tashkilotlarini davlat tasarrufidan 
chiqarish hisobiga ham amalga oshirilmoqda. Xususiylashtirishga 
tender asosida aksiyalar savdosi orqali yoki keyinchalik sotib 
olish sharti bilan uzoq m uddatli ijaraga berish y o 'li bilan 
erishilmoqda.
Xususiylashtirishning asosiy shartlaridan biri, davlat to ­
m onidan belgilangan va kafolatlangan bepul tibbiy yordam
ko‘rsatishni ta ’minlashdan iborat.
Bu degan so‘z, tibbiy muassasalar xususiylashtirilishi oqi- 
batida xuddi shu hududda istiqomat qiluvchi aholi kafolat­
langan tibbiy yordamga muhtoj bo‘lib qolmaydi.
Nodavlat tashkilotlar qatoriga xalqaro tashkilotlar va sog‘liqni 
saqlash maqsadlari uchun mahsulot ishlab chiqaruvchi qo‘shma 
korxonalar ham kiritiladi.
Respublikada xayr-saxovat ishlari bilan shug‘ullanuvchi 
jam g'arm a va tashkilotlarning salmog‘i oshib borm oqda. Bu 
xususiy tibbiy muassasalarni kuchli raqobat sharoitida ishlashga 
undaydi.
Natijada, bozor munosabatlarining keskin salbiy ta ’siri ancha 
yumshatiladi. Sog‘liqni saqlash tizimini isloh etish va nodavlat 
tuzilmalaming shakllanib rivojlanishiga, ular tom onidan ko‘r- 
satiladigan tibbiy xizmat sifatining yuksalishida xorijiy inves- 
toriarning roli ham beqiyosdir.
• 
sog‘liqni saqlash tizim ini isloh qilish davlat dasturiga 
muvofiq davolashning yangi intensiv shakllarini qoMlash asosida 
oshiqcha kasalxona o ‘rinlari sonini qisqartirish nazarda tutilgan. 
1991-yili Respublikadagi tibbiyot muassasalarida mavjud bo‘lgan 
o‘rinlar soni 260 mingdan ortiq edi.
Sog'liqni saqlashning milliy dasturini hayotga tatbiq qilish 
jarayonida ularning soni teng yarmiga qisqartirildi va o ‘rin 
oborotini tezlashtirish hisobiga ularning zarur miqdordagi qismi 
saqlanib qolindi. Tibbiy muassasalarga murojaat qilgan kishilar- 
ning 25 % igacha bo‘lgan qismi uzoq muddat davomida statsionar
190


holda davolanar edi. Bu ko'rsatkich rivojlangan davlatlarda 
3—4 %ni tashkil qiladi, xolos.
Dasturga binoan asosiy tibbiy xizmat bu poliklinikalar va 
kunduzgi statsionarlarda bo‘lishi lozim.
0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar M ahkam asi 2003-yil 2- 
dekabr kuni «Aholiga shoshilinch tibbiy yordam xizm atini 
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to ‘g ‘risida» qaror qabul 
qildi.
U nda respublikada sog‘liqni saqlash tizim ini isloh qilish 
dasturi muvaffaqiyatli amalga oshiralayotganligi qayd qilinib, 
aholiga shoshilinch tibbiy xizm at ko‘rsatishni tashkil etishni 
yanada takomillashtirish va uning sifatini oshirish, shoshilinch 
tibbiy yordam tizimining rivojlantirishni rag'batlantirish nazarda 
tutilgan edi.
Bu qarorga muvofiq respublika shoshilinch tibbiy yordam 
markazi huzurida budjetdan tashqari shoshilinch tibbiy yordam 
xizmatini qo‘llab-quw atlash va rivojlantirish jam g'arm asi tashkil 
etildi.
2 0 0 4 -2 0 0 5 - o ‘quv yilidan boshlab «Shoshilinch tibbiy 
yo rd am » ix tiso slig i b o ‘y ic h a m a g is tra tu r a o c h ila d i (8- 
chizm a).
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan 1998- 
yilda qabul qilingan Sog'liqni saqlash tizim ini isloh qilish davlat 
dasturi mam lakatimizda butun tibbiyot tizim ini tubdan qayta 
qurish, ko‘p sarf-xarajat talab etadigan va ham m a vaqt ham 
samarali b o ‘lm agan statsionar tibbiy yordam dan ambulator- 
poliklinika va profilaktika tibbiyotiga ustuvor ahamiyat berishga 
o ‘tishda m uhim omil bo‘ldi.
Q ishloq joylarida yaxshi sam ara berm ayotgan feldsher- 
akusherlik punktlari o ‘miga qishloq vrachlik punktlari (QVP) 
tashkil etildi.
Ambulatoriya poliklinikalar soni 5886 taga QVPlari esa 3208 
taga yetdi (18-jadval).
191



Yüklə 7,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   245




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin