‘zbekist0n respublikasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 7,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə147/245
tarix03.10.2023
ölçüsü7,36 Mb.
#151611
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   245
Yo\'doshev Z. Milliy va jahon iqtisodiyoti.

Maktabgacha ta ’lim
bola sog‘lom, har tomonlama kamol 
topib shakllanishini ta’minlaydi, unda o‘qishga intilish hissini 
uyg‘otadi, uni muntazam ta’lim olishga tayyorlaydi. Maktab­
gacha ta’lim bola olti-yetti yoshga yetgunicha davlat va nodavlat
177


maktabgacha tarbiya bolalar muassasalarida hamda oilalarda 
amalga oshiriladi.
M aktabgacha ta ’lim maqsadi va vazifalarini ro ‘yobga 
chiqarishda mahallalar, jamoat va xayriya tashkilotlari, xalqaro 
fondlar faol ishtirok etadi.
Umumiy o‘rta ta ’lim.
 
To‘qqiz yillik (I—IX sinflar) o‘qishdan 
iborat umumiy o ‘rta ta’lim majburiydir. Ta’limning bu turi 
boshlang‘ich ta’limni (I—IV sinflar) qamrab oladi hamda o‘quv- 
chilaming fanlar asoslari bo‘yicha muntazam bilim olishlarini
ularda bilim o‘zlashtirish ehtiyojini, asosiy o ‘quv-ilmiy va 
umummadaniy bilimlami, milliy va umumbashariy qadriyatlarga 
asoslangan ma’naviy-axloqiy fazilatlami, mehnat ko‘nikmlarini, 
ijodiy fikrlash va atrof-muhitga ongli munosabatda bo‘lishni va 
kasb tanlashni shakllantiradi.
Umumiy o‘rta ta’lim tugallanganidan keyin ta’lim fanlari 
va ular bo‘yicha olingan baholar ko‘rsatilgan holda davlat 
tomonidan tasdiqlangan namunadagi attestat beriladi.
0 ‘rta maxsus kasb-hunar ta ’limi
 
umumiy o ‘rta ta ’lim 
negizida o‘qish muddati uch yil boMgan majburiy o‘rta maxsus, 
kasb-hunar ta’limi uzluksiz ta’lim tizimidagi mustaqil turdir. 
0 ‘rta maxsus kasb-hunar kolleji o'quvchilari tomonidan ixti- 
yoriy tanlanadi.
Akademik litsey
 
davlat ta’lim standartlariga muvofiq o‘rta 
ta’lim beradi. 0 ‘quvchilaming imkoniyatlari va qiziqishlarini 
hisobga olgan holda, ulaming jadal intellektual rivojlanishi 
chuqur, sohalashtirilgan, tabaqalashtirilgan, kasbga yo‘naltiril- 
gan ta’lim olishini ta’minlaydi.

Yüklə 7,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   245




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin