O ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 18-iyuldagi
R-3676-sonli farmoyishi bilan tuzilgan komissiyaning:
— 2012—2015-yillarda budjet mablag'Iari hisobidan moliya-
lashtiriladigan sog‘liqni saqlash tizimi statsionar muassasalari
tarmog‘i va o‘rinlar fondini maqbullashtirish;
— 2012—2014-yillar mobaynida olis qishloq aholi punktlarida
qishloq aholisi uchun birlamchi tibbiy yordamdan qulay va tez
foydalanishni ta’minlaydigan qo‘shimcha 102 ta qishloq vrachlik
punktlarini 3-ilovaga muvofiq barpo etish to‘g‘risida;
— 103 ta tuman tibbiyot birlashmalarini 93 mln AQSH
dollari miqdoridagi «Salomatlik-З» jahon banki bilan hamkorlikda
amalga oshirish doirasida zamonaviy laboratoriya, tashxis va
davolash uskunalari bilan jihozlanadigan tum an tibbiyot
muassasalarining tashxis, statsionar va ko‘makchi bo‘linmalarini
bir hududda ixcham joylashtirish asosida modemizatsiya qilish
to ‘g‘risidagi;
— 2012-2013-yillarda respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot
markazlarini bosqichma-bosqich aksiyalashtirish bo‘yicha;
— Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalari aksiya-
larining 51 % ni davlatda saqlab qolgan holda, davlat ulushi
bo‘yicha tegishli bo‘lgan dividendlami 2020-yilni ham o‘z ichiga
olgan davrda, ixtisoslashtirilgan markazlarini to ‘liq jihozlash va
qayta jihozlash uchun zamonaviy tibbiyot uskunalarini xarid
qilishga yo‘naltirildi'.
Ushbu dasturga, asosan, sogMiqni saqlash sohasida:
— ona va bola salomatligini himoyalash;
— yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish va ularning oldini
olish;
— dastlabki tibbiy-sanitariya yordami bazasini m ustah-
kamlash;
'X a lq s o ‘zi. 2011-yil, 30-noyabr.
187
— atrof-muhitni himoyalash kabi yo'nalishlar ustuvor deb
belgilangan.
Mazkur dasturga muvofiq sog‘Iiqni saqlash sohasida ikki
bosqichli dastlabki va keyingi tibbiy xizmat ко‘r sat ish shakliga
o‘tildi.
Bu vaqtda tibbiy yordam quyidagicha amalga oshirildi:
• qishloq sharoitida: qishloq vrachlik punkti (QVP) —
markaziy hududiy kasalxona (M H K ) va uning qoshidagi
poliklinika. Cho‘l, yaylov zonalaridagi chorvadorlar va tog‘lik
joylardagi aholi uchun uchastka kasalxonalari hamda feldsher
- akusherlik punktlari saqlandi;
• shaharlarda: maslahat-diagnostik poliklinika (yoki diag-
nostika markazi) - shahar kasalxonasi.
• Tibbiy xizmat sohasida tor mutaxassislik yo‘na!ishlaridan
voz kechib, bosqichma-bosqich umumiy amaliyotchi vrachlarni
tayyorlashga o‘ti!di. Bundan maqsad, sog‘liqni saqlash tizimining
boshlang'ich bo'g'inidan ko‘p sohali malakali tibbiy yordam
olishni ta’minlashdir.
Umumiy amaliyotchi vrach bu terapevt, otolaringolog,
ambulatoriya sharoitida diagnoz qo‘yib og‘ir bo‘lmagan ope-
ratsiyalarni bajara oladigan xirurgdir.
Dasturga muvofiq tibbiy hamshiralar kollejlarda tayyorlanadi.
Ular kollejlarda 3 yil o‘qigandan so‘ng Oliy o ‘quv yurtiga
kirishlari va xorijiy davlatlarda bo‘lgani Jcabi oliy m a’lumotli
hamshira kasbini olishlari mumkin.
• Respublikamizda pullik tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimini
shakllantirish ham ko‘zda tutilgan. Bunday tibbiyot muassasalari
moliyalashtirishning ikki xili negizida shakllantiriladi. Birinchisi,
xususiy moliyalashtirish. Bunda yuridik va jismoniy shaxslardan
ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlar uchun pul undiriladi. Ikkinchisi,
aralash moliyalashtirish.
Bunda sarf-xarajatlaming ma’lum qismi davlat budjetidan
ajratiladigan dotatsiyalar hisobiga qoplanadi.
Aralash moliyalashtirish asosida faoliyat yurituvchi tibbiy
muassasalar jumlasiga kattalar va bolalarga mo'ljallangan
ko‘p tarmoqli kasalxonalar, ixtisoslashgan markaz va kli-
188
nikalar, sog‘liqni saqlash, sanitariya, farmakologiya sohasida
izlanishlar olib boruvchi, iim iy-tadqiqot tashkilotlari, qisman
tibbiy kadrlarni tayyorlash bilan band o ‘quv dargohlari
kiradi.
Xususiy moliyalashtirish prinsipiga, asosan, shaxsiy amaliyot-
chi vrachlar, nodavlat davolash profilaktika tashkilotlari, homila-
dorlar va tug‘adigan ayollarga tibbiy yordam ko‘rsatuvchi ayrim
xususiylashtirilgan muassasalar ish yuritadi. Sug‘urta kompa-
niyalarining maqsadli pul o'tkazm asi, yuridik va jism oniy
shaxslarning xizmat haqini to ‘lashi tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi
nodavlat muassasalarining moliyaviy ta ’minot manbayi hisob
lanadi.
Yalpi xarajatlar tarkibida sog‘liqni saqlash tizimidagi xarajatlar
10 % dan 13 % ga ko‘paydi.
• sog‘liqni saqlash ishini takomillashtirish va «detsentrali-
zatsiya» yo‘li bilan boshqarishni tashkil etish; boshqarish va
taqsimlash funksiyalarini pastki-quyi bo£g‘inga — zvenoga
berish; Sog'liqni saqlash vazirligi boshqarishning oliy organi
sifatida sog‘liqni saqlashning strategik masalalarini hal qilish
bilan shug‘ullanishi lozim.
Respublikada sog'liqni saqlashni isloh qilishning muhim
muammolaridan bo‘lib, bu majburiy tibbiy sug‘urtalashga o‘tish
masalasidir.
Ma’lumki, ko‘pchilik rivojlangan davlatlarda tibbiy sug'ur-
talash o ‘z samarasini ko‘rsatgan. 0 ‘zbekistonda bu masalani
hal qilishda shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘ymasdan aholining
iqtisodiy, demografik, tarixan vujudga kelgan urf-odatlarni
e’tiborga olish lozim.
Tibbiy sug‘urtalash mexanizmini amalda qo'llashni ta ’
minlash maqsadida davlat fondi tashkil etilgan. Shuningdek,
ixtiyoriy tibbiy sug‘urtalash bilan shug‘ullanuvchi xususiy fond
lar shakllantirildi, davlat nazorati ostida faoliyat yuritayotgan
boshqa sug'urta tashkilotlariga tibbiy sug‘urtalash bilan shug‘ul-
lanishga ruxsat berildi.
• sog‘liqni saqlash sohasida nodavlat tashkilotlarning shakl
lanishi va rivojlanishini qoMlab-quwatlash maqsadida davlatimiz
189
yangi tashkil topgan xususiy tibbiy m uassasalarni ikki yil
muddatga barcha turdagi soliqlardan ozod etdi.
Respublikada xususiy tibbiy muassasalarni shakllantirish
mavjud davolash-profilaktika tashkilotlarini davlat tasarrufidan
chiqarish hisobiga ham amalga oshirilmoqda. Xususiylashtirishga
tender asosida aksiyalar savdosi orqali yoki keyinchalik sotib
olish sharti bilan uzoq m uddatli ijaraga berish y o 'li bilan
erishilmoqda.
Xususiylashtirishning asosiy shartlaridan biri, davlat to
m onidan belgilangan va kafolatlangan bepul tibbiy yordam
ko‘rsatishni ta ’minlashdan iborat.
Bu degan so‘z, tibbiy muassasalar xususiylashtirilishi oqi-
batida xuddi shu hududda istiqomat qiluvchi aholi kafolat
langan tibbiy yordamga muhtoj bo‘lib qolmaydi.
Nodavlat tashkilotlar qatoriga xalqaro tashkilotlar va sog‘liqni
saqlash maqsadlari uchun mahsulot ishlab chiqaruvchi qo‘shma
korxonalar ham kiritiladi.
Respublikada xayr-saxovat ishlari bilan shug‘ullanuvchi
jam g'arm a va tashkilotlarning salmog‘i oshib borm oqda. Bu
xususiy tibbiy muassasalarni kuchli raqobat sharoitida ishlashga
undaydi.
Natijada, bozor munosabatlarining keskin salbiy ta ’siri ancha
yumshatiladi. Sog‘liqni saqlash tizimini isloh etish va nodavlat
tuzilmalaming shakllanib rivojlanishiga, ular tom onidan ko‘r-
satiladigan tibbiy xizmat sifatining yuksalishida xorijiy inves-
toriarning roli ham beqiyosdir.
•
sog‘liqni saqlash tizim ini isloh qilish davlat dasturiga
muvofiq davolashning yangi intensiv shakllarini qoMlash asosida
oshiqcha kasalxona o ‘rinlari sonini qisqartirish nazarda tutilgan.
1991-yili Respublikadagi tibbiyot muassasalarida mavjud bo‘lgan
o‘rinlar soni 260 mingdan ortiq edi.
Sog'liqni saqlashning milliy dasturini hayotga tatbiq qilish
jarayonida ularning soni teng yarmiga qisqartirildi va o ‘rin
oborotini tezlashtirish hisobiga ularning zarur miqdordagi qismi
saqlanib qolindi. Tibbiy muassasalarga murojaat qilgan kishilar-
ning 25 % igacha bo‘lgan qismi uzoq muddat davomida statsionar
190
holda davolanar edi. Bu ko'rsatkich rivojlangan davlatlarda
3—4 %ni tashkil qiladi, xolos.
Dasturga binoan asosiy tibbiy xizmat bu poliklinikalar va
kunduzgi statsionarlarda bo‘lishi lozim.
0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar M ahkam asi 2003-yil 2-
dekabr kuni «Aholiga shoshilinch tibbiy yordam xizm atini
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to ‘g ‘risida» qaror qabul
qildi.
U nda respublikada sog‘liqni saqlash tizim ini isloh qilish
dasturi muvaffaqiyatli amalga oshiralayotganligi qayd qilinib,
aholiga shoshilinch tibbiy xizm at ko‘rsatishni tashkil etishni
yanada takomillashtirish va uning sifatini oshirish, shoshilinch
tibbiy yordam tizimining rivojlantirishni rag'batlantirish nazarda
tutilgan edi.
Bu qarorga muvofiq respublika shoshilinch tibbiy yordam
markazi huzurida budjetdan tashqari shoshilinch tibbiy yordam
xizmatini qo‘llab-quw atlash va rivojlantirish jam g'arm asi tashkil
etildi.
2 0 0 4 -2 0 0 5 - o ‘quv yilidan boshlab «Shoshilinch tibbiy
yo rd am » ix tiso slig i b o ‘y ic h a m a g is tra tu r a o c h ila d i (8-
chizm a).
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan 1998-
yilda qabul qilingan Sog'liqni saqlash tizim ini isloh qilish davlat
dasturi mam lakatimizda butun tibbiyot tizim ini tubdan qayta
qurish, ko‘p sarf-xarajat talab etadigan va ham m a vaqt ham
samarali b o ‘lm agan statsionar tibbiy yordam dan ambulator-
poliklinika va profilaktika tibbiyotiga ustuvor ahamiyat berishga
o ‘tishda m uhim omil bo‘ldi.
Q ishloq joylarida yaxshi sam ara berm ayotgan feldsher-
akusherlik punktlari o ‘miga qishloq vrachlik punktlari (QVP)
tashkil etildi.
Ambulatoriya poliklinikalar soni 5886 taga QVPlari esa 3208
taga yetdi (18-jadval).
191
|