uskunalar bilan jihozlangan, yuqori malakali vrachlar va o ‘rta
tibbiy xodimlari bilan ta’minlangan shoshilinch tibbiy yordamning
yaxlit tizimi yaratilgan va faoliyat ko‘rsatayapti.
0 ‘zbekiston ulkan insoniy salohiyatga ega bo'Igan mam-
lakatdir.
«Inson salohiyati eng faol, eng bunyodkor omil bo‘lib, —
deydi Prezidentimiz, — u mamlakatning
islohotlari va tub
o‘zgarishlar yo‘lidan tinimsiz ilgarilab borishini ta’minlab beradi».
Jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi darajasi bilan
belgilanuvchi mazkur omil, o‘z
navbatida, uni rivojlantirish va
taraqqiy ettirishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
Respublika aholisi 2013-yilda 31 mln kishidan oshdi.
Bundan 51,3 % shahar va shaharchalarda 48,7 % qishloqlarda
yashaydi.
0 ‘zbekistonning muhim xususiyati
shundan iboratki, bunda
aholining o‘sish sur’atlari yuqori. 1990—2012-yillarning o ‘zida
mamlakatimiz aholisining soni salkam 13 mln ga ko‘paydi. Aholi
sonining o'rtacha yillik o‘sish sur’ati ana shu yillarda 1,8 % ni
tashkil etdi yoki yiliga 500 ming kishidan sal ko‘proqqa o‘sdi.
Umr ko‘rish darajasi o‘rtacha 7 yilga uzaydi va 73 yoshni tashkil
qilmoqda.
Aholining sog‘lig‘ini saqlash holati,
eng awalo, davlat va
jamiyatning ijtimoiy tuzumiga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun
mustaqil 0 ‘zbekistonda bo‘layotgan qayta qurishlar sog‘liqni
saqlash tarmog'ini ham chetda qoldirmadi.
1992-yildan 0 ‘zbekistonda tarmoqni
intensiv rivojlantirish
prinsiplariga asos solgan sog‘liqni saqlashni rivojlantirish kon-
sepsiyasi belgilandi. Sobiq Sovet davridagi sog‘liqni saqlash tizimi
samarasiz bo‘lib, ekstensiv prinsip asosida rivojlangan. Bu tizim-
da sifat ko‘rsatkichlariga emas, balki miqdor ko‘rsatkichlariga
aosiy e’tibor berilgan.
Masalan, mustaqillik davrining boshlarida 0 ‘zbekistonda 22
mln kishiga 70 mingdan oshiq vrach to‘g‘ri kelar edi.
0 ‘zbekistondagi vrachlarning ko‘pligi
aholining sogiigini
davolash darajasi yuqori ekanligini aslo bildirmas edi (17-
jadval).
184