O’zbekiston Respublikasida zamonaviy akt larning yangi avlodlari va ulardan iqtisodiyot soxasida foydalanish imkoniyatlari Reja



Yüklə 71,42 Kb.
səhifə1/6
tarix10.03.2023
ölçüsü71,42 Kb.
#87234
  1   2   3   4   5   6
1-mavzu


O’zbekiston Respublikasida zamonaviy AKT larning yangi avlodlari va ulardan iqtisodiyot soxasida foydalanish imkoniyatlari
Reja

1. Buxgalteriya hisobi axborot tizimlarning umumiy ta’rifi.


2. Avtomatlashtirilgan joyi foydalanuvchining ish faoliyatini avtomatlashtirish vositasi.
3. Buxgalteriya hisobida avtomatlashtirilgan texnologiyalari.


1.Buxgalteriya hisobi axborot tizimlarining umumiy ta’rifi.

Iqtisodiyotni boshqarishdagi o'zgarishlar, bozor munosabatlariga o'tish buxgalteriya hisobini tashkil qilish va olib borishga katta ta’sir ko'rsatadi. Hisobning halqaro tizimlariga o'tish amalga oshirilmoqda, bu uning uslubiyatining Yangi shakllarini ishlab chiqishni talab qiladi. Hisobchidan korxona moliyaviy holatini ob’ektiv baholarini bilish, moliyaviy tahlili usullarini egallash, qimmatli qog'ozlar bilan ishlashni mukammal bilish, bozor sharoitlarida pul mablag'lari investitsiyalarini hisoblash va boshqalarni talab qiladi. Ushbu xususiyatlarni hisobga olgan holda hozirgi davrda hisobchini "moliyaviy menejer", "hisobchi-tahlilchi" deb atash ham mumkin.


Boshqaruv vazifalariga an’anaviy ravishda ishlab chiqishni tayyorlash, rivojlantirish, moddiy texnik ta’minot, sotish (marketing), buxgalteriya hisobini olib borish va buxgalteriya faoliyatini amalga oshirish, tayyor mahsulotlarni sotish hamda kadrlar masalasini hal qilish kiradi. Kompyuterda ishlab chiqish nazariyasiga binoan ular vazifaviy tizimlar deb ataladi. Boshqaruv jarayenida buxgalteriya hisobi katta rol o'ynaydi, bunda barcha axborotlarnining 60% jamlanadi.

Buxgalteriya hisobining axborotli tizimlari asosida majmualarga birlashtirilgan, hisobning alohida uchastkalari tomonidan bajariladigan hisob vazifalarini hisoblash amalga oshiriladi. Vazifalar majmuasi iqtisodiy mazmunini aniqlash, tasdiqlangan sintetik schetlarni olib borish, birlamchi va yig'ma hujjatlar, hisoblash algoritmlarini o'zaro aloqalari hamda hisobning aniq uchastkasining uslubiy materiallari va me’yoriy hujjatlari bilan ta’riflanadi.

Buxgalteriya hisobining axborotli tizimchalari an’anaviy ravishda vazifalarning quyidagi majmualarini o'z ichiga oladi: asosiy vositalar hisobi, moddiy boyliklar hisobi, mehnat va ish haqi (maosh) hisobi, tayyor mahsulotlar hisobi, moliyaviy hisoblash operatsiyalarining hisobi, ishlab chiqarish harajatlari hisobi, yig'ma hisob va hisobotlarni tuzish.

Shahsiy komputer bazasida avtomatlashtirilgan ish joylarini tashkil qilinishi, korxonalarda mahalliy hisoblash tarmoqlarini yaratish, axborot bazasini tashkil qilish va iqtisodiy vazifalar majmuasini shakllantirishda yangi talablarni ilgari suradi. Shunda ma’lumotlarning taqsimlangan bazalari tizimini yaratish, turli foydalanuvchilar o'rtasida axborotlarni almashtirish, kompyuterda boshlang'ich hujjatlarni avtomatik shakllantirishning imkoniyatlari paydo bo'ladi. Bunday sharoitlarda turli vazifaviy tizimchalar majmualari o'rtasidagi aniq chegaralar buzila boshladi, bu ilk navbatda buxgalteriya hisobining axborot bazasida namoyon bo'ldi. Quyidagi 4 chismada buxgalteriya hisobining AATsharoitida faol ko'rsatish tamoyillari keltirilgan.







Yüklə 71,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin