— Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi;
— Agrar va suv xo'jaligi masalalari qo‘mitasi;
— Fan, ta’lim madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi;
— Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqaroning
o‘zini-o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi;
— Axborot va kommunikatsiya
texnologiyalari masalalari
qo‘mitasi;
— Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi.
3. 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari
bo‘yicha vakili.
4. 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
devoni.
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati to ‘g‘risidagi
Konstitutsiyaviy Qonun yuqori palataning huquqiy maqomini
belgilab bergan. M a’lumki, Respublikada 14 ta m a’muriy
hududiy birlik (Qoraqalpog‘iston
Respublikasi, 12 ta viloyat va
Toshkent shahri) mavjud. Ularning har biridan 6 nafardan
vakil tegishli qo‘shma majlislarda Senatga (oqsoqollar kengashi
ma’nosida) saylanadi.
Shuning uchun mazkur palata
Qonunda hududiy vakillik
palatasi deb ataladi. Shunday qilib,
joylardan saylangan jami
84 nafar senator yoniga yuqori palataning 16 nafar a’zosi fan,
san’at, adabiyot, ishlab chiqarish
sohasida hamda davlat va
jamiyat hayotining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga
ega bo‘lgan,
shuningdek, alohida xizmat ko‘rsatgan eng obro‘li
fuqarolar orasidan 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tom o
nidan tayinlanadi.
Dostları ilə paylaş: