‘zbekist0n respublikasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Bozor tizimida davlatning iqtisodiyoti tartiblashdan iborat



Yüklə 7,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə175/245
tarix03.10.2023
ölçüsü7,36 Mb.
#151611
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   245
Yo\'doshev Z. Milliy va jahon iqtisodiyoti.

Bozor tizimida davlatning iqtisodiyoti tartiblashdan iborat
faoliyati ma’muriy tazyiq orqali emas, balki iqtisodiy vositalar
bilan amalga oshiriladi.
Davlat iqtisodiyotni boshqarishdagi asosiy vazifalari va 
funksiyalari quyidagilardan iborat:
— 0 ‘zbekiston Respublikasi qonunlari, 0 ‘zbekiston Res­
publikasi Prezidentining farmonlari va boshqa normativ-huquqiy 
hujjatlar amalda ro‘yobga chiqarilishini, ulaming ijrosi ustidan 
ta’sirchan nazorat amalga oshirilishini ta’minlash;
— tashqi va ichki siyosatni amalga oshirish, davlatning tashqi 
va ichki xavfsizligini ta’minlash;
— mamlakatni strategik rivojlantirishning ustuvor yo'nalish- 
larini belgilash, davlatning maqsadli dasturlarini ishlab chiqish 
hamda ulami amalga oshirishni tashkil qilish, iqtisodiy islohot­
larni ro‘yobga chiqarish borasidagi chora-tadbirlarni amalga 
oshirish;
— insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini, 
aholining ta’lim, tibbiy xizmat, ijtimoiy ta’minotga bo‘lgan 
huquqlarini ta ’minlash va himoya qilish, mehnat bozorini 
tartibga solish, ijtimoiy sohada umumdavlat boshqaruv tizimi 
faoliyatini boshqarish va muvofiqlashtirish;
— tegishli xususiy muhitni yaratish, litsenziyalash, sertifikat- 
lashtirish va standartlashtirish orqali xo'jalik yurituvchi subyekt- 
lar faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish;
216


— 
soliqlar, bojxona to‘lovlarini yig‘ish, davlat daromadlarini 
taqsimlash yo‘li bilan xazinaga oid vazifalami amalga oshirish.
8.2. Milliy iqtisodiyotning boshqaruv tizimi,
tarkibi va vazifalari
0 ‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga binoan 
davlat boshqaruv organlari quyidagilar:
1. 
0 ‘zbekiston fuqarolarining umumiy saylov yo‘li bilan 
tayinlanadigan 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga 
35 yoshga to ‘lgan, bevosita saylovgacha kamida 10 yil 0 ‘zbe- 
kiston hududida muqim yashagan, davlat tilini yaxshi biladigan 
0 ‘zbekiston fuqarosi saylanishi mumkin. 0 ‘zbekiston Respub­
likasi Prezidenti 0 ‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tomo­
nidan umumiy, teng va to ‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida, 
yashirin ovoz berish yo‘li bilan besh yil muddatga saylanadi.
Prezident devoni tarkibida:
1. Tashkiliy kadrlar xizmati.
2. Oliy majlis, siyosiy va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik 
qilish xizmati.
3. Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatini 
muvoqlashtirish xizmati.
4. Ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish xizmati.
5. Fan, ta ’lim, sog‘liqni saqlash va sportni rivojlantirish 
masalalari xizmati.
6. Ommaviy axborot vositalari, madaniyat, san’at va ijodiy 
tashkilotlarni rivojlantirish masalalari xizmati.
7. Ishlar boshqarmasi.
8. 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining protokol xizmati.
9. 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati.
10. 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kanselyariyasi
11. 0 ‘zbekiston Respubikasi Prezidenti huzuridagi milliy 
xavfsizlik kengashi kotibining xizmati kabi bo‘limlar mavjuddir.

Yüklə 7,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   245




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin