lanadi. Sanatsiyada davlat korxonalaming
moliyaviy ahvolini
yaxshilashga qaratilgan moliya va kredit tadbirlarini ishga soladi.
Sanatsiya iqtisodiyot uchun ahamiyati katta korxonalami tang
holatdan
chiqarib, ularning normal ishlab turishini ta’minlash
hamda korxonlami ommaviy bankrot bo'lishiga yo‘l bermasdan,
raqobatchi korxonalar sonini kerakli m e’yorda saqlab turish
maqsadlarida amalga oshiriladi.
Sanatsiyalash yo‘llari ko‘p: korxona qarzini kechib yuborish
yoki uni o‘zgalar hisobidan to‘lash, qarzni to'lash
muddatini
kechiktirish, qarz uchun beriladigan foizni kamaytirish yoki
umuman
olmaslik, korxonaga soliqdan yengillik berish,
soliqni
kreditga aylantirish,
korxonaga buyurtma berib, uning haqini
oldindan to ‘Iash, subsidiya
ajratish, korxonaga ekport yuzasidan
imtiyozlar berish.
Davlatning sanatsiyadagi ishtiroki ikki shartni hisobga oladi:
birinchisi
— korxonaning milliy
yoki hududiy iqtisodiyot
uchun ahamiyati katta bo‘lishi kerak;
ikkinchisi
— korxonaning tang ahvolga tushib qolishiga uning
o'ziga bog‘liq bo‘lmagan boshqa obyektiv sabablar boMishi lozim.
Davlatning korxonaga yordami bozor talabiga zid kelmagan taq-
dirdagina unga qo‘l uriladi.
Yomon
ishlagan, bozor talabiga moslasha olmasdan mo
liyaviy inqirozga yuz tutgan korxonaga davlat yordam bermaydi,
chunki bu bozor qoidalariga zid keladi.
Subsidiya
ham davlat o‘z siyosatida qo‘llaydigan
asosiy moliya
vositalari sirasiga kiradi.
Dostları ilə paylaş: