V III bob. IQ T IS O D IY O T N I
M U V O FIQ LA SH TIR ISH D A
DAVLATNING R O L I
Seja:
8.1. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning m ohiyati va zaruriyati.
8.2. M illiy iqtisodiyotning boshqaruv tizim i, tarkibi va vazifalari.
8.1. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning
mohiyati va zaruriyati
Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlardagi rejalashtirish
ham da iqtisodiyotning tartibga solish tajribasi shuni ko‘rsat-
moqdaki, bu mexanizmlar orqali davlat jam iyatning sotsial-
iqtisodiy stabilligini, m ak ro p ro p o rsiy an i
tash k il q ilish n i,
iqtisodiyotning dinamik rivojlantirishni ta ’minlaydigan asosiy
omillami o ‘z qo‘lida ushlab turadi.
H ar bir mamlakatda qaram a-qarshi manfaatlarni, turli xil
kuchlam i birlashtiradigan, jam iyatni rivojlantirish strategiyasini
ishlab chiqadigan va amalga oshiradigan davlatning roli be-
qiyosdir. Bu um um iy qoidani mensimaslik og‘ir oqibatlarga
olib kelishi mumkin. Xususan,
iqtisoddagi uzilishlar, m akroiq
tisodiy proporsiyalarni va m ikroiqtisodiy bog‘liqliklarning
buzilishi, moliya, baho tizimidagi va hokazolardagi vujudga
kelishi m um kin bo'lgan m uam m olar, shular jum lasidandir.
Shuning u ch u n ham 0 ‘zb ek isto n d a b o z o r iqtisodiyotiga
o ‘tishning 5 tam oyilidan biri qilib, respublikaning ijtimoiy-
siyosiy, sotsial-iqtisodiy rivojlanishida davlat asosiy reform ator-
islohotchi qilib belgilangan.
Davlatning iqtisodiyotdagi o ‘m i va ahamiyati quyidagichadir:
1. Davlat iqtisodiyotni tartibga solib turuvchi subyekt hisob
lanadi.
2.
D avlat soliq, subsidiya, litsenziya, boj to ‘lovlari kabi
vositalar bilan iqtisodiyotga ta ’sir ko‘rsatadi. Davlatning qo‘lida
katta moliyaviy resurslar to ‘planadi.
3. Davlat siyosiy hokimiyatga ega bo‘lgan alohida subyektdir.
208
U o ‘z tizim ini boshqa subyektlarga o ‘tkazadi. Uning organlari
beradigan buyruq va farmoyishlar barcha iqtisodiy subyektlar
uchun majburiy hisoblanadi.
Ayrim tadbirkor,
ishchi yoki xizmatchi, firma, korporatsiya
yoki ferm er xo‘jaligi faqat o ‘zining manfaatini ko‘zlab faoliyat
ko‘rsatadi, davlat esa yakka yoki guruhiy m anfaatlam i yagona-
likka birlashtiruvchi va ham m aning um um iy m anfaatini ifoda-
lovchi kuch hisoblanadi. D avlat m ulk sohibi,
am m o uning
iqtisodiyot uchun ahamiyati iqtisodiy faoliyatni tartiblay olishi-
dan kelib chiqadi. G ap shundaki, iqtisodiyot bir m arom da
rivojlanib b orishi u c h u n u n in g tu rli tarm o q lari b ir-b irig a
mutanosib bo‘lishi, bir-biriga bog'lanib, bir-birini to ‘ldirib turishi
talab qilinadi. Buni t a ’m inlashning asosiy vositasi — bozor
mexanizmidir. Agar bozor mexanizmi iqtisodiyotni nuqsonsiz
tartiblab
turganida edi, tanglik va iqtisodiy beqarorlik hech yuz
bermagan b o‘lar edi. Holbuki, bozor iqtisodiyoti m am lakatlarida
tanglik va inqirozlar uchrab turadigan hodisalardir. D em ak,
b o zo r m exanizm i m av o za n atn i t o ‘l a - t o ‘kis va n u q so n siz
t a ’minlay olmaydi, shu sababdan, davlat iqtisodiyotni albatta
tartiblashi lozim.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy (sotsial) tengsizlik, ya’ni
b o y lar va k am b ag ‘a lla r m avjud. U la rn in g o ‘rta sid a n izo
chiqmasligi uchun davlat aholining n ochor qatlamlariga ijtimoiy
yordam berishdek vazifani o ‘z zimmasiga olishi kerak b o ‘ladi.
Jam iyatda hamma bahram and bo‘ladigan xizm atlar bor.
U lar
jum lasiga umumiy t a ’lim, so g ‘liqni saq lash , atro f-m u h itn i
muhofaza qilish, mam lakat xavfsizligini ta ’minlash, yurtni obod
qilish, ijtimoiy tartibni saqlash va boshqalar kiradi. Bu sohalar
g‘oyat serxarajat, lekin bevosita foyda olish im konini berm aydi.
Shu sababli ularga firm alar q o ‘l urm aydi. Bu ish ham m aga
zarur bo‘lgani uchun mazkur sohalam i davlat o ‘z qo‘liga oladi.
Dem ak, davlat iqtisodiy vazifani bajarishi turgan gap.
Davlatning iqtisodiyotga aralashuvining o ‘z m e’yori bor. Iqti
sodiyot m uttasil о ‘sib borayotgan sharoitda
davlat bozor mexa-
nizmiga xalaqit bermaslik uchun iqtisodiyotga kamroq arala-
shadi. Bozor m exanizm i yaxshi ish berm ay, iqtisodiy qiyin-
209
chiliklar kuchaygan sharoitda davlat iqtisodiyotga faolroq
aralashadi va uning tanglikdan chiqib,
yaxshi ishlab ketishiga
ko‘maklashadi.
Masalan, o ‘tgan asrning 50—70-yillarida g‘arb mamla-
katlarida iqtisodiy inqirozlar tez-tez bo‘lib turganda davlat
iqtisodiyotga o‘z siyosati bilan faol aralashgan.
80-yillaming o‘rtalaridan boshlab bozor mexanizmi yaxshi
ishlab ketganligi uchun davlat iqtisodiyotga kamroq aralashish
yo‘liga o‘tdi.
Dostları ilə paylaş: