‘zbekist0n respublikasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 7,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə230/245
tarix03.10.2023
ölçüsü7,36 Mb.
#151611
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   245
Yo\'doshev Z. Milliy va jahon iqtisodiyoti.

in tegratsiya
hisoblanadi. Jahonning
299


yetakchi davlatlari o‘rtasida iqtisodiy munosabatlar faol, integra­
tsion guruhlar va ulaming a’zolari o‘rtasida yanada jadal sur’at- 
larda rivojlanmoqda.
Rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishidagi 
muhim jihatlaridan biri iqtisodiyotga davlat aralashuvining 
kamayishi, iqtisodiyotning erkinlashish jarayonidir.
Birinchi jahon umshidan XX asrning 80-yillariga qadar 
rivojlangan mamlakatlarda davlat tom onidan iqtisodiyotga 
aralashish darajasi davlat xarajatlari va iqtisodiyotda davlat sektori 
ulushining o‘sishi shaklida jadal sur’atlarda ortib bordi.
Jahon iqtisodiyotida globallashuv va integratsiya jarayon- 
larining chuqurlashishi natijasida aksariyat rivojlangan mam­
lakatlarda davlat xarajatlarining YIM dagi ulushi qisqarib bordi. 
Bundan tashqari, xususiylashtirish, transport, aloqa, ener­
getika, kommunal xo‘jalik kabi tarmoqlarda davlat mulkini 
xususiy kompaniyalarning boshqaruv ixtiyoriga topshirish 
boshlandi.
XXI asrning boshlariga kelib rivojlangan mam lakatlar 
iqtisodiyotining tarkibi postindustrial tarkibga ega bo‘la boshladi. 
Iqtisodiyot tarkibida birlamchi (qishloq xo‘jaligi, qazib olish, 
o‘rmon, baliqchilik), ikkilamchi tarmoqlar (sanoat, qurilish) 
qisqargani holda uchlamchi tarmoqlar (xizmatlar sohasi) ulushi 
osha boshladi.
XX asming birinchi yarmida transport, savdo maishiy xizmat, 
ta ’lim iqtisodiyotning asosiy xizmatlar sohasidagi tarmog‘iga 
aylangan bo‘lsa, ikkinchi jahon urushidan keyin xizmatlar 
ijtimoiy soha — ta’lim, fan, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya 
va sport, madaniyat, san’at, uy-joy kommunal xo‘jaligi ijtimoiy 
ta’minot hisobiga keyinchalik esa moliya xizmatlari, axborot- 
kommunikatsiya xizmatlari hisobiga jadal rivojlandi. Rivojlangan 
mamlakatlarda moliya sektori iqtisodiyot holatini ifoda etuvchi 
asosiy indikatorga aylanib bormoqda.
Rivojlangan mamlakatlarda davlat xarajatlarining ortishi 
budjet taqchilligiga va davlat qarzlaming vujudga kelishiga olib 
keldi. Yevropa mamlakatlarining aksariyatida davlat qarzi yalpi 
ichki mahsulotga nisbatan 50 % dan oshadi, 2012-yilda Gretsiya,
300


Italiya, Islandiya, Belgiyada 100 
%
lik ko‘rsatkichlardan oshib 
ketdi.
Ushbu mamlakatlarda inflatsiya darajasi o‘zgarib turibdi.
Ijtimoiy soha rivojiangan mamlakatlarda aholining daro- 
madlar bo‘yicha tabaqalashuvidagi farqning qisqarishi kuzatildi. 
Aholi daromadlarining o‘sishi bilan bir vaqtda boy va kambag'al 
qatlamlar daromadlaridagi farqlar qisqardi. Aholi daromad­
larining keskin oshishi natijasida о‘rta sinfning shakllanishi 
ijtimoiy tabaqalashuvning qisqarish sabablaridan biri hisob­
lanadi.
Shuningdek, ish vaqti davomiyligi va ishsizlik darajasi 
o ‘rtasida ham farq kuzatiladi. Aholi turm ush darajasining 
yuqoriligiga qaramasdan bir ishchiga hisoblangan rasmiy ish 
soatlari 1800 soat atrofida.
Ishsizlik darajasi 2012-yilda G ‘arbiy Yevropada Ispaniya 
30 %, Gretsiya 26 
%,
Italiya 20 % kuzatildi. Ishsizlik darajasi 
va iqtisodiy o‘sish suratlari o'rtasida to ‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik 
mavjudligini Yaponiya misolida ko'rishimiz mumkin. 2010- 
yildagi iqtisodiy o‘sish suratlarining pastligiga qaramasdan, yapon 
firmalari o ‘z ishchi, xizmatchilarini kamdan-kam hollarda ish- 
dan bo'shatishadi.
Rivojiangan malakatlarda, xususan, G ‘arbiy Yevropa mam- 
laktlarida demografik jarayonlarda umumiy aholi sonida keksa 
yoshlilar (65 yoshdan oshgan) — demografik vaziyat — aholining 
qarishi muammosi haqida bormoqda. Agar keksalar sonining 
ulushi 12 % dan oshsa, ushbu mamlakatlar aholisi qariyotgan 
hisoblanadi.
Masalan, G ‘arbiy Yevropada 15 %, AQSH 12 %, Yaponiya 
15% ni tashkil etadi. Aholining qarishi pensiya to'lovlari, 
keksalami parvarishlashni tashkil etish ularga tibbiy xizmat kabi 
qo‘shimcha mablag‘lami talab etadi.
A holining qarishi m ahsulot ishlab chiqarish, xizm at 
ko‘rsatish sohasiga jiddiy ta ’sir o‘tkazadi. G ‘arb iqtisodchilari 
aholi qarishi muammosini iqtisodiy salohiyatning pasayishi bilan 
baholaydi.
301


12.2. Jahon iqtisodiyotida xalqaro 
korporatsiyalar
BMT Ekspertlarining fikricha, Transmilliy korporatsiyalar 
(TMK) Jahon iqtisodining «dvigatellaridir». 100 ta eng yirik 
xalqaro kompaniyalarning 40 % mulki (shu jumladan moliyaviy 
mulki) boshqa davlatlar hududida joylashgan. Transmilliy korpo- 
ratsiyalarning asosiy qismi AQSH, YI davlatlari, Yaponiya, 
Rossiyada joylashgan. TMK jahon sanoat ishlab chiqarishining 
40%igacha, xalqaro savdoning yarmini nazorat qiladi. TMK 
korxonalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning miqdori yiliga
1 trln. dollardan oshib ketadi.
Xo‘sh, transmilliy korporatsiyalar nima, ularga qanaqa 
kompaniyalar kiradi? An’anaviy ravishda xalqaro korporatsiyalar 
faoliyatini o‘rganadigan BMT uzoq vaqt mobaynida ularga yillik 
aylanmasi 100 mln dollardan oshuvchi va kamida 6 davlatda 
filiali bo'lgan firmalarni qo‘shadi. Keyingi yillarda boshqa bir 
ko‘rsatkich: rezident davlatdan tashqarida sotilgan mahsulotlar 
miqdori kiritildi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha jahonda Shveyt- 
sariyaning «Nestle» firmasi (98%) ilg‘orlardan biri sanaladi.
BMT metodologiyasiga ko‘ra, xalqaro korporatsiyani uning 
aktivlari strukturasiga qarab ham aniqlash mumkin. Transmilliy 
korporatsiyalar ichida eng ko‘p xorijiy aktivga (moliya sektori
— transmilliy banklardan tashqari) Angliya — Gollandiya 
konserni «Royal-Datch shell», keyin AQSHning 4 firmasi: 
«Ford», «Jeneral-motors», «Ekson» va «IBM» ega. G ‘arb iqti­
sodiy adabiyotlarida xalqaro monopoliyaning ko‘plab turlarini 
uchratish mumkin: ko‘p milliy korporatsiyalar, baynalmilal 
korporatsiyalar.
Rossiyalik iqtisodchilar quyidagi klassifikatsiyani beradi.
Transmilliy korporatsiyalar — bu xorijiy aktivga ega bo‘lgan 
milliy monopoliyalar. Ularning ishlab chiqarish va savdo-sotiq 
faoliyatlari bir davlat chegarasidan chiqib ketadi.
Korporatsiya deb AQSHda hissadorlik jamiyatini aytishadi. 
Zamonaviy Transmilliy korporatsiyalarning ko‘pchiligi Amerika 
kompaniyalarining ekspansiyasi vujudga kelganligi tufayli bu
302


termin kirib keldi. Transmilliy korporatsiyalarning huquqiy 
rejimi filiallar va sho’ba korxonalari tashkil etish orqali turli 
davlatlarda faoliyat yuritishni nazarda tutadi.
Bu kompaniyalar nisbatan mustaqil bo'lgan ishlab chiqarish 
va tayyor mahsulotlami sotish, ilmiy tadqiqot, iste’molchilarga 
xizmat ko'rsatish xizmatlariga ega. Umuman, ular yagona ishlab 
chiqarish-sotish majmuyini tashkil etadi va bu majmuada 
hissadorlik kapitalga faqat ta’sischi davlat egalik qiladi. Shu 
bilan birga filial va shu’ba korxonalari aralash korxonalar bo‘lishi 
va ularda milliy kapital ustunlik qilishi mumkin.
Ko‘pmilliy korporatsiyalar (KMK) — ishlab chiqarish va 
ilmiy tadqiqotchilik asosida bir necha davlat milliy kor- 
poratsiyalarini birlashtimvchi xalqaro korporatsiyadir. Bunga 
1907-yildan buyon mavjud b o ‘lgan Angliya — Gollandiya 
«Royal-Datch shell» konsemini ko'rsatish mumkin. Bu kompa- 
niyaning hozirgi kapitali 60:40 nisbatda taqsimlangan. Ko'pmilliy 
korporatsiyalarga mashinasozlik, elektron injeneriyaga ixtisos- 
lashgan, Yevropada mashhur Shveytsariya-Shvetsiya A W (Asea 
Brown Bovery) kompaniyasini ko'rsatish mumkin. Yevropaning 
ilg‘or ko‘pmilliy кофога1з1уа1ап qatoriga Angliya — Gollandiya 
kimyo-texnologiya «Yunilever» konsernini ham q o ‘shish 
mumkin.
Transmilliy va ko‘pmilliy кофога151уа1аща xalqaro kompa­
niyalar ichida ajralib turuvchi global korporatsiyalami (GK) 
ham qo‘shish kerak. Ular 80-yillarda vujudga keldi va kuchga 
kirib bormoqda. Global кофога1з1уа1аг zamonaviy jahon moliya 
kapitalining butun qudratini namoyon qiladi. Globalizatsiyaga 
ko‘proq kimyo, elektrotexnika, elektron, neft, avtomobil, 
axborot, bank va boshqa bir necha sohalar moyil.
Transmilliy korporatsiyalar paydo boMishiga sabab nima? 
Ular paydo bo‘lishining eng umumiy sababi milliy — davlat 
chegaralaridan chiqib ketgan ishlab chiqarish kuchlarining 
rivojlanishi asosida ishlab chiqarish va kapitalning baynal- 
milallashuvidir. Ishlab chiqarish va kapitalning baynalmilallashuvi 
yirik kompaniyalar tomonidan xorijda o‘z bo‘limlarini tashkil 
etishi va milliy кофоШ51уа1агшщ transmilliy кофога181уа1а^а
303


aylanishi orqali ekspansiya xarakteriga ega bo‘ladi. Kapital olib 
chiqish xalqaro korporatsiyalarning shakllanishi va rivojlani­
shining eng muhim omiliga aylanmoqda.
Transmilliy korporatsiyalar vujudga kelishining aniq sabablari 
qatoriga haddan oshiq foyda olishga intilishni ko‘rsatish 
mumkin. 0 ‘z navbatida, o‘tkir raqobat, bu kurashda tirik qolish 
zaruriyati ham xalqaro miqyosda ishlab chiqarish va kapitalning 
konsentratsiyasi va TMK paydo bo‘lishiga olib keldi.
Jahon xo‘jaligida ro‘y beruvchi iqtisodiy jarayonlarning 
obyektiv natijasi sifatida vujudga kelgan transmilliy korpo­
ratsiyalar qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega. TMK xalqaro 
mehnat taqsimotining faol ishtirokchisi bo‘lib, uning rivojlani- 
shiga o‘z hissalarini qo‘shadi.
Transmilliy korporatsiyalar kapitalining harakati, odatda, 
korporatsiya joylashgan davlatda bo‘layotgan jarayonlardan 
mustaqil ravishda ro‘y beradi.
Transmilliy korporatsiyalar yirik investitsiyalar va yuqori 
malakali personal talab qiluvchi yuqori texnologiyali, ilmtalab 
sohalarga kirib boradi.
Bunda ushbu sohalarni transmilliy korporatsiyalar to ­
monidan monopoliya qilish tendensiyasi sezilmoqda. Kapitalistik 
3
dunyo sanoat mahsulotining - qismi 2 mingga yaqin eng yirik
korporatsiyalar tomonidan ishlab chiqarilgan. Ularning bir necha 
yuztasi eng muhim mahsulotlaming 50 % idan 80% igacha 
bo‘lgan qismini ishlab chiqaradi.
500 ta eng kuchli transmilliy korporatsiyalardan 85 tasi 
barcha xorijdagi investitsiyalarning 70 % ini nazorat qiladi. Bu 
500 gigant elektronika va kimyoning 80 %, farmatsevtikaning 
95 %, mashinasozlikning 76 % mahsulotini sotadi. G ‘arb 
iqtisodchilarning prognozlariga ko‘ra, jahon xo‘jaligida 300— 
600 transmilliy korporatsiyalar hukmronligi o‘rnatildi. Bunda 
300 korporatsiya jahon yalpi mahsulotining 75 % ini nazorat 
qiladi, o‘z ishlab chiqarishlari va xizmatlarini sezilarli ravishda 
diversifikatsiya qiladilar.
304


Masalan, Shvetsiyaning «Volvo» avtomobil konsemi hozir- 
dayoq nafaqat avtomobil chiqarmoqda. Bu transmilliy korpo­
ratsiya Shvetsiyada 30 ta, xorijda bir necha o‘nta turli ixtisosli 
yirik shu’ba korxonalariga ega bo'lib, katerlar uchun motorlar, 
aviadvigatellar, mahsulotlar ishlab chiqarmoqda. 0 ‘z navbatida, 
AQSHning 500 eng yirik transmilliy korporatsiyalari o‘rta 
hisobda 11 sohada, eng kuchlilari esa 30—50 sohada korxonalarga 
ega. 100 ta ilg'or sanoat firmalaridan Angliyada - 96 ta, Germa- 
niyada - 78 ta, Fransiyada - 84 ta va Italiyada - 90 tasi ko‘p 
sohalidir.
Kuchli ishlab chiqarish bazasiga ega bo‘lgan transmilliy 
korporatsiyalar ishlab chiqarishni, tovar bozorlarini samarali 
rejalashtirishni ta’minlovchi ishlab chiqarish — savdo siyosatini 
yurgizadi.
Rejalashtirish bosh kompaniya doirasida amalga oshiriladi 
va shu’ba korxonalariga tarqatiladi.
Xalqaro korporatsiyalar vujudga kelishi va rivojlanishiga misol 
qilib, o‘z qo‘lida jahon kundalik elektr jihozlari va sanoat 
uskunalari bozorining 25%ini ushlab turgan «Elektrolyuks» 
TMKni ko‘rsatish mumkin. 1912-yilda ikki shved kompa- 
niyalarining birlashishi natijasida vujudga kelgan «Elektrolyuks» 
20-yillardayoq Avstraliya va Yangi Zelandiya bozoriga chiqib, 
u yerda o‘z ishlab chiqarishini tashkil qildi. Oxirgi o‘n yillikda 
«Elektrolyuks» AQSHda uchinchi o'rinda turuvchi, «Vestin- 
gauz», «Gibson» va boshqa markalar ostida kundalik texnika 
ishlab chiqaruvchi «Uayt Konsolideyted» kompaniyasini, Italiya 
va butun janubiy Yevropada eng yirik elektr tovarlari ishlab 
chiqaruvchi «Zanussi» firmasi va shuningdek, GFR asosiy elektr 
tovarlari ishlab chiqaruvchi «AEG» firmasini sotib oldi.
Bu uch firmani qo‘shib olganidan keyin «Elektrolyuks» 75 
mamlakatda kundalik elektrotexnikani ishlab chiqarish, sotish 
va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha rivojiangan tizimga ega bo‘lgan, 
o‘z sohasida jahonda lider kompaniyaga aylandi (14-chizma).
0 ‘z ekspansiyasini kengaytira borib, transmilliy korpo­
ratsiyalar jahon bozorini o'zlashtirishning turli shakllaridan 
foydalanadilar.
305


Bu shakllar ko‘p jihatdan shartnom aga asoslanadi va 
hissadorlik kapitalida boshqa firmalarning qatnashishiga bog‘liq 
emas. TMK iqtisodiyotining bunday shakllariga ko‘pincha 
quyidagilar kiritiladi: 1) litsenziya berish; 2) franchayzing; 
3) boshqaruv shartnomalari; 4) texnik va marketing xizmatlari 
ko'rsatish; 5) korxonalarni «kalit ostida» topshirish; 6) vaqt 
bo‘yicha cheklangan qo‘shma korxonalar tuzish haqidagi 
shartnomalar va alohida operatsiyalami amalga oshirish bo‘yicha 
kelishuvlar.
Litsenzion kelishuv — yuridik shartnoma bo‘lib, unga ko‘ra 
litsenziar litsenziantga bir qancha muddatga m a’lum to ‘lov 
evaziga ma’lum huquqlar beradi. Litsenziya berish transmilliy 
korporatsiyaning ichki firma shartnomalari bo‘yicha ham, 
texnologiya berishning tashqi kanallari bo‘yicha ham amalga 
oshiriladi.
Franchayzing — uzoq muddatga mo‘ljallangan litsenzion 
kelishuvdir. Bunda franchayzer klient firmaga m a’lum huquqlar 
beradi. Bu huquqlar o‘z ichiga ma’lum to ‘lov evaziga savdo 
markasi yoki firma nomidan foydalanish, shuningdek, texnik 
yordam ko'rsatish, ishchi kuchi malakasini oshirish, savdo va 
boshqarish bo‘yicha xizmat ko‘rsatishni oladi.
Texnik xizmat ko‘rsatish — shartnomaga ko‘ra transmilliy 
korporatsiyalar ushbu firma faoliyatining qandaydir maxsus 
tomoniga bog'liq bo‘lgan texnik xizmatlarni amalga oshiradilar. 
K o'pincha bunday shartnom alar m ashina va uskunalarni 
remont qilish, «nou-xau«dan foydalanish bo'yicha maslahatlar, 
avariyalami tugatish va sifatni nazorat qilish bilan bog‘liq bo‘ladi.
Korxonani «kalit ostida» topshirish haqidagi shartnomalar. 
Bunda transmilliy korporatsiya ma’lum obyektni rejalashtirish 
va qurish uchun zarur bo‘lgan barcha (yoki asosiy ko‘pchilik) 
faoliyatni amalga oshirish javobgarligini oladi.
Boshqaruv shartnomalari — shartnomaga ko‘ra korxonanani 
m a’lum to ‘lov evaziga boshqa korxonalarga beriladi.
Transmilliy korporatsiyalar tomonidan xalqaro bozorlami 
egallashning eng yangi shakllaridan biri xorijda maxsus inves- 
titsion kompaniyalar tashkil qilishdir. Bu kompaniyalarning
306


vazifasi TMKning shu’ba va hamkorlikdagi korxonalarining 
mahsulotlarini mintaqaviy bozorlarga chiqarishni rag‘batlantirish 
uchun ulami investitsiyalashdir.
Bunday usuldan alkogolsiz ichimliklarni sotish bo‘yicha eng 
yirik xalqaro kom paniyalar «Pepsi-kola» va «Koka-kola» 
foydalanishadi.
Transmilliy korporatsiyalar zamonaviy jahon xo'jaligining 
muhim ishtirokchilariga aylandi.
Sanoati rivojiangan daviatlar uchun aynan TMK larining 
xorijdagi faoliyati ularning tashqi iqtisodiy aloqalaming xarak- 
terini belgilab beradi.
M DH hududida ham TMKlar mavjud bo‘lib ular asosan 
neft, gaz sohasida faoliyat yuritadi (12-chizma).
Bu daviatlar eksportida milliy kompaniyalaming o‘zlarining 
xorijdagi filiallariga tovar yetkazib berishlari va xizmat ko'rsatish- 
larining ulushi kattadir.
Transmilliy korporatsiyalarning sohaviy strukturasi ham 
turli-tum andir. Xalqaro korporatsiyalarning 60 %i ishlab 
chiqarisTi sohasida, 37 %i xizmatda va 3 %i qazib chiqarish va 
qishloq xo'jaligi sohasida faoliyat yuritadi.
Transmilliy korporatsiyalar investitsiyalarining mintaqaviy- 
sohaviy yo‘nalishi juda xarakterlidir. Odatda, ular «yangi indust­
rial daviatlar» nisbatan rivojiangan va rivojlanayotgan daviatlar 
qayta ishlovchi sanoatiga kapital qo‘yadi. Bunda kapital oluvchi 
daviatlar orasida investitsiyalar uchun raqobatchilik kurashi ro‘y 
beradi. Shu jumladan TMKlar 3 ta yirik guruhga ham ajratiladi 
(13-chizma).
Transmilliy korporatsiyalar u yoki bu davlatning xalqaro 
iqtisodiy aloqalar tizimidagi taqdirini aniqlovchi omilga aylan- 
moqda. TMKning faol ishlab chiqarish, investitsion, savdo 
faoliyati tufayli ular ishlab chiqarish va mahsulotlarni taqsim- 
lashning xalqaro tartibga soluvchisiga aylanmoqda va hatto BMT 
ekspertlarining fikricha jahonda iqtisodiy integratsiyasiga sharoit 
yaratmoqda. Ularning quyidagi turlari mavjud (14-chizma).
Transmilliy korporatsiyalarning jahon xo'jaligi va xalqaro 
iqtisodiy munosabatlar tizimidagi faoliyatining yaxshi tomon-
307



Yüklə 7,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   245




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin