asosida ijtimoiy kafolatlami ta’minlashga erishiladi. Bu maqsadga
erishishda umumjamiyat manfaatlari va xususiy sektor manfaat-
larini muvofiqlashtirishga yordam beradigan kasaba uyushmalari
va turli xil «erkin uyushmalar» muhim o ‘rin tutadi. Bu jarayon
tadbirkorlar va kasaba uyushmalarining kelishuvlari hamda
siyosiy kuchlaming muzokaralari vositasida amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, ushbu model iqtisodiy qarorlarning turli
guruhlar qarama-qarshiligi va maqsadlarini davlatning faol
ishtirokida muvofiqlashtirilishi orqali amalga oshirilishi tufayli
«korporativ model» ham deb nomlanadi.
Yapon modeli — iqtisodiy rivojlanishning yapon modelini
shved modelining yana bir ko‘rinishi sifatida keltirish mumkin.
Yapon modeli tartibga solinuvchi «korporativ kapitalizm» mo
deli hisoblanadi.
Bunda xususiy kapitalni jamg‘arish imkoniyatlari davlatning
iqtisodiy rivojlanishini dasturlash, tarkibiy, investitsiya, tashqi
iqtisodiy va ijtim oiy siyosat sohalaridagi faol roli bilan
uyg‘unlashib ketadi. Tadbirkorlik sektorida davlatning ulushi
yuqori bo'lmaydi. Davlat asosiy e ’tiborni uzluksiz kasbiy
tayyorgarlik orqali ishchi kuchining malakasini oshirishga
qaratadi.
Rivojiangan mamlakatlaming rivojlanishida globallashuv
jarayoni yetakchi tendensiya hisoblanadi. Ushbu mamlakat
laming eksport kvotasi, kapital qo‘yilmalar tarkibida to ‘g‘ridan-
to ‘g‘ri investitsiyalar ulushi, ishchilar tarkibida xorijlik ishchilar
ulushi, intellektual mulk savdosining hajmi ortib bormoqda.
AQSH va Yaponiya eksportining geografik tarkibida rivojiangan
mamlakatlaming ulushi taxminan 50
%
ni tashkil etdi. Keyingi
yillarda ushbu mamlakatlar tashqi iqtisodiy geografiyasida
rivojlanayotgan va o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlarining ulushi
ortib bormoqda.
Globallashuv natijasida rivojiangan mamlakatlaming o‘zaro
bir-biri bilan iqtisodiy bog‘liqligidan tashqari, boshqa mam-
lakatlarga ham ortib bormoqda.
Rivojiangan mamlakatlaming iqtisodiy rivojlanishida yana
bir muhim tendensiya
5>
Dostları ilə paylaş: