‘zbekist0n respublikasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 7,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə237/245
tarix03.10.2023
ölçüsü7,36 Mb.
#151611
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   245
Yo\'doshev Z. Milliy va jahon iqtisodiyoti.

 
Гурова И.П.
 
Мировая экономика. 
— 
М.: «Омега» 
- Л., 
2007.
325


3. 
Иванов Н., Гоффе Н., Монусова Г.
Глобализация и бедность. 
Мировая экономика и международные отношения. №9, 2010. 
стр.412.
4. 
Ломакин В.1\
Мировая экономика. Учебник. М.: ЮНИТИ- 
ДАНА, 2007. стр 671.
5. 
Shodiyev R., Mahmudov Е.
Jahon iqtisodiyoti. Т., 2005.
6. 
Vahabov А. V., Tadjibayeva D.A., Xajibakiyev Sh. X.
Jahon iqtisodiyoti 
va xalqaro iqtisodiy munosabatlar. — Т.: «Moliya». 2011.
7. 
Mirsaidov M.S.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar. —Т.: «Iqtisod-moliya». 
2007.
8. Доклад о мировом развитии. Развитие и изменение климата. 
Журнал. Всемирный Банк Вашингтон. 2010.
9. 
Iminov О.
Yangi iqtisodiyot: o‘tmish, bugun, kelajak, Risola. — Т.: 
«Akademiya», 2012.
10. www.wikipedia.org
11. www.economywatch.com
12. www.data.worldbank.org
13. www.mapsofworld.com
14. www.tradingeconomics.com


XIV bob. 0 ‘TTSH DAVRIGA X O S B O ‘LGAN 
M AM LAK ATLAR IQ T IS O D IY O T I
Reja:
14.1. О fish iqtisodiyoti mamlakatlarining xususiyatlari.
14.2. Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari.
14.3. Mustaqil davlatlar hamdo
‘stligi (MDH) mamlakatlari iqtisodiyoti.
14.4. O'zbekiston va о ‘tish iqtisodiyoti mamlakatlari iqtisodiy hamkorlik
aloqalari.
14.1. 0 ‘tish iqtisodiyoti mamlakatlarining 
xususiyatlari
0 ‘tish iqtisodiyoti m am lakatlari sobiq sotsialistik tizim ga 
m ansub 28 m a m iak atn i o ‘z ichiga oladi. U la r rivojlangan 
industrial bazaga ega va rejali m a ’m uriy iqtisodiyotdan b ozor 
iqtisodiyotiga o ‘tish bilan bog‘liq holda chuqur iqtisodiy islo- 
hotlarni am alga oshirayotgan m am lakatlardir.
U lar 2 guruhga ajraladi:
• M arkaziy va Sharqiy Yevropa m am lakatlari (15 ta).
• M ustaqil D avlatlar H am d o ‘stligi (M D H ) va M ongoliya 
(13 ta).
XX asrning 80-yillarida sobiq sotsialistik m am lakatlar iqtiso- 
diyotida quyidagi krizis holatlari kuzatila boshlandi:
• iste’m ol va investitsiyalar hajm i pasaydi;
• tashqi qarzi o ‘sdi;
• ishlab chiqarishda pasayish kuzatildi;
• raqobatbardoshlik pasaydi;
• inflatsiya jarayonlari kuchaydi;
• ishsizlik yashirin xarakterga ega b o ‘ldi.
Bu rejali iqisodiyotga asoslangan m am lakatlarda iqtisodiy 
inqiroz texnologik taraqqiyot, iqtisodiy samaradorlik, ekologiya, 
aholining tu rm u sh darajasiga jiddiy t a ’sir o ‘tkazdi va salbiy 
oqibatlarga olib keldi.

A. V. Vahobov, D.A. Tadjibayeva, Sh.X. Xajibakiyev.
«Jahon iqtisodiyoti 
va xalqaro iqtisodiy munosabatlar*. 0 ‘quv qo‘llanma. - Т.: «Moliya». 2011.
327


1980—90-yillarda Sharqiy Yevropa mamlakatlaridagi 
siyosiy voqealar SSSR, Chexoslovakiya, Yugoslaviyaning 
parchalanishi, Varshava shartnomasining barbod bo‘lishi, 
o‘zaro iqtisodiy yordam kengashi o‘z faoliyatini to ‘xtatishi 
kuzatildi.
Jahon iqtisodiyotida o‘tish davri iqtisodiyoti bir xo‘jalik 
yuritish tizimining boshqasi bilan almashish holatini ifoda 
etadi.
Bu jarayon uzoq davmi o‘z ichiga oladi.
Xalqaro iqtisodiy institutlar tomonidan o‘tish davrida iqti­
sodiy islohotlarni amalga oshirishda quyidagi klassik tamoyillarni 
ta’minlash tavsiya etiladi:
— makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash;
— narxlami erkinlashtirish;
— xususiy mulkni shakllantirish;
— davlat mulkini xususiylashtirish;
— ochiq iqtisodiyotni shakllantirish;
— davlatning iqtisodiyotga bevosita aralashuvini cheklash.
Bozor munosabatlarini rivojlatirish uchun quyidagi shart-
sharoitlar talab etiladi:
— barqaror siyosiy rejimni o‘matish;
— xo'jalik yuritishning bozor mexanizmini rivojlantirish, 
takomillashtirish;
— qulay investitsiya muhitini shakllantirish orqali xorijiy 
investitsiyalami jalb etish;
— tashqi siyosatni faol olib borish;
— iqtisodiy rivojlanishning innovatsion yo'lini rag'bat- 
lantirish.
Bozor iqtisodiyotini o'sishida davlat alohida rol o‘ynaydi va 
quyidagi vazifalami bajaradi:
— oqilona soliq siyosatini yuritish;
— aholining ijtimoiy himoya tizimini rivojlantirish;
— infratuzilma tarmoqlarini rivojlantirish.
Bozor munosabatlariga o‘tishda mamlakatning o‘ziga xos 
xususiyatlarini maksimal darajada hisobga olish bilan iqtiso­
diyotni isloh qilishning xorij tajribasidan, o‘zgarishlarning barcha
328


foydali iqtisodiy vositalaridan samarali foydalanish muhim 
ahamiyatga ega bo‘ladi.
14.2. Markaziy va Sharqiy Yevropa 
mamlakatlari
Markaziy va Sharqiy Yevropa ittifoqiga a’zo 10 ta Markaziy 
Yevropa (Vengriya, Polsha, Chexiya, Slovakiya) va Janubiy 
Sharqiy Yevropa (Sloveniya, Bolgariya, Ruminiya), Boltiqbo‘yi 
(Litva, Latviya, Estoniya) hamda Yevropa ittifoqiga a ’zo 
bo‘lmagan Janubiy-sharqiy Yevropaning 6 ta (Albaniya, 
Xorvatiya, Bosniya, Gertsogov, Makedoniya, Serbiya va 
Chernogoriya) mamlakatlari kiritiladi. Ushbu mamlakatlar 
iqtisodiy islohotlar jadal sur’atlarda markazlashgan rejali, 
samarasiz iqtisodiy tizimdan turli mulk shakllariga, tadbirkorlik 
tashabbuskorligiga erkin bozor va demokratik institutlarida 
asoslangan samarali bozor tizimiga o‘tish maqsadida amalga 
oshiriladi.
Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlaridagi iqtisodiy 
islohotlarni amalga oshirishga quyidagi omillar ta ’sir ko‘r- 
satdi:
- islohotlarni amalga oshirishning ratsionalligi va ketma- 
ketligi;
- iqtisodiyot tarkibining shartlari va xarakteriga mosligi;
- rivojiangan mamlakatlarning tashqi iqtisodiy texnik 
yordami;
- xorijiy kapitalning roli.
Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari ushbu omillar 
ta’siriga bog‘liq holda iqtisodiy jihatdan turli natijalarga erishi- 
shdi. Vengriya, Polsha, Chexiya va Slovakiya intensiv isloh 
etishga qaratilgan chora-tadbirlar natijasida Bolgariya, sobiq 
Yugoslaviya respublikalari va Ruminiyaga nisbatan yuqori 
iqtisodiy o‘sishga erishdi.
Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari Xalqaro Valuta 
Fondi tomonidan taklif etilgan quyidagi tuzilmaviy elementlarga 
ega islohotlar modeliga amal qilishmoqda:
329


1. Makroiqtisodiy barqarorlik va nazorat. Barqarorlashtirish 
dasturlarini amalga oshirish:
— qattiq soliq siyosati;
— qattiq kredit siyosati;
— inflatsiyaga qarshi siyosat;
— tashqi hisob-kitoblarni tartibga solishga qaratilgan xara- 
jatlarni qayta ko‘rib chiqish.
2. Bozor va narx islohoti:
— ichki narxlarni isloh qilish;
— tashqi savdoni erkinlashtirish;
— ish haqi va ishchi kuchi bozorini erkinlashtirish;
— bank tizimini isloh qilish.
3. Xususiy sektorni rivojlantirish, xususiylashtirish, milliy 
ishlab chiqarish tarkibini isloh qilish:
— korxonalarni ochish va yopish, xususiy mulk huquqini 
rasmiylashtirish jarayonlarini soddalashtirish;
— tarmoq va ishlab chiqarish islohotlari, monopoliyalami 
bekor qilish.
4. Davlatning quyidagi sohalaridagi rolini qayta ko‘rib 
chiqish:
— huquqiy islohotlar (konstitutsion, mulk, shartnoma, bank, 
raqobat);
— axborot tarkibini isloh qilish (hisobga olish, nazorat);
— iqtisodiyotni bilvosita boshqarishning institutsional 
tizimi;
— ij'timoiy soha (ishsizlikdan sug‘urtalash, pensiya ta’minoti, 
mehnatga layoqatsizlik, ijtimoiy xizmatlar: sog‘liqni saqlash, 
ta’lim).
Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarida iqtisodiy islo­
hotlar jadal sur’atlarda markazlashgan rejali, samarasiz iqtisodiy 
tizimdan turli mulk shakllariga, tadbirkorlik tashabbuskorligiga, 
erkin bozor va demokratik institutlarga asoslangan samarali 
bozor tizimiga o ‘tish maqsadida amalga oshirildi.
Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarining Yevropa 
Ittifoqiga kirishi — 2004-yilda Yevropa Ittifoqiga Markaziy va 
Sharqiy Yevropa mamlakatlaridan sakkiztasi, 2007-yilda esa
330


yana ikkitasining a ’zo bo‘lishi ushbu mamlakatlaming qator 
ijtimoiy-iqtisodiy muammolami hal qilish imkonini beradi.
Birinchidan, G ‘arbiy Yevropa bozorlarining ochilishi bu 
mamlakatlar YIMning barqaror sur’atlarda o‘sishini ta ’m in­
laydi. Yevropa Ittifoqiga a ’zo bo‘lishga tayyorgarlik davri va 
undan keyingi davrlarda Markaziy va Sharqiy Yevropa mamla- 
katlarida iqtisodiy o ‘sish sur’atlari Yevropa Ittifoqi 15 mam­
lakatlari ko‘rsatkichlaridan 1,7 marta yuqori bo'ldi.
Ikkinchidan, Yevropa Ittifoqiga a’zolik Markaziy va Sharqiy 
Yevropa mamlakatlarida ishsizlik darajasining pasayishiga olib 
keldi, jumladan, ishsizlik darajasi 2003-2007-yillarda 11,3 
%
dan 7,8 % gacha pasaydi. Ushbu holatning asosiy sababi 
Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlaridan G ‘arbiy Yevropa 
mamlakatlariga ishchi kuchining oqib o'tishi (3 mln kishi) 
hisoblanadi. Markaziy va Sharqiy Yevropaning ba’zi mamla­
katlarida migrantlar tomonidan jo ‘natiladigan pul o‘tkazmalari 
tashqi moliyalashtirishning xorijiy investitsiyalardan keyingi 
salmoqli manbasiga aylandi.
Misol uchun, 2010-yilda Polshaga 9,1 mlrd dollar, Ser- 
biyaga 5,5 mlrd dollar, Ruminiyaga 4,5 mlrd dollar miqdorida 
pul o'tkazmalari kirib kelgan. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi 
bu mamlakatlarda ishsizlik darajasining oshishiga olib keldi. 
Misol uchun, ishsizlik darajasi 2010-yilda Serbiyada 19,6 %ni, 
Slovakiyada 14,4 %ni, Vengriyada 11,2 %ni, Bolgariyada 10,3 
% ni tashkil etdi.
Uchinchidan, ushbu hududga G ‘arbiy Yevropa kapitalining 
kirib kelishi rag‘batlantirildi hamda Markaziy va Sharqiy 
Yevropa mamlakatlarida investitsiyalarning jam g‘armalardan 
sezilarli darajada ortib borish jarayoni yuz berdi.
To‘rtinchidan, rivojiangan mamlakatlar iqtisodiyoti bilan 
birlashish bu mamlakatlarda m ehnat unumdorligining jadal 
sur’atlarda o‘sishiga olib keldi. Markaziy va Sharqiy Yevropa 
mamlakatlarida ushbu Markaziy va Sharqiy Yevropa mamla­
katlarida ko‘rsatkichning yillik o ‘sishi o'rtacha 2 -3 % ni tashkil 
etgani holda, Yevropa Ittifoqi - 15 ta mamlakatlarida bor- 
yo‘g‘i 0,75 % ga teng bo‘ldi.
331


Yevropa Ittifoqiga barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlariga ega, 
raqobatbardosh bo‘lmagan, to‘ldiruvchi xarakteridagi iqtiso­
diyotga ega mamlakatlarning a’zo bo‘lishi Yevropa Ittifoqi -
15 mamlakatlari iqtisodiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.
Bu holat G ‘arbiy Yevropaga mahsulotlar, xizmatlar, yuqori 
texnologiyalarni sotish uchun yangi bozorlarning vujudga 
kelishi, arzon ishchi kuchidan foydalanish imkonini yaratdi.
Hozirda Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari dunyo­
ning jadal sur’atlarda rivojlanayotgan mintaqalaridan hisoblanadi. 
Iqtisodiy o‘sish 2010-yilda 4,5 % ga teng bo‘ldi.
Iqtisodiy o‘sish omillari tarkibida ichki iste’molning ken- 
gayishi, jumladan, sanoatda investitsiyalarga bo‘lgan talabning 
ortishini alohida qayd etish mumkin. Sanoatning jadal sur’at­
larda o‘sishi milliy valutalarning yevroga nisbatan past kursi 
bilan qo‘llab-quwatlanayotgan eksport hajmining ortishiga olib 
keldi.
Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari iqtisodiyotining 
tarkibi asta-sekin postindustrial tarkibga ega boMib bormoqda. 
Jumladan, xizmatlaming ulushi YIMga nisbatan 52—58 % dan 
(Albaniya, Ruminiya, Makedoniya) 75 % ga teng bo‘ldi.
Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari YIMda sanoat 
va qurilishning ulushi hozirgi davrda past (Janubi — Sharqiy 
Yevropa mamlakatlarida 20-30 %) yoki juda yuqoriligi 
(Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarida 30—40 %) bilan 
ajralib turadi. Bu holat ayrim mamlakatlarda sanoatlashish 
jarayonining tugallanmaganligi yoki ayrimlarida esa industrial 
tarkibdan postindustrial tarkibga o‘tilganligidan dalolat beradi. 
Sanoat tarkibida an’anaviy tarmoqlar (yengil, oziq-ovqat, 
yoqilg‘i) ulushi qisqarib, elektrotexnika, avtomobilsozlik, yuqori 
texnologik tarmoqlar jadal rivojlanib, hissasi ortib bormoqda.
Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishdagi ijobiy omillardan biri — 
Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari bank va kredit 
tizimiga xorijiy kapitalni jalb etish sur’atlarining keskin ortishi 
hisoblanadi.
Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari moliya tizimi 
davlat xarajatlarining yuqoriligi bilan ajralib turadi. Davlat
332


xarajatlarining ulushi YIMga nisbatan Ruminiya va Estoniyada 
taxminan 26 % ni, Bolgariya, Chexiya, Slovakiya, Polshada 
35—40 % ni tashkil etsa, Vengriya, Sloveniya va Xorvatiyada 
40 % dan oshdi.
14.3. Mustaqil Daviatlar Hamdo‘stligi (MDH) 
mamlakatlari iqtisodiyoti
0 ‘tish iqtisodiyoti mamlakatlarining ikkinchi yirik guruhi 
MDH mamlakatlari hisoblanadi. Ushbu mamlakatlaming ba’­
zilari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi bo‘yicha rivojla­
nayotgan mamlakatlarning yuqori guruhiga kirgan bo‘lsa, 
ba’zilari rivojiangan mamlakatlaming quyi guruhiga kiradi. Sobiq 
Ittifoq iqtisodiyoti ustun darajada ichki iqtisodiy aloqalarga 
asoslangan yagona majmua sifatida uzoq vaqt inqirozni o‘z 
boshidan kechirdi.
1991-yilda sobiq Ittifoq respublikalaridan iborat MDH tash­
kil etildi (Rossiya Federatsiyasi, Armaniston Respublikasi, 
Belorussiya Respublikasi, Gruziya, Moldaviya Respublikasi, 
Ozarbayjon Respublikasi, Turkmaniston Respublikasi, Toji- 
kiston Respublikasi, Ukraina, Qozog‘iston Respublikasi, 
Qiig‘iziston Respublikasi, 0 ‘zbekiston Respublikasi). Boltiqbo‘yi 
respublikalari MDHga kirishdan bosh tortdi. Gruziya 2009- 
yilda MDH tarkibidan chiqib ketdi.
MDH mam lakatlarini amalga oshirayotgan iqtisodiy 
islohotlarning sur’atlari va chuqurligiga ko‘ra uch guruhga 
ajratish mumkin:
• iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning «radikal» yo‘lini 
tanlagan mamlakatlar (Rossiya, Qirg‘iziston va Qozog‘iston);
• iqtisodiy islohotlarning bosqichma-bosqich yo‘lidan 
borayotgan m am lakatlar ( 0 ‘zbekiston, T urkm aniston, 
Belorussiya);
• «oraliq guruh» mamlakatlari (MDHning boshqa barcha 
mamlakatlari).
«Radikallar» guruhiga iqtisodiy islohotlarni amalga 
oshirishning «falajli davolash» usulini qo‘llagan mamlakatlar
333


kiradi. «Oraliq guruh» mamlakatlariga iqtisodiy islohotlarni 
«radikal» isohotlarga nisbatan sekinroq, «bosqichma-bosqich» 
islohotlarga nisbatan jadalroq amalga oshirayotgan mamlakatlar 
guruhi kiradi. Ushbu guruhlash shartlidir. Misol uchun, 
Belarussiyada boshqa MDH mamlakatlariga nisbatan o ‘ziga 
xos ijtimoiy-iqtisodiy model shakllandi. Korxonalaming aksariyat 
qismi, jumladan, yirik korxonalar davlat ixtiyorida bo‘lib, ular 
mamlakat YIM ning taxminan 75 %ini ishlab chiqaradi.
Shu bilan bir vaqtda xo‘jalik yuritish mexanizmi bozor 
mezonlari bo‘yicha amal qiladi: direktiv rejalashtirish cheklan­
gan, davlat korxonalarining o ‘zi hamkorlarni qidirib topadi, 
hamkorlik shartlari mahsulot narxi bo‘yicha kelishadi, ishlab 
chiqarish va ishchilar tarkibini belgilaydi.
Mamlakatda keng qamrovli ijtimoiy kafolatlar saqlanib 
qolgan.
MDH ning barcha mamlakatlari iqtisodiyotida XX asr 90- 
yillarida bozor munosabatlarining asoslari shakllandi:
— aksariyat mamlakatlarda xususiy mulk yetakchi mavqega 
ega bo‘ldi;
— narxlaming shakllanishi erkinlashtirildi;
— tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida bozor islohotlari amalga 
oshirildi va tashqi bozorlarning ochiqligi ta’minlandi;
— aholi mentalitetini bozor munosabatlari qoidalariga mos- 
lashishga yo'naltirilgan qayta o ‘zgarishlarni amalga oshirish 
boshlandi.
M DH mamlakatlarining 1991—2010-yillardagi iqtisodiy 
rivojlanishini quyidagi uch bosqichga ajratish mumkin.
Birinchi bosqichda (1991—1995) sobiq ittifoq respublikalarida 
siyosiy mustaqillikning huquqiy asoslari yaratildi, xalqaro 
iqtisodiy, moliya tashkilotlariga a’zo bo‘lishdi, o‘zaro shart­
nomalar imzolandi, mustaqil davlat uchun xos moliyaviy- 
iqtisodiy, budjet-soliq, bojxona va boshqa iqtisodiy institutlar 
shakllantirildi.
Shu bilan birga bu davrda yagona valutaga asoslangan yagona 
iqtisodiy m akon barham topdi, respublikalar o'rtasidagi 
koperatsiya aloqalari buzildi, uchinchi mamlakatlar bozoriga
334


qayta ixtisoslashish boshlandi va milliy iqtisodiyotlarda inqiroz 
holatlari kuchayib bordi. Deyarli barcha respublikalarda YIM 
ning keskin qisqarib, eng chuqur pasayish mamlakatlarda turli 
yillarda ro‘y berdi.
Ikkinchi bosqich (1996-2000) yangi mustaqil mamlakatlarda 
siyosiy suverinitetning mustahkamlanishi, mustaqil faoliyat olib 
boruvchi moliyaviy-iqtisodiy tizimning yaratilishi, uzoq xorij 
mamlakatlari bilan iqtisodiy aloqalaming o‘rnatilishi va rivoj­
lanishi bilan izohlanadi.
Bu bosqichda M DH mamlakatlari iqtisodiyoti barqaror- 
lashdi, inflatsiya darajasi pasaydi.
U chinchi bosqichda (2001-2010) M D H ning barcha 
mamlakatlarida iqtisodiyotning mustahkamlanishi sodir bo‘ldi, 
iqtisodiy salohiyatni oshirish uchun mavjud resurslardan to ‘liq 
foydalanildi, iqtisodiyot tarkibini o ‘zgartirish bilan bog'liq 
islohotlar amalga oshirildi, jahon iqtisodiyotiga integratsiya- 
lashish jarayoni faollashdi.
MDH mamlakatlari amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohot- 
laming salbiy oqibatlariga quyidagilami kiritish mumkin:
- islohotlarning ijtimoiy yo‘qotishlar bilan birga sodir 
bo‘lishi. MDH mamlakatlarida ishlab chiqarishning pasayishi 
natijasida aholi turmush darajasining pasayishi, ishsizlik daraja- 
sining ortishi, ijtimoiy xizmatlar hajmining qisqarishi ro‘y berdi;
- M DH mamlakatlarining aksariyatida ilmiy-texnik taraq- 
qiyotning orqada qolishi, mehnat unumdorligining past darajada 
ekanligi;
- yashirin iqtisodiyotning mavjudligi;
- M DH mamlakatlarining xalqaro m ehnat taqsimotida 
homashyo va yoqilg‘i yetkazib beruvchilar sifatida ixtisoslashib 
qolishi.
Sanoatning yengil sanoat va uzoq muddatli iste’mol to ­
varlari ishlab chiqaruvchi tarm oqlari sifatli ham da keng 
assortimentga ega import bilan raqobat qila olmaganligi sababli 
Mustaqil Daviatlar Hamdo'stligining ayrim mamlakatlarida 
muzlatkichlar, videomagnitofonlar, kompyuterlar ishlab chi­
qarish to'xtab qoldi.
335


Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlarida xomashyo, 
yoqilg‘i ishlab chiqaruvchi tarmoqlarda ishlab chiqarishning 
pasayishi sodir bo‘lmadi hamda bu mahsulotlar eksporti xorijiy 
valuta tushumlarining asosiy manbayi va iqtisodiyotni qo‘llab- 
quwatlash vositasiga aylandi.
Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi mamlakatlarida iqtisodiyotga 
xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirishga qaratilgan 
qonunlar qabul qilinmoqda. Xorijiy kompaniyalarning aksariyati 
tabiiy resurslarga boy mamlakatlarga qiziqish bildirmoqda.
Xorijiy investitsiyalarni milliy iqtisodiyotga faol jalb etish 
natijasida Qozog‘iston, Ozarbayjon, Gruziya, Moldaviya va 
Qirg'izistonda sanoatning katta qismi xorijiy investorlar nazo- 
ratida bo‘lib, kapital qo‘yilmalarning 15-30 
%
tashqi man- 
balardan moliyalashtiriladi. Markaziy Osiyo va Kavkaz respub- 
likalarida AQSH, G ‘arbiy Yevropa va Yaponiya kabi an’anaviy 
kapital eksportyorlaridan tashqari Janubiy Koreya, Xitoy, 
Turkiya kompaniyalari investitsion loyihalarni amalga oshirishda 
faol qatnashmoqda.
14.4. 0 ‘zbekiston va o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlari 
iqtisodiy hamkorlik aloqalari
0 ‘zbekiston va o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlari o‘rtasidagi • 
iqtisodiy aloqalar jadal sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. 0 ‘tish 
iqtisodiyoti mamlakatlari uchun 0 ‘zbekiston Markaziy Osiyoda 
mahsulotlami sotishning istiqbolli, yirik ichki bozorga, qulay 
investitsiya muhitiga, boy xomashyo, inson va ilmiy-texnik 
salohiyatga ega muhim hamkori hisoblanadi.
Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab 0 ‘zbekiston 
Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari bilan diplomatik 
aloqalarni o‘matdi va iqtisodiy hamkorlikning barcha sohalaridagi 
munosabatlar muvafFaqiyatli rivojlanmoqda. 0 ‘zbekiston Polsha, 
Chexiya, Slovakiya, Bolgariya, Ruminiya bilan «Savdo-iqtisodiy 
hamkorlik to‘g‘risidagi» kelishuvlarga ega. Mazkur kelishuvlar 
doirasida bu mamlakatlar bilan mumkin qadar qulaylik yaratish 
rejimi asosida ikki tomonlama savdo aloqalari o‘rnatilgan.
336


0 ‘zbekistondan Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlariga 
paxta tolasi, matolar, rangli metallar, noorganik kimyo mahsu­
lotlari, turli xil xizmatlar, qishloq xo'jalik mahsulotlari (tomat 
pastasi, meva va sabzovatlar, soklar), avtomobilsozlik sanoati 
mahsulotlari, kabel eksport qilinadi. O'zbekistonga ushbu 
mintaqadan un, tayyor matolar va kiyim-kechak, keramika 
mahsulotlari, mexanika va elektr asbob-uskunalari, oziq-ovqat 
mahsulotlari, qurilish materiallari, farmatsevtika mahsulotlari, 
mebel, transport vositalari olib kiriladi.
0 ‘zbekistonda 150 dan ortiq Markaziy va Sharqiy Yevropa 
mamlakatlari kapitali qatnashgan qo'shma 40 dan ortiq to'liq 
xorijiy kapitalga asoslangan korxonalar faoliyat yuritadi. Ushbu 
korxonalar oziq-ovqat, spirtli ichimliklar, qishloq xo'jalik 
mahsulotlarini qayta ishlash, mashinasozlik, savdo, transport 
xizmatlari, to'qimachilik mahsulotlari, kiyim-kechak, kimyo, 
farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish bilan shug'ullanadi.
0 ‘zbekiston uchun Ruminiya va Bolgariyaning Qora dengiz- 
dagi portlari orqali yuklar tashish sohasida hamkorlik imkoniyat- 
larini rivojlantirish istiqbollari muhim ahamiyatga ega. 0 ‘zbekis- 
ton mahsulotlarini Ruminiyaning Konstansa porti, Qora 
dengizning Dunay — Reyn daryo transporti tizimi bilan bog‘lov- 
chi Sulin kanali orqali Yevropa markaziga tashib keltirish, keyin 
mintaqaning Shimoliy dengiz portlariga olib chiqish mumkin 
bo‘ladi.
Mustaqil Daviatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari 0 ‘zbekis- 
tonning asosiy savdo iqtisodiy hamkorlari hisoblanadi. Shunga 
qaramasdan, mamlakat tashqi savdo aylanmasida bu mam­
lakatlarga nisbatan uzoq xorij mamlakatlarining ulushi orta 
boshladi. Shunday qilib, 0 ‘zbekiston va o ‘tish iqtisodiyoti 
mamlakatlari o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalaming faollashishi ikki 
tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi hamda 
global jahon bozoriga integratsiyalashishdan o‘zaro manfaatlidir.
0 ‘tish davrida ijtimoiy himoya. Qashshoqlik bu kurashish, 
inson kapitalini asrash, uni bozor iqtisodi ehtiyojlariga tayyorlash 
iqtisodiy yuksalishga, ijtimoiy adolatga, siyosiy barqarorlikka 
ko‘maklashadi.
337


Kambag'allik darajasi qanday aniqlanadi?
M u tlaq kam bag'allik shaxsiy yoki oilaviy d a ro m a d la r 
(xarajatlar) ni muayyan miqdordagi tovarlar, xizmatlar qiymatiga 
taqqoslash yo'li bilan aniqlanadi.
Nisbiy kam bag'allik darom adlarni boshqa shaxslar yoki 
oilalaming daromadlariga taqqoslab belgilanadi.
Subyektiv kambag'allik amaldagi darom adlarni muayyan 
shaxslar o'zlari kutayotgan va tasaw ur qilayotgan daromadlarga 
taqqoslab belgilanadi.
Kambag'allik muammolarini hal qilishning kaliti — iqtisodiy 
o‘sishni tiklash. Lekin aholining ba’zi toifalari masalan, m a- 
lakalari darajasi bozor talablariga mos bo'lm agan xodim lar, 
keksalar, bolalar, ko‘p bolali oilalaming muammolarini faqatgina 
iqtisodiy o'sish bilan hal qilib bo'lmaydi. Aholining bu guruhi 
uchun egasiga borib yetadigan (adresli) yordam dasturini ishlab 
chiqarishi zarur.
Insonning salomatligiga 4 guruhdagi omil ta ’sir ko'rsatadi:
- daromad;
- yashash tarzi;
— atrof-m uhit;
— kasbga doir kasalliklar — tibbiy sifat xizmati.
O 'tish davrini boshdan kechirayotgan mamlakatlarda sog'liqni 
saqlash tizimi 4 usulda mablag'ni ta ’minlaydi:
1-usul - naqd pul bilan ta ’minlash - budjetdan mablag' 
ajratish;
2-usul - xususiy sug'urtalash tizimi - AQSHda;
3-u su l — ijtim o iy him o y alash - A rg en tin a, K o rey a, 
Urugvay, Chili, O'zbekistonda;
4-usul — soliq tushumlaridan mablag' ajratish - Daniya, 
Norvegiya, Shvetsiya, Lotin Amerikasi, Yaqin Sharq, Shimoliy 
Afrikada.
Erkinlashtirish va iqtisodiy o'sish. O 'tish davrini boshdan 
kechirayotgan barcha mamlakatlarda iqtisodiy ahvolni yaxshi- 
lashda keng ko'lam li erkinlashtirish va barqarorlashtirish omillari 
muhim rol o'ynaydi. Erkinlashtirish narx-navoni erkin belgi- 
lashni, savdoning davlat tom onidan nazorat qilishning to 'x -
338


tatilish in i, yangi kom paniyalarni h ech b ir to 'siq siz tuzish 
mumkinligini taqozo etadi.
Barqarorlashtirish inflatsiyaning qisqartirilishini, xalq xo‘jaligi 
tashqi iqtisodiy sohalardagi nomutanosibliklar bartaraf qilinishini 
ko'zda tutadi. Bozor iqtisodiga erishgan turli mamlakatlarning 
tajribasi shuni ko ‘rsatadiki, agar inflatsiya darajasi taxm inan 
50 % dan oshsa, iqtisodning rivojlanishi keskin sekinlashadi. 
Inflatsiyaning yuqori b o ‘lishi nisbiy narx om ilini buzib aks 
ettiradi, mavhumlikni keltirib chiqaradi.
Mavhumlik om onatlam ing jam g‘arilishiga investitsiyalashga 
halaqit beradi. Shuning uchun erkinlashtirish h ar doim iqtisodiy 
o‘sishning asosi hisoblanadigan narxlami barqarorlashtirish bilan 
birga olib borilishi lozim. Erkinlashtirish, barqarorlashtirish va 
iqtisodiy o‘sish bir-birlari bilan uzviy bog'langan. Bu Osiyo, 
Yevropa davlatlari uchun ham taalluqli.
Barcha m intaqalarda iqtisodiy o ‘sishning sabablari yangi 
kom paniyalam ing ochilishiga, xizmat ko'rsatish, eksport, ishlab 
chiqarish so h alari, qishloq x o ‘ja lig in in g rivojlanishi bilan 
izohlanadi.

Yüklə 7,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   245




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin