- geografik о ‘mi;
- siyosiy demokratik о‘mi;
- aholisiga xos tartiblilik, matonatlilik va intiluvchanlik kabi
noiqtisodiy omillar.
Shu nuqtayi nazardan Malayziya tashqi savdo ко‘rsatkichlari
ancha ibratlidir. Mamlakat importining katta qismini oraliq
tovarlar tashkil etadi. Oraliq tovarlar deganda yakunlovchi
operatsiyalarning bajarish uchun chetdan keltirilgan xalqaro
bozorga chiqariladigan tovarlar tushuniladi. Shuning uchun
eksportda qayta ishlovchi elektron sanoat mahsulotlari yetakchi
rol o‘ynaydi. Kauchuk, palma yog‘i, ishlov beruvchi sanoat
m ahsulotlari, gazlama, kiyim-bosh, poyafzal, elektron
mahsulotlari va boshqalar tashkil etadi.
Janubiy Korea iqtisodiyotining tez sur’atlar bilan rivojla-
nishida eksport g‘oyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakat
hukumati litsenziya, qarz berish, importni kreditlash asosida
eksport mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirish bilan
tashqi bozorga mo‘ljal olish yo‘lidan og‘ishmay bordi. Natijada
milliy firmalar orasida raqobat kuchaydi, eksport mahsulotlari
ishlab chiqarishni kuchaytirish «o‘ziga xos» tarzda rag‘bat-
320
lantirildi. Janubiy Korealik iqtisodchi B. Songning aytishicha,
hukumat ko‘rsatkichlarini bajarmagan yoki uning rejasiga mos
ish yuritmagan korxonalar iqtisodiy infratuzilmadan uzib
qo‘yilgan (suv, elektrenergiya berish to ‘xtatilgan). Mutaxas-
sislaming fikricha, bu mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish
cho‘qqisiga chiqishiga asosiy sabab, ulaming qulay geografik
mintaqada joylashganligidir. Masalan, Gonkong qadimdan
Xitoyga borishdagi Janubiy darvoza vazifasini o‘tagan.
Tinch va Hind okeanlari tutashadigan Singapumi har doim
sharqning G‘arbiy darvozasi, deb atashgan. Mutaxassislaming
fikricha, ushbu mamlakatlarning rivojlanishida ko‘pgina omillar-
ning uyg'unlashuvi uddaburonlik bilan yuritilgan soliq siyosati
alohida ajralib turadi.
Bu siyosat Gonkong va Singapurga ko‘pgina chetel savdo-
sotiq, sanoat kompaniyalarining moliya kapitalini jalb qilishiga
imkon berdi. Janubiy Koreya, Singapur, Gonkong va Tayvanga
yirik g‘arbiy biznesni tortgan magnit bu ishchi kuchining
arzonligidir. Masalan, birgina kiyim-bosh ishlab chiqaradigan
korxonada ishchi kuchi qiymati AQSHda 19 $, Koreyada 9 $,
Indoneziyada 6 $, Turkiyada 5 $ ni tashkil etadi.
Yangi industrial mamlakatlar jahon iqtisodiyoti rivojining
yangi zamonaviy bosqichidan uddaburonlik bilan foydalandilar:
— iqtisodiyotning internatsionallashuvi, xalqaro mehnat
taqsimotining yanada rivojlantirilishi;
— yirik ko‘lamli ishlab chiqarishdan mayda seriyali ishlab
chiqarishga o‘tish;
— ishlab chiqarishni bir joyga to ‘planishidan chiqarish,
mayda, o‘rtacha korxonalar ahamiyatini oshirish;
— mulkchilik shakllarining ko‘pligi;
— inson omilining roli oshganligi iqtisodining intellek-
tuallashishi, fan yutuqlariga tayanishi.
Ushbu mamlakatlar yuksalishida Yaponiya alohida rol
o‘ynaydi, chunki bu davlatga kapitalni joylashtirish juda qulay.
Yaponiya bo‘yicha mutaxassis Ronald Morzening fikricha,
«Yaponiya yangi mamlakatlarning iqtisodiy kuchayishiga
yordam berdi hamda siyosiy strategik tayanchga ega bo‘ldi».
321
Vaqt o'tishi bilan ushbu mamlakatlar murakkab tex
nologiyalarni yaratish, fan yutuqlariga asoslangan ishlab chi
qarishning rag‘batlantirishning malakali kadrlar tayyorlash
uchun katta mablag‘lar sarflashni, ishlab chiqarishni avto-
matlashtirishda AQSH, Germaniya va Yaponiya bilan jiddiy
raqobatchiga aylandi.
Mamlakatda demokratiya rivojlanishining muhim shartlari
dan bin aholining farovonligini muayyan darajaga yetkazishdir.
«AQSHning ulug‘vorligi — farovonligi oqibati» degan xitoy
maqoli bor. Demokratiya - aqlning ulug‘vorligini, ya’ni sening
e’tiqoding va manfaatlaringa zid bo‘lsa ham murosaga borishga,
kelishishiga tayyorgarlikni bildiradi. Bu esa aholining farovonlik
darajasi yuqori bo'lishini hech bo‘lmaganda umumiy surunkali
ocharchilik bo‘lmasligini taqozo etadi.
Yangi industrial mamlakatlar iqtisodiyoti rivojining yanada
muhim sabablaridan biri umumiy ta’lim va kasbiy tayyorgarlik'
tizimini rivojlantirishga katta e’tibor berilishidir.
Amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, transmilliy korporatsiyalar
«uchinchi dunyo» mamlakatlarining rivojlanishida yuksak
ahamiyat kasb etmoqda. Bular quyidagilami o‘z ichiga oladi:
bir qator tarmoqlarda qo‘llaniladigan texnika va texnologiyalar
yetkazib berish (yengil sanoat, to‘qimachilik sanoati, elektron
sanoati).
Transmilliy korporatsiyalar investor sifatida ham, shu
ningdek, investitsiya tovarlari yoki texnologiyalarini (litsenziyala-
rini) yetkazib beruvchilar sifatida ham muhim rol o‘ynaydi.
Rivojlanayotgan mamlakatlami xomashyo eksport qiluvchilardan
tayyor mahsulotlaming sotuvchilarga aylantirish.
Bunday bevosita qo‘yilma, rivojlanayotgan mamlakatlar
ishlab chiqarishdagi tarkibiy o‘zgarishlar uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri
investitsiyalar yo‘nalishidagi moliyaviy resurslami oddiyjoylash-
tirishga nisbatan ancha muhim hisoblanadi. Shu jumladan,
transmilliy korporatsiyalar an’anaviy jarayonlarining tezlashuvini
ta’minlaydi.
Texnologik innovatsiyalar, asosan, sanoati rivojiangan
mamlakatlarda to‘plangan bo‘lib, so‘nggi 10 yilliklarda ular bir
322
qator mamlakatlarda, asosan, «yangi industrial muhitda» ko‘proq
tarqalgandir.
Texnologiyalarning qo‘llanishi, atrof-muhit bilan bog‘liq
bo‘lishi mumkin. TMK filiallarining faoliyati ular tanlagan
mamlakatlarning tabiati uchun, shuningdek, insonlarning
manfaati va ularning hayotiga tahdid solmasligi lozim.
Shu munosabat bilan xususiy, shuningdek, xorijiy korxo
nalar ustidan nazoratni o‘matish maqsadida rivojlanayotgan
mamlakatlardagi tartibot milliy organlarining faoliyatini kuchay-
tirishni talab etadi.
Rivojlanayotgan mamlakatlardagi kambag‘allik muammosi.
Bu jahon iqtisodiyotidagi eng dolzarb muammolardan biridir.
Jahon banki kambag'allikni aniqlashda uy xo‘jaliklarida aholi
jon boshiga to‘g‘ri keluvchi daromadlar va xarajatlar ko‘rsat-
kichidan foydalanadi.
AhoU xarajatlarida:
— insonning oziq-ovqatga bo‘lgan minimal ehtiyojlari;
— yashash minimumiga mos keluvchi tovarlar va xizmatlar
uchun xarajatlar.
Bir kunda bir kishi 1,25 dollar (xarid qobiliyati bo‘yicha)
oshmaydigan mutlaq kambag‘allik tushunchasi.
Hozir dunyoda 1.4 mlrd kishi ushbu chegarada yashamoqda.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda aholining - 31 %i kambag‘allik
darajasidan past darajada yashaydi. Zambiya - 64 %, Nigeriya
— 78 %, Liberiya — 84 %, Nepal — 68 %, Bangladesh — 58
%ni tashkil etadi.
Jahon banki bashoratiga ko‘ra, 2015-yilga borib, 1 dollardan
kam daromadga yashayotgan aholining jahon aholisi tarkibidagi
ulushi 10,2 % ga qadar pasayadi. 2005-yilda 27,9 % bo‘lgan.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda kambag‘allikni kamaytirish
yo‘llari:
— bir qator iqtisodiy o‘sishni ta’minlash;
— ishlab chiqarish hajmining ortishi va ish haqining o‘sishi;
— yangi ish joylarini ochish va bandlikning o‘sishi;
— ta’lim, sog‘liqni saqlash tizimlarining rivojlanishi;
— inflatsiyaning barqarorlashuvi.
323
Bu har bir mamlakatdagi ichki holat va olib borilayotgan
iqtisodiy siyosatga bog‘liq.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda turmush darajasi pastligining
asosi quyidagilar bilan belgilanadi:
— oziq-ovqatni yetarlicha iste’mol qilmaslik;
— aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadlaming kamligi;
— uy-joy sharoitlarining nobopligi;
— yuqori darajadagi kasallanish;
— ta’lim darajasining pastligi;
— yuqori darajadagi bolalar o‘limi;
— umidsizlik kayfiyati.
Rivojlanayotgan mamlakatlarning jahon xo‘jaligidagi rolining
ortib borishi
uzoq muddatli tendensiyaga
ega. Keyingi yillarda
rivojlangan mamlakatlar nisbatan yuqori iqtisodiy o‘sish sur’at-
lariga ega bo‘lishgan.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda barqaror rivojlanish tenden-
siyasi quyidagi sabablar bilan belgilanadi.
— budjet taqchilligining yuqori emasligi;
— boshqariladigan davlat qarzi;
— barqaror bank tizimi;
— past siklik ishsizlik;
— barqaror o‘sish sur’atlari.
Rivojlangan mamlakatlarda aksincha, budjet taqchiligining
yuqoriligi, davlat qarzining kattaligi, bank tizimidagi muammolar,
ishsizlik darajasining yuqoriligi. Rivojlangan va rivojlanayotgan
mamlakatlar o'rtasidagi iqtisodiy farqni bartaraf etishning
strategik vositasi
— bu sanoatlashtirish siyosatidir.
Ular amaliyotida 3 xil sanoatlashtirish dasturi qo‘llanilgan:
1. Sanoatning asos (bazis) tarmoqlarining rivojlanishi (Jazoir,
Efiopiya, Misr, Vyetnam) orqali iste’mol tovarlari ishlab chiqa-
rishini yo‘lga qo‘yish.
2. Import o‘mini qoplash siyosati — og‘ir sanoat tarmoq
larining rivojlanishi, xorijiy kapitalni cheklash orqali milliy
iqtisodiyotning rivojlanishi (Lotin Amerikasi mamlakatlari).
3. Eksportga yo‘naltirilgan siyosat — tovar ishlab chiqarishga
ixtisoslashish (Janubiy-sharqiy Osiyo mamlakatlari).
324
|