iqtisodiy faoliyat orqali erishiladi. Kishilar ham isha
iqtisodiyot bilan mashg‘ul boiadilar, chunki shu yo‘l bilan o‘z
risq-nasibasini yaratadilar.
Iqtisodiy faoliyat — u yoki bu mamlakat, butun insoniyat
alohida individlari, guruhlari, ijtimoiy qatlamlarning faoliyatidir.
Iqtisodiy faoliyat — bu moddiy va ma’naviy ne’matlarni yaratish, xizmatlar ko‘rsatish, iste’mol qilish bilan bog‘liq bo‘lgan xatti-harakatlardir. Bunday holatning mavjudligi tufayli, iqtisodiy faoliyat:
— birinchidan, u yoki bu ehtiyojlami qondirishning ustuvor
ahamiyatga egaligi;
— ikkinchidan, maqsadning dolzarbligi;
— uchinchidan, boshqa muqobil maqsadlarga qaraganda unga
erishish uchun to ‘lanadigan haqning narxini tanlash bilan bog‘liq
muammoni hal etadi.
Bu uch holat iqtisodiy faoliyatning mazmunini ifodalaydi.
Iqtisodiy faoliyatni o ‘rganishda milliy chegaralarini tanlab
olish hozirgi zamon texnikasi, siyosati rivojlanishi va um um -
milliy ko‘rsatkichlarini tahlil qilishda muhim ahamiyat kasb
etadi.
Har bir davlat ma’lum
bir sohani yoki umuman iqtisodiy faoliyatni muvaffaqiyatli rivojlantirishning u yoki bu sharoitlarini
yaratadi. Bu o‘z navbatida, mamlakatning jahon iqtisodiyotida
m a’lum o‘rin egallashida katta ahamiyat kasb etadi.
Jahon xo‘jaligi insoniyatning butun tarixi davomida shakl-
langan jarayondir. Jahon xo‘jaligining rivojlanishi ijtimoiy
mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, turli mamlakat va region-
lar o‘rtasida savdo-moliya, ishlab chiqarish munosabatlarining
muntazam o‘rnatilishi, eski tosh qurollaridan eng murakkab
elektron hisoblash mashinalaridan foydalanishgacha bo‘lgan
murakkab yo‘lni bosib o‘tdi.
Jahon xo‘jaligi dunyodagi barcha m am lakatlar milliy
xo‘jaliklarining jahon iqtisodiy aloqalari orqali uzviy bog‘langan
va tarixan shakllangan majmuasidir.
9