Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti buxoro


-MAVZU  Dinshunoslik fanining predmeti, maqsad va vazifalari



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/104
tarix03.10.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#151671
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104
True

1-MAVZU 
Dinshunoslik fanining predmeti, maqsad va vazifalari 
REJA: 
1.
Dinshunoslik fanining predmeti. 
2.
Dinshunoslik fanini o’qitishdan ko’zda tutilgan asosiy maqsad. 
3.
Dinning jamiyatdagi funksiyalari. 
Tayanch so’z va iboralar:
din, diniy e’tiqod, ijtimoiy ong, dialektika, 
ijtimoiy borliq, jamiyat, dunyoqarash, kompensatorlik, komunikativlik, 
integrativlik. 
1. Dinshunoslik fani XIX asrning ikkinchi yarmida vujudga kelgan. O’sha 
davrda olimlar (E.Taylor va b.) tarix, arxeologiya, etnografiya va lingvistika fanlari 
asosida to’plagan ma’lumotlarga asoslangan holda, dinni tabiiy, erdagi sabablar 
asosida tushuntirdilar. Shuningg uchun ham ularning nazariyasi o’z vaqtida 
progressiv ahamiyatga ega bo’lgan. Talabalarga dinshunoslik fanining vujudga 
kelishida Markaziy Osiyo mutafakkirlari, XVIII asr fransuz ma’rifatparvarlarining 
ta’limotlari nazariy asos bo’lganligini ta’kidlab o’tishimiz kerak. Markaziy 
Osiyoda xurfikrlilikka xos dastlabki g’oyalar – deizm, panteizm buyuk 
mutafakkirlar Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Umar Xayyomlarning ijtimoiy-falsafiy 
qarashlarida, Ibn Rushtning “Ikki haqiqat” ta’limotida olg’a surilgan. XVIII asrda 
fransuz faylasuflarining dinga, diniy tashkilotlarga munosabati XIX asrda ilmiy 
dinshunoslik va turli oqimlarni yuzaga kelishiga katta turtki bo’lgan. Talabalarga 
bir necha maktablarni misol tariqasida keltirishimiz mumkin: XIX asrdagi 
mifologik maktab namoyondlari (aka-uka Y.A. va V.Grimm, M. Myuller); 
antropologik maktab namoyondasi (L. Feyerbax). XX asrda dinshunoslik yanada 
yangi nazariyalar bilan boyigan. Bunda shveysariyalik psixolog K.Yang va fransuz 
olimi E. Dyurkgeymning “kollektiv ong” haqidagi ta’limoti diqqatga sazovordir. 
Dinshunoslik fani dinning paydo bo’lishi va rivojlanish tarixini, uning 
ta’limotini, vujudga kelishi va shakllanishini o’rganuvchi fandir. Talabalar 
diqqatini bu fan jamiyat taraqqiyoti jarayonida din bilan bog’liq bo’lgan barcha 
ijtimoiy hodisalarni – mafkura va aqidalar, urf-odat va marosimlar, diniy 
tashkilotlarni talab va tartiblarini o’rganish, tahlil qilish ko’zda tutilganligiga 
qaratish kerak.
Dinshunoslik fani taraqqiyoti jarayonida ma’lum usullarga asoslanib 
izlanishlar olib borilgan va bu izlanishlarning natijasida muhim xulosalar 
shakllangan. Talabalar diqqatini mana shu xulosalarga qaratish maqsadga 
muvoffiqdir: 

har qanday din ijtimoiy hodisa bo’lib, diniy ong ijtimoiy ong 
shakllaridan biridir; 

diniy tasavvur va e’tiqodlar jamiyat taraqqiyotining muayyan ijtimoiy-
iqtisodiy sharoitlari ta’sirida shakllanadi; 

ibtidoiy diniy tasavvurlardan tortib jahon dinlarigacha bo’lgan dinlar 
evolyusion taraqqiyot yo’lini bosib o’tgan.


5

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin