10
esa diniy mafkurani his-tuyg’ular, odatlar bilan chuqurlashtiradi.
Diniy mafkura
hamma vaqt ham diniy ruhiy holatlar bilan to’la mos kelavermaydi.
Talaba yoshlarga din, uning tarkibiy qismlari, diniy ong darajalarini bilishning
ilmiy, amaliy ahamiyati kishilar hayotidagi diniy va diniy bo’lmagan
harakatlarni
bir-biridan farqlash, ularga alohida-alohida yondashish imkonini
berishi haqida ma’lumot berishimiz lozim.
2. Talabalarga itidoiy din shakllari haqida ma’lumot berar ekanmiz, avvalo
ibtidoiy odamning o’ziga xos xususiyatlari, yashash sharoiti va turmush tarzi haqida
batafsil to’xtadib o’tishimiz lozim.
Ibtidoiy odamning jismoniy,
fiziologik, asab-
endokrin, biologik, psixologik va boshqa sohalari o’ziga xos xususiyatlarga ega
bo’lgan. Bu uning hayoti va faoliyati, fe’l-atvorigagina emas, balki,
uning fikrlash
darajasi, kuchli hayajonlanishi, tasavvur etishi, haqiqiy yoki soxta mantiqiy
qonuniyatlarni kashf etishiga ta’sir ko’rsatdi.
U ibtidoiy bo’lsa-da aqlli, fikr
yurituvchi, ma’lum
mushohadaga qobiliyatli, konkret holatda fikr yurita oladigan,
doimiy faoliyatida vujudga kelgan amaliy tajribalarga ega bo’lgan odam edi. Bunday
tahlil nimaga asoslangan? Bilim miqdorining nihoyatda ozligi va uni doimiy
takomillashib borishi, oldinda turgan hayotdan qo’rquv va uni engishga bo’lgan
intilish, amaliy tajribaning uzluksiz ortib borishi, tabiat kuchlariga mutlaq tobelik va
undan qutilishga tirishish, atrof-muhitga injiqliklari va ularni engish va h.k. –
bularning
barchasi shunga olib bordiki, uning ilk qadamidan nafaqat mantiqiy
talabchanlik, balki hissiy-ijtimoiy, xayoliy-fantastik munosabatlar kelib chiqdi.
Dostları ilə paylaş: