Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti buxoro


Din diniy ong, diniy faoliyat va diniy tashkilotlar



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/104
tarix03.10.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#151671
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   104
True

Din diniy ong, diniy faoliyat va diniy tashkilotlar 
faoliyati orqali namoyon bo’lganligi uchun ular dinning elementlari deb 
ataladi.
 
Diniing tarkibiy qismlari orasida 
diniy ong
etakchi o’rin egallaydi. Diniy ong 
bir-biri bilan bog’liq, bir-biriga nisbatan muayyan darajada mustaqil bo’lgan 
diniy 
mafkura
va 
diniy ruhiyatdan
iborat. 
Diniy mafkuraning
vujudga kelishi va shakllanishi sinfiy jamiyatda ro’y 
bergan aqliy mehnatni jismoniy mehnatdan ajralishi, buning natijasida vujudga 
kelgan dastlab qohinlar, keyinchalik ruhoniylar faoliyatlari bilan bog’liq. Ular o’z 
g’oyaviy faoliyatlarida diniy mafkurani yaratadilar va buni asoslash, targ’ib qilish 
bilan shug’ullanadilar. Diniy tasavvurlar, ta’limotlar, toat-ibodatlar diniy 
mafkuraning asosini tashkil etadi. Diniy marosimlar, diniy psixologiya, diniy 
birlashmalar esa diniy tasavvurlarni mustahkamlaydi.
Diniy psixologiya – ruhiy holat
diniy mafkuradan ancha oldin vujudga kelgan. 
U dindorlarning his-tuyg’ulari bilan bog’liq odatlari, kayfiyatlaridan tashkil topadi. 
Diniy mafkura diniy ruhiy holatni g’oyalar bilan mustahkamlasa, diniy ruhiy holat 


10
esa diniy mafkurani his-tuyg’ular, odatlar bilan chuqurlashtiradi. Diniy mafkura 
hamma vaqt ham diniy ruhiy holatlar bilan to’la mos kelavermaydi. 
Talaba yoshlarga din, uning tarkibiy qismlari, diniy ong darajalarini bilishning 
ilmiy, amaliy ahamiyati kishilar hayotidagi diniy va diniy bo’lmagan harakatlarni 
bir-biridan farqlash, ularga alohida-alohida yondashish imkonini
berishi haqida ma’lumot berishimiz lozim. 
2. Talabalarga itidoiy din shakllari haqida ma’lumot berar ekanmiz, avvalo 
ibtidoiy odamning o’ziga xos xususiyatlari, yashash sharoiti va turmush tarzi haqida 
batafsil to’xtadib o’tishimiz lozim.
Ibtidoiy odamning jismoniy, fiziologik, asab-
endokrin, biologik, psixologik va boshqa sohalari o’ziga xos xususiyatlarga ega 
bo’lgan. Bu uning hayoti va faoliyati, fe’l-atvorigagina emas, balki, uning fikrlash 
darajasi, kuchli hayajonlanishi, tasavvur etishi, haqiqiy yoki soxta mantiqiy 
qonuniyatlarni kashf etishiga ta’sir ko’rsatdi.
U ibtidoiy bo’lsa-da aqlli, fikr 
yurituvchi, ma’lum mushohadaga qobiliyatli, konkret holatda fikr yurita oladigan, 
doimiy faoliyatida vujudga kelgan amaliy tajribalarga ega bo’lgan odam edi. Bunday 
tahlil nimaga asoslangan? Bilim miqdorining nihoyatda ozligi va uni doimiy 
takomillashib borishi, oldinda turgan hayotdan qo’rquv va uni engishga bo’lgan 
intilish, amaliy tajribaning uzluksiz ortib borishi, tabiat kuchlariga mutlaq tobelik va 
undan qutilishga tirishish, atrof-muhitga injiqliklari va ularni engish va h.k. – 
bularning barchasi shunga olib bordiki, uning ilk qadamidan nafaqat mantiqiy 
talabchanlik, balki hissiy-ijtimoiy, xayoliy-fantastik munosabatlar kelib chiqdi.

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin