8
2.
Milliy dinlar
– ma’lum millatga xos bo’lib, boshqa millat vakillarini o’ziga
qabul qilmaydigan dinlar. Masalan, Yahudiylik (Yahudiy millatiga xos), hinduiylik
(hindlarga xos), Konfutsiylik (xitoy millatiga xos), Sintoizm (yaponlarga xos).
3.
Jahon dinlari
– dunyoda eng ko’p tarqalgan, kishilarning millati va irqidan
qat’iy nazar unga e’tiqod qilishlari mumkin bo’lgan dinlar. Buddaviylik, xristianlik
va islom dini kiradi.
Bundan tashqari dinlar ta’limotiga ko’ra monoteistik – yakkaxudolik
(Yahudiylik, islom) va politeistik – ko’pxudolik (hinduizm, konfutsiychilik) dinlari
va h.k.ga bo’linadi.
Talabaning diqqatini
ibtidoiy din shakllaridan tortib urug’-qabila, milliy va
jahon dinlarining paydo bo’lishi, rivojlanishining ijtimoiy, gnoseologik, psixologik
ildizlari mavjud ekanligiga qaratish zarur.
Dinning ijtimoiy ildizi – ijtimoiy ehtiyojlar va insonlarni tabiatga, jamiyatga,
bir-biriga bo’lgan munosabati bilan bog’liq sabablar yig’indisidir.
Dinning gnoseologik ildizi – dunyoni, odamning o’z-o’zini bilish sohasi,
mavhum tafakkurning taraqqiyoti bilan bog’liq sabablar.
Dinning psixologik ildizi – diniy tushunchalar, tasavvurlari bilan bog’liq
kishilarning ruhiy holatlari, kayfiyatlari, his-tuyg’ulari.
E’tiqod (arabcha – i’taqa) ishonch, imonli bo’lish ma’nolarini anglatadi. Keng
ma’noda e’tiqod inson faoliyati uchun ma’naviy asos, yo’l-yo’riq bo’lib, aql va
iroda vositasida anglangan bilim, g’oya va shu asosda shakllanadigan maqsadlar
majmuini hamda ularning to’g’riligiga ishonch bilan bog’liq bo’lgan psixologik
holatni ifodalaydi.
Milliy istiqlol va ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy taraqqiyot inson qadri, uning
manfaatlari va ehtiyojlari bilan bog’liq masalalarni dolzarblashtirib yubordi. Talaba
yoshlarni yuksak ma’naviyatli shaxs qilib tarbiyalash, ularni mustaqil hayotga
tayyorlash, global fikrlash malakasini hosil qilish, dunyoqarashi va fikrlash
qamrovini aqliy-kasbiy salohiyatiga uyg’unlashtirish asosiy vazifamizdir. Bu
vazifani bajarishda esa diniy ta’limotlarning ijobiy ta’siri salmoqlidir. Din bag’rida
shakllangan ma’naviy-axloqiy qadriyatlarning vujudga kelish sabablari, ularning
kishilarga ijobiy ta’sirchanlik masalalarini ilmiy jihatdan o’rganish va bu ma’naviy-
axloqiy qadriyatlardan foydalanish katta ahamiyatga ega bo’lmoqda.
Dostları ilə paylaş: