3
KIRISH
«Dinshunoslik» kursi oliy o’quv yurtlarining bakalavriat bosqichiga
mo’ljallangan. Kursning asosiy vazifasi oliygoh talabalariga shu sohada chuqur
bilim berish orqali kurs doirasiga kirgan masalalarni tahlil etishda ilmiylik va
ob’ektivlik uslubini qo’llab, yoshlarda
diniy qarashlar taraqqiyotga, inson
kamolotiga xizmat qiladigan jihatlarini ajratib olish, mustaqil fikr yuritish orqali
ilmiy-falsafiy dunyoqarashga asoslangan imon va e’tiqodni shakllantirishdan
iborat. Talaba yoshlarni yuksak ma’naviyatli
shaxs qilib tarbiyalash, ularni
mustaqil hayotga tayyorlash, global fikrlash malakasini hosil qilish, dunyoqarashi
va fikrlash qamrovini aqliy-kasbiy salohiyatiga uyg’unlashtirish
har birimizning
oldimizda turgan vazifamizdir. Hozirgi davrda yuksak ma’naviyatli shaxsni
tarbiyalab voyaga etkazish ta’lim-tarbiya jarayonining muhim vazifalaridan biriga
aylandi.
Barkamol avlodni tarbiyalab voyaga etkazish milliy mafkuraning asossiy
g’oyasi va davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. «Biz barpo
etayotgan Yangi jamiyat, - deydi I.Karimov,- yuksak ma’naviy
va axloqiy
qadriyatlarga tayanadi va ularni rivojlantirishga katta e’tibor qaratadi».
1
Ushbu
jihatlarni hal etish ko’proq kadrlar masalasiga borib taqaladi va minglab yuksak
ma’naviyatli mutaxassis kadrlar tayyorlanishi ayniqsa bozor munosabatlariga
o’tish davrida zarur bo’lib bormoqda. Talaba yoshlarga komil insonga xos axloqiy,
ma’naviy fazilatlar, inson kamolotida ilm va bilimning o’rni haqida tushuncha
berar ekanmiz, dinning yoshlar tarbiyasidagi o’rni haqida ham to’g’ri
axborot
berishimiz zarur. Dinning jaholat, aqidaparastlik, o’zgalar fikriga toqatsizlik,
ijtimoiy taraqqiyotga to’sqinlik qiluvchi kuch ekanligi haqidagi noto’g’ri
tasavvurlarga qarshiligi to’g’risidagi ijtimoiy fikrni shakllantirishga,
talaba
yoshlarda falsafiy-nazariy dunyoqarashni shakllanishiga erishmog’imiz darkor.
Chunki dinlar - hoh islom dini, hoh xristian dini bo’lishidan qat’iy nazar
insonlarni ezgulikka, poklikka, Vatanga, Yaqinlariga
muhabbat va sadoqatga
o’rgatadi.
Mazkur qo’llanmada jahon dinlari, ularning kelib chiqish tarixi, ta’limoti va
insoniyat tarixidagi o’rni tahlil qilingan. Jahon dinlari xalqlarning ijtimoiy, siyosiy
va madaniy taraqqiyotiga o’z ta’sirini ko’rsatgan. Insonlarni axloqiy jihatdan
sog’lom, pok, diyonatli bo’lishlikka chaqiruvchi dinlar har doim ta’lim-tarbiyaning
ajralmas qismi bo’lib kelgan. Dunyoviy taraqqiyot yo’lini tanlagan O’zbekistonda
dinning ijtimoiy ahamiyati tiklanib, diniy konfessiyalarning rasmiy faoliyati uchun
hamma sharoitlar yaratildi. Millatlar o’rtasida tinchlik, hamjihatlik va o’zaro
ishonchga asoslangan munosabatlarni shakllantirishda dinlarning imkoniyatlaridan
keng foydalanilmoqda. Bu esa dinning yosh avlodni ma’naviy
tarbiyalash va
dunyoqarashini shakllantirishdagi faol ishtiroki bilan bog’liq.
1
И. А. Каримов. Миллий истиқлол мафкураси - халқ эътиқоди ва буюк келажакка ишончдир. Т.: 2000, 18-
бет.