Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti buxoro



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/104
tarix03.10.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#151671
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   104
True

Sinion 
atrofida to’playdi; 3) ularning barcha dushmanlarini jazolaydi. 
4.
Oxirat kuniga ishonish. Yahudiylikda oxirat haqidagi tasavvurlar, asosan 
Talmudda bayon etilgan. Unga ko’ra, Yahvega chin e’tiqod qilganlar oxiratda 
mukofotlanadilar. Aksincha, uning qonunlarini buzganlar shafqatsiz jazo 
oladilar. 
Yahudiylik ta’limoti bo’yicha Muso payg’ambar Tur tog’ida Yahve bilan 
uchrashganda Yagona Xudo tomonidan 10 ta lavha tushirilgan. Ushbu lavhalarda 
mazkur din asosini tashkil etgan 10 ta nasihat bor edi. Bu nasihatlar Tavrotning 
«Ikkinchi qonun» kitobidan o’rin olgan bo’lib, Yahudiylar ularga qat’iy rioya 
qilishlari shart. Ular quyidagilardir: 
1.
Yahvedan boshqani iloh deb bilmaslik; 
2.
But, sanam va rasmlarga sig’inmaslik; 
3.
Bekordan-bekorga Xudo nomi bilan qasam ichmaslik; 
4.
Shanba kunini hurmat qilish va uni Xudo uchun bag’ishlash; 
5.
Ota-onani hurmat qilish; 
6.
Nohaq odam o’ldirmaslik; 
7.
Zino qilmaslik; 
8.
O’g’rilik qilmaslik; 
9.
Yolg’on guvohlik bermaslik; 
10.
Yaqinlarning narsalariga ko’z olaytirmaslik. 
Yahudiylarning 
muqaddas 
diniy 
manbalaridan 
hisoblangan 
Talmudda 
Yahudiylik marosimlari tizimi ishlab chiqilgan. Unda Yahudiylar amal qilishi va 
bajarishi lozim bo’lgan 248 ta buyruq, 365 ta taqiq mavjud. Ular Yahudiyning 
ovqatlanishi, kiyinishi, ozodaligi, kun tartibi, ibodatlari, marosimlar va 
bayramlariga taalluqli masalalarni o’z ichiga oladi.
Talabalar diqqatini Yahudiylikning manbalariga qaratsak maqsadga muvoffiq 
bo’ladi. Yahudiy dini boshqa dinlar kabi o’zining muqaddas yozuvlariga ega. 
Uning asosan ikkita manbasi bo’lib, biri – mil. av. XIII asrda yashagan va Isroil 
xalqini Misrdan olib chiqib ketilishiga boshchilik qilgan Muso payg’ambarga Tur 
tog’ida berilgan Tora (Tavrot; Torah of Moses; Totah shebikhtav, mil. avv. 11-6 
asrlar o’rtasida shakllangan), ikkinchisi Tavrotdan keyinroq paydo bo’lgan yozma 
manba Talmuddir (3-6 asrlarda shakllangan). Yahudiylikdagi bu ikki muqaddas 
sanaladigan manba xristian Bibliyasining tarkibiy qismlarini (aynan emas) tashkil 
etadi.

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin