Yahudiy so’zining kelib chiqishi haqida turli
fikrlar mavjud. Abu Rayhon Beruniy o’zining «Qadimgi xalqlardan qolgan
yodgorliklar» kitobida yozishicha, Yahudiylar bu so’zni somiy tillaridagi
hoda –
«tavba qilmoq, tavba qilganlar» so’zidan kelib chiqqan deb da’vo qilsalar-da,
aslida bu fikr noto’g’ri, «Yahudiy» so’zi Banu Isroil xalqi ustidan hukmronlik
qilgan Ya’qub Payg’ambarning o’g’li Yahudo nomiga nisbat berilgan.
Yahudiy xalqining yana bir nomi Banu Isroil bo’lib,
Isroil – Ya’qub
payg’ambarning ikkinchi ismi,
banu – «bolalar» ma’nosini beradi, ya’ni – «Isroil
avlodlari».
Yahudiy xalqiga nisbatan ishlatiladigan yana bir atama
Yevrey so’zi zamonaviy
adabiyotlarda «Yahudiy» so’zining aynan tarjimasi sifatida ishlatiladi. Ammo bu
ikki so’zning etimologiyasi turlicha:
yevrey qadimiy somiy tillardagi
ibriy so’zining o’zgargan shaklidir.
Ibriy so’zi (arab. ‘
abara-ya’buru – «kechib o’tmoq»
fe’lidan) «kechib o’tganlar»
ma’nosini beradi. Tarixdan ma’lumki, Yahudiy
qabilalari Urdun (Iordan) daryosini kechib, hozirgi Falastin hududiga kelganlar.
Shuning uchun ularga
ibriylar yoki
ibroniylar («kechib o’tuvchilar»)
nomi
berilgan.
Yahudiylik ta’limoti : Yahudiylik ta’limoti to’rt asosga tayanadi
1.
Olamlarni yaratuvchi Yagona xudo – Yahvega imon keltirish. Yahve so’zi
«rabb, parvardigor» ma’nosini bildiradi. Tavrotning «Chiqish» kitobida
Xudoning Musoga aytgan ushbu so’zi keltiriladi: «Yahve – ota-bobolaringiz
Ibrohim, Is’hoq, Ya’qublarning parvardigori, u meni sizga yubordi» (Chiqish:
3). Mil. av. VI asr oxirlarida Yahudiy ruhoniylari oddiy xalq hurmatini
pasaytirib qo’ymasliklari uchun Yahve so’zini ishlatishni man etib, uning
o’rniga murojaat uchun «Adonay» («Rabb, Xoja») so’zini qo’llashni
buyurganlar. SHundan so’ng faqat ruhoniylargagina ibodat vaqtida Yahve
nomini tilga olishlariga ijozat berilgan. Yahudiylik ta’limotiga ko’ra, Yahve
olamlarni yaratishni yakshanbada boshlab, juma kuni tugatdi, shanba kuni esa
dam oldi va Yahudiylarga ham shu kuni dam olishni buyurdi. Shu sabab
Yahudiylik dinida shanba kuni ulug’ kun hisoblanib, hech bir ishga qo’l
urilmaydi.
2.
Yahudiylar er yuzidagi xalqlarning «eng mumtozi» va u «dunyoda berilajak
in’omlarning eng haqlisi» ekanligi. Ular o’zlarini Xudo tomonidan saylangan,
muqaddas xalq ekanini, Yahudiyning ruhi Xudoning bir qismi hisoblanishini
da’vo qiladilar.
16
3.
Messiya – xaloskorning kelishi haqida. Unga ko’ra, oxirzamonda Yahve
Yahudiylar orasidan bir xaloskorni chiqaradi va u quyidagi vazifalarni bajaradi:
1) dunyoni isloh qilgan holda qaytadan quradi; 2) butun Yahudiylarni