17
Xristianlar
va Yahudiylar
Bibliya
so’zini turli tushunadilar. Yahudiylar uchun
Ibriy Bibliyasi
(Hebrew Bible) xristianlarning
Qadimiy Ahdi
(Old Testament).
Yahudiylar
Bibliya
so’zi ostida ko’pincha o’zlarining
Tanaxl
arini (Tanakh)
tushunadilar. Musoga tegishli bo’lgan besh kitob «Tavrot»
deb ataladi va quyidagi
kitoblarga bo’linadi: 1) «Borliq» yoki «Ibtido»; 2) «Chiqish»; 3) «Levit»; 4)
«Sonlar»; 5) «Ikkinchi qonun».
Qadimiy Ahdning
ichidagi diniy ta’limot va aqidaga bag’ishlangan eng asosiy
va obro’li qismi Tavrotdir. U xristianlik an’anasiga ko’ra «Besh kitob», Yahudiylar
an’anasiga ko’ra «Tora» (ta’limot) hisoblanadi.
Qadimiy Ahddagi
«ahd» so’zi xudoning insonlar
bilan maxsus aloqasini
bildiradi.
Qadimiy Ahd
matni ibriy (eski Yahudiy) va oromiy tillarida yozilgan. U
qadimgi payg’ambarlarning kitoblari (Ketuvim), Sulaymon payg’ambarning
matallari (Nevi’im) va (Torah) nomli kitoblardan iborat. Unda «Xudo yarlaqagan»
Isroil xalqining tarixi haqida hikoyalar beriladi.
«Ibtido»
mil. av. 1400 yillarda Xudoning buyrug’iga ko’ra, Muso
payg’ambar tomonidan yozib olingan. Unda Xudo olamni qay yo’sinda yaratgani,
odamzotning
gunohga botgani, buning natijasida olamga azob va o’lim kelishi
haqida xabar beriladi.
Shuningdek, unda dunyodagi xalqlarning vujudga kelishi va
jahonga tarqalishi tarixi bayon qilingan.
Odam Ato va Momo Havvo, Hobil va
Qobil, Nuh, Lut, Ibrohim, Ishoq, Ismoil, Ya’qub, Yusuf, Fir’avn
va boshqa
shaxslar, To’fon, Bobil minorasi va tillar chatishuvi,
Sadom va Hamoraning xarob
bo’lishi singari eng qadimiy hodisalar ham
Dostları ilə paylaş: