Konfutsiyning falsafiy qarashlari. Konfutsiy komil inson
(szyun-szi) haqidagi
g’oyani yaratdi. Szyun-szi, ya’ni yuksak ma’naviyatli inson ikki asosiy xususiyatga
ega bo’lishi kerak: insoniylik va mas’uliyat (ajdodlar oldidagi qarz)ni his qilish.
Komil inson, eng avvalo, ishonchli va fidoiy bo’lishi lozim.
U buning uchun tinimsiz, o’zini ayamasdan o’z ishonchi, hukmdori, o’z otasi va
o’zidan katta barchaga birday xizmat qilishi va doimo kamolot sari intilishi zarur.
Mamlakatimizda komil inson, barkamol avlod tarbiyasi eng dolzarb masalalardan
biri bo’lgan bir paytda, Konfutsiyning falsafiy, axloqiy qarashlarini o’rganish ham
katta ahamiyatga egadir.
Konfutsiychilikning ilk ko’rinishida axloq masalasi birinchi o’ringa qo’yilgan,
diniy e’tiqod esa ikkinchi darajali sanalgan. Diniy masalalar, aqidalarga
konfutsiychilik ancha sovuqqon munosabatda bo’lgan, ba’zi o’rinlarda ularni inkor
qilgan. Konfutsiy ham o’z vaqtida qadimgi Xitoyda keng tarqalgan ruhlarga e’tiqod
masalasiga shubhali munosabatda bo’lgan. «Lunyuy» (Konfutsiyning falsafiy
fikrlari
va
suhbatlari
majmuasi,
konfutsiychilikning
asosiy
manbasi)da
keltirilishicha, Konfutsiy g’ayritabiiy narsalar va ruhlar to’g’risida gapirishni
yoqtirmagan. Shuningdek, u taqdir, inson umri, o’lim haqida so’z yuritishdan
qochgan. Undan: «O’lim nima?» – deb so’raganlarida, u: «Biz tiriklik nima
ekanligini bilmaymiz-u, o’lim nima ekanligini qaerdan bila olar edik», - deb javob
bergan.
Biroq, qadimdan davom etib kelayotgan diniy qadriyatlar, urf-odatlarga
Konfutsiy hurmat bilan munosabatda bo’lgan.
Konfutsiyning yana bir ta’limoti – «Syao» bo’lib, u inson o’z ota-onasiga
munosib bo’lishi haqidagi g’oyani o’zida mujassam qilgan. Konfutsiy fikricha, inson
uchun
Syao dan muhimroq narsa yo’q. U: «