ANTITRANSPIRANTLAR Keyingi yillarda birqancha moddalar olindiki,ularni o’simliklarga purkaganda transpirasiya jadalligi sezilarli darajada pasayadi. Bunday xususiyatga ega bo’lgan moddalarga ntitranspirantlar deyiladi.Hamma antitranspirantlar ikki gruppaga bo’linadi :
1) og’izchalarning yopilishini ta’minlaydigan moddalar,
2) barg ustida yupqa parda hosil qiluvchi moddalar.
Og’izchalarning yopilishini ta’minlaydigan moddalarga fenilmerkurasetat - C8H8N8O2 , dodesenilsuksinat - CH2 -(CH)n= CH-CH2- CHCOOH - CH2COOH , absiz kislotasi - C15H20O4 kiradi. Bu moddalar o’simlikka purkalganda og’izchalarni tashkil qilgan hujayralarning turgori kamayadi va ular yopiladi. Masalan, makkajo’xori, tamaki, topinambur, qarag’ay barglarida, fenilmerkurasetatning 10-4M eritmasi purkalganda, og’izchalar 2 hafta mobaynida yopiq bo’lgan. Transpirasiya jadalligi esa 50% gacha pasaygan.Ikinchi gruppa moddalarga, polimerlar polietilen, polipropilen, polistirol, polivinilelorid kabilar kiradi. Bular barglarning ustida plyonka qavati hosil qiladi va natijada suv bug’larining ajralib chiqishiga mexanik to’siq hosil bo’ladi. Tekshirishlar natijasiga ko’ra transpirasiya jadalligi 50% dan ko’proq kamayadi, fotosintez va mineral elementlarni o’zlashtirish jadalliklari o’zgarmaydi. Ayrim o’tkazilgan tajribalar o’simliklarning hosildorligini oshirish mumkinligini ko’rsatadi.
PEROKSISOMALAR. Protoplazmadagi so’nggi yillarda aniqlangan juda kichik organoidlardan biri peroksisomalardir. Peroksisoma termini birinchi marta 1965 yilda , hayvon hujayrasini o’rganish natijasida De-Dyuv tomonidan taklif etilgan edi. Bularning o’simlik hujayrasida ham borligi 1968 yilda Tolbert tomonidan aniqlangan. Peroksisoma hajmi jihatidan mitoxondriyalarga yaqin turadi. O’simliklarda asosan dumaloq shaklda bo’lib, diametri 0,2-1,5 mkm. Ular membrana qavati bilan o’ralgan , mitoxondriyalardan kichikroq va kristlari yo’q. Peroksisomalarda yorug’likda nafas olish (fotodыxaniye) fermentlari ko’proq. Shuning uchun ham ular barglarda ko’p bo’ladi va xloroplastlar bilan doimiy aloqa qiladi. Ayrim olimlarning fikricha peroksisomalar endoplazmatik to’r membranasi sathida yuzaga keladi va undan ajralib chiqadi.
GLIOKSISOMALAR. Glioksisomalar ham peroksisomalar gruppasiga kiradi. Bu organoidlar unayotgan urug’ hujayralarida hosil bo’ladi. Ularda asosan yog’ kislotalarini o’zgartirib, shakar hosil qilishda ishtirok etuvchi fermentlar ko’proq to’planadi. Ular hajmi jihatidan peroksisomalarga teng va endoplazmatik to’r bilan bog’liq.
SFEROSOMALAR. Bu organoidlarni 1880 yilda Ganshteyn ochib, unga " mikrosoma " deb nom bergan. Keyinchalik shakliga qarab, sferosoma deb yuritila boshlandi. Shakli, dumaloq, yorug’likni kuchli singdirish qobiliyatli, diametri 0,5 - 1 mkm. Endoplazmatik to’rdan hosil bo’ladi va ajralib chiqadi. Tanasida lipidlar ko’p. Shuning uchun ular lipid tomchilari ham deyiladi. Sferosomalarda fermentlardan lipaza, esteraza, proteaza, nordon fosfotaza, RNK aza,DNKaza topilgan. Ularda asosan ferment lipaza ko’p bo’lganligi yog’larning ko’proq sintez qilinishi va to’planishiga sharoit yaratib beradi. Bajaradigan funksiyalari lizosomalarga ham o’xshab ketadi.
3. O'simliklardagi fiziologik jarayonlar
O‘simliklar fiziologiyasining ob’ektlari va predmeti. O‘simliklar fiziologiyasining rivojlanishi tarixi va uning metodlari. O‘simliklar fiziologiyasining vazifalari. O‘simliklar fiziologiyasining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi.
O‘simlik hujayrasining fiziologiyasi. Hujayra o‘simlik organizmining elementar struktura va funksional birligidir. Hujayraning strukturaviy tuzilishi - uning biokimyoviy faolligini va butun tirik tizimni ishlashining asosidir. O‘simlik va hayvon hujayralarining o‘ziga xos xususiyatlari. Prokariot va eukariot xujayralari. Yadro. Uning tuzilishi va funksiyalari. Hujayra devori, sitoplazma, vakuol, plastidalar, mitoxondriyalar, ribosomalar, peroksisomalar, lizosomalar, endoplazmatik to‘r, Goldji apparati. Biologik membranalarning tuzilishi, xossalari, o‘tkazuvchanlik va faol transport tizimlari xamda asosiy funksiyalari. Biologik membranalarning kimyoviy tarkibi. Moddalarning membrana orqali transporti. Diffuziya - moddalar tashiluvining bir mexanizmi. Membranalar orqali makromolekulalarning tashiluvi. Ionoforlar. Protoplazmaning fizik— kimyoviy xossalari. Hujayra turli organoidlarining o‘zaro funksional bog‘liqligi. Hujayralar o‘rtasidagi bog‘lanishlar. Tirik hujayraning xossalari. O‘simlik hujayrasiga xos qo‘zg‘alishlar va ularning uzatilish mexanizmi.
O‘simliklarda suv almashinuvi fiziologiyasi
Mineral oziqlanish fiziologiyasi
O‘simliklarda moddalar tashiluvi
Fotosintez fiziologiyasi
O‘simliklarning o‘sish va rivojlanish fiziologiyasi
O‘simliklarning harakatlari
O‘simliklarning noqulay omillarga chidamliligi
O‘simliklarning patogenlar va fitofaglardan himoyalanishi