25
Daosizmda mil. av. IV-III asrlarga kelib nazariy asarlar paydo bo’la boshladi.
Bunday asarlarda ijtimoiy-siyosiy va axloq masalalari daosizm uchun unchalik
muhim sanalmadi. Biroq daosizm vakillari ilk bor borliq, tabiat, koinot haqidagi
tushunchalarni ishlab chiqa boshladilar. Xitoydagi Szis faylasuflar akademiyasida
daosizm nazariyotchilari:
Tyan Pen, Sun Szyan, In Ven, Shen Dao, Xuan Yuan va
boshqalar to’plangan bo’lib, ular inson va uni o’rab turgan borliq xususida beto’xtov
munozaralar olib bordilar va risolalar yozdilar. Bunday asarlar hozirgi kungacha
saqlanmagan, biroq daosizmning asosiy manbasi sanaladigan «Daodetszin»
risolasida o’z aksini topgan. Mazkur risola muallifi Lao-Szi hisoblanadi. Uning
hayoti haqidagi ma’lumotlar kam, borlari ham noaniq. Afsonalarga qaraganda, Lao-
Szi onasining qornida bir necha o’n yillar yashab, keksa donishmand holida dunyoga
kelgan. Shuning uchun uni «Lao-Szi» – «Keksa donishmand», «Qari bola» deb
atadilar. Lao-Szi mil. av. VII da tug’ilgan, Konfutsiyning zamondoshi hisoblanadi.
Qadimgi Xitoy yodgorliklarida Konfutsiyning Lao-Szi bilan uchrashganligi,
uning
donoligidan hayratga tushgani va uni ajdaho deb atagani haqida rivoyat keltiriladi.
Lao-Szi ta’limotiga ko’ra, tabiat, jamiyat va butun borliqning asosi «Ulug’
Dao» hisoblanadi (dao, tao «yo’l», «haqiqat», «tartib» demakdir). Dao haqidagi
ta’limot konfutsiychilikda bo’lgan. Chunki dao to’g’risidagi fikrlar konfutsiychilik
va daosizm shakllanishidan ancha oldin mavjud edi, shuning uchun ham har ikki
ta’limotning o’xshash jihatlari ko’p. Konfutsiy daoni jamiyatda muayyan tartiblarni
yaratuvchi samoviy qonunlar tajassumi deb hisoblagan.
Daosizm dinining asosiy mohiyatlaridan biri bu dao va u bilan aloqador tabiat
falsafasi hamda kosmogoniya masalalaridir. Ikkinchi asosiy
nuqta mavjudlik, hayot
va o’limning nisbiyligi va shunga bog’liq holda uzoq yashash, abadiy hayotga
erishish tushunchasidir. Milodning birinchi asrlari – Xan asriga kelib, abadiy hayot
masalasi daosizm olimlarining asosiy muammosiga aylandi. Uchinchi va so’nggi
masala uvey prinsipidir. Daosizm falsafasining mana shu uch ta’limoti Xan asriga
kelib daosizm dinining shakllanishiga asos bo’ldi.
Milodiy ikkinchi asrga kelib daosizm dinida Yangi sektalar paydo bo’ldi.
Ulardan biri «Taypindao» («Buyuk tenglik ta’limoti») bo’lib, uning asoschisi Chjan
Szue hisoblanadi. U xalq orasida sehr-jodu orqali barcha
kasalliklarni tuzatuvchi
hamda kishi umrini uzaytiruvchi shaxs sifatida shuhrat topdi. Uning atrofiga ko’plab
odamlar yig’ildilar. Chjan Szue odamlarni 36 jangovor guruhga bo’lgan. Katta
guruhlarga «da fan» katta sehrgarlar, kichik guruhlarga «syao fan» kichik sehrgarlar
boshliq etib tayinlanganlar. Sektada yuqori boshliq Chjan Szue («Buyuk osmon
rahnamosi») sanaladi. Uning ikki ukasi «Buyuk er rahnamosi» va «Buyuk inson
rahnamosi» deb talqin qilinadi. Bu uchtalik daosizmdagi uchtalik ta’limoti – osmon,
er va inson birligining ramziy timsoli edi. «Taypindao» sektasi ta’limoti
«Taypinszin» kitobiga asoslanadi.
«Taypindao» sektasi bilan birga yana bir «Udoumidao» («Besh dou guruch
ta’limoti») sektasi ham mavjud bo’lib, qadimgi Xitoy jamiyatida katta ta’sir
doirasiga ega bo’lgan. Uning asoschisi mashhur daochi Chjan Dao Lin bo’lib, u
26
ushbu sektaninggina emas, balki butun daosizm ibodatxonasining asoschisi
hisoblanadi.
Ushbu sektalar tarixda hukmron tabaqalarning adolatsizligiga qarshi ko’plab
siyosiy kurashlarga, qo’zg’olonlarga boshchilik qilgan.
Daosizm birinchi ming yillikda buddizm va konfutsiychilik bilan raqobatlashib
keldi.
VI asrga kelib, daosizm konfutsiychilikdan keyin ikkinchi o’rinni egallagan
edi. XIII asrdan boshlab daosizm ta’limotining aniq asoslarga ega emasligi va ilk
davrdagi yuksak ta’limotlari turli xurofotlar bilan almashgani tufayli inqirozga yuz
tuta boshladi.
XX asr boshlariga kelib Xitoyda turli daosizm sektalariga qarshi kurash
boshlandi. O’tgan asrning ikkinchi yarmida daosizm tarafdorlari juda ozchilikni
tashkil qildi. Ushbu kichik guruhlar monaxlar, targ’ibotchilar va bashoratchilarni o’z
ichiga oladi.
Dostları ilə paylaş: