29
Zardushtiylik dinida Axura Mazda Oliy ibtido,
u hamma mavjudotlarning
yaratuvchisi va boshqaruvchisi, yaxshilik va ezgulik timsoli – Oliy ruh sifatida
namoyon bo’ladi. Zardushtiylikda yana olti ilohiy ruh –
quyi tangrilarga ham
sig’inilgan. Zardusht ta’limotiga ko’ra ular bir-biriga singib ketgan, manbaning
ayrim joylarida quyi tangrilar Axura Mazdaning emanatsiyalari (ya’ni o’zidan
nurlantirib chiqargan) deb berilgan. Avestoda quyi tangrilar Amesha Spenta –
“abadiy ruhlar” deb nomlanadilar. «Abadiy ruhlar” dunyo yaratilishining ma’lum
bir pog’onasini boshqarib turgan
4
.
Zardushtiylikda imon uchta narsaga asoslanadi:
fikrlar sofligi, so’zning
sobitligi, amallarning insoniyligi. Har bir zardushtiy kuniga besh marta yuvinib,
poklanib, quyoshga qarab, uni olqishlab, sig’inishi shart.
Zardushtiylik ibodatxonalarida doimiy ravishda olov yonib turadi. Ularda
dunyodagi to’rt unsur – suv, olov, er va havo ulug’lanadi.
Zardushtiylik dafn marosimi o’ziga xos bo’lib, o’lganlar
bir necha past,
baland «sukut minoralari» –
daxma
larga solinadi, u erda murdalarning go’shtlarini
qushlar eb, suyaklarini tozalaydi. Go’shtdan tozalangan suyaklar maxsus sopol
idishlarga solinib minora o’rtasidagi quduqqa sochib yuboriladi. Bunda
poklik
bilan
nopoklik
ning bir-biriga Yaqinlashmasligiga erishiladi.
3. Zardushtiylik dini dunyodagi eng qadimiy
dinlardan biri hisoblanib, mil.
av. XII-VI asrlarda Markaziy Osiyo, Ozarbayjon, Eron
va Kichik Osiyo xalqlari
unga e’tiqod qilganlar. Eronda Sosoniylar sulolasi hukmronligi davrida uning
muqaddas kitobi Avesto ruhoniylar tomonidan og’zaki rivoyatdan yig’ilib, birinchi
marta kitob shakliga keltirilgan. Ayrim qismlariga, ayniqsa «Videvdat» bo’limiga
o’zgartirishlar kiritilib, qayta ishlangan.
VIII asrda O’rta
Osiyoga islom dini kirib kelib, keng tarqalguniga qadar
zardushtiylik mahalliy xalqlarning asosiy dini hisoblangan. Buni, jumladan,
arxeologik tadqiqotlar isbotlaydi.
Avesto zardushtiylikning asosiy manbasi va muqaddas kitobi hisoblanadi. U
Apastak, Ovisto, Ovusto, Abisto, Avasto kabi shakllarda ham ishlatib kelingan.
Avesto O’rta Osiyo, Eron, Ozarbayjon xalqlarining islomgacha davrdagi
ijtimoiy-
iqtisodiy hayoti, diniy qarashlari, olam to’g’risidagi tasavvurlari,
urf-odatlari,
ma’naviy madaniyatini o’rganishda muhim va Yagona manbadir. Uning
4
Мэри Бойс. Зороастрийцы. Верование и обычаи. М., 1988, С 32.
Dostları ilə paylaş: