30
tarkibidagi materiallar qariyb ikki ming
yil davomida vujudga kelib, avloddan-
avlodga og’zaki tarzda uzatilib kelingan.
Zardushtiylik dini rasmiy tus olguniga qadar Avestoning bo’laklari Turon va Eron
zamini xalqlari orasida tarqalgan. Ushbu – Axura-Mazdaning
Zardusht orqali
yuborilgan ilohiy xabarlari deb hisoblangan bo’laklar turli diniy duolar, madhiyalar
sifatida yig’ila boshlangan. Bular Zardushtning o’limidan keyin kitob holida
jamlangan va «Avesto» – «O’rnatilgan, qat’iy qilib belgilangan qonun-qoidalar»
deb nom olgan.
Bu qadimiy yozma manba bizgacha to’liq holda etib kelmagan. Avesto haqida
Abu Rayhon Beruniy (v. 1048 y.) shunday yozadi: «Yilnoma
kitoblarida bunday
deyilgan: podshoh Doro ibn Doro xazinasida [Abistoning] 12
ming qoramol
terisiga tillo bilan bitilgan bir nusxasi bor edi. Iskandar
otashxonalarni vayron
qilib, ularda xizmat etuvchilarni o’ldirgan vaqtda uni kuydirib yubordi. SHuning
uchun o’sha vaqtda Abistoning beshdan uchi yo’qolib ketdi»
5
.
Avestoning Aleksandr Makedonskiy tomonidan
Gretsiyaga olib ketilgani,
zarur joylarini tarjima ettirib, qolganini kuydirtirib yuborgani, 12 ming qoramol
terisidagi tillo matn haqida (at-Tabariyda – 12000 pergament) keyingi davrlarda
yaratilgan zardushtiylik adabiyotida («Bundahishn», «Shahrihoi Eron», «Dinkard»;
IX asr, «Arda Viraf-namak»; IX asr, «Tansar xatlari», al-Mas’udiyning «Muruj az-
zahab», «Fors-noma» va boshqalarda) ma’lumotlar bor.
Bu asarlarda yunonlar
otashxonalarni vayron qilganlari, ibodatxonalar boyliklarini
talon-taroj etganlari,
din arboblarini o’ldirib, asir olib ketganliklari haqida yoziladi. Hozir bizgacha etib
kelgan Avesto, Beruniyning yozishicha, aslining beshdan ikki qismi xolos. U
«Avesto 30 «
Dostları ilə paylaş: