Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti buxoro



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/104
tarix03.10.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#151671
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   104
True

nask»
edi, majusiylar (zardushtiylar) qo’lida 12 
nask 
chamasi qoldi» 
deb yozgan. 
Yozma manbalarga ko’ra, haqiqatan ham Avestoni 
mo’badl
ar avloddan-
avlodga, og’izdan-og’izga olib o’tib, asrlar osha saqlaganlar. Buning sababi 
mo’badlar
mag’lub xalqlar (Yaqin va Sharq xalqlari) yozuvini 
harom
hisoblab, 
muqaddas
xabarni
unda ifodalashga uzoq vaqt jur’at etmaganlar. Dastavval (mil. I 
yoki II asrlarida), Arshakiylar davrida Avesto qismlarini to’plash boshlangan. 
Keyinchalik, Sosoniy Ardasher Popakon (227-243) davrida, ayniqsa, Shopur (243-
273) davrida astrologiya, tabobat, riyoziyot va falsafaga oid qismlari yozib olinib, 
hamma qismlari tartibga keltirilgan, so’ng bu asosiy matn to’ldirib borilgan. 
Avestoning ana shu to’ldirilgan nusxasining ikki to’liq qo’lyozmasi Hindistonda 
saqlanadi – biri Mumbayda, zardushtiylarning madaniy markazi bo’lmish Koma 
nomidagi institutda, ikkinchisi – Kalkuttadagi davlat kutubxonasida. 
Talabalarni Avestoning eng qadimiy qismlarida Zardusht tug’ilgan va o’z 
faoliyatini boshlagan yurt haqida ma’lumotlarbilan tanishtirishimiz maqsadga 
muvoffiq bo’ladi. Avestoda Axura Mazda yaratgan 16 ta shaharning nomi 
berilgan bo’lib, ulardan to’qqiztasi Markaziy Osiyoda joylashgan viloyat va 
shaharlarning nomlariga juda o’xshash. Unda aytilishicha, «bu mamlakatning ko’p 
5
Абу Райҳон Беруний. Танланган асарлар. II том. Т., 1965, 230-бет. 


31
sonli lashkarlarini botir sarkardalar boshqaradilar, baland tog’lari bor, yaylov va 
suvlari bilan go’zal, chorvachilik uchun barcha narsa muhayyo, suvga mo’l, chuqur 
ko’llari, keng qirg’oqli va kema yurar daryolari o’z to’lqinlarini Iskata (Skifiya), 
Pauruta, Mouru (Marv), Xarayva (Areya), Gava (so’g’dlar yashaydigan yurt), 
Xvarazm (Xorazm) mamlakatlari tomon eltuvchi daryolari bor».
Shubhasiz, «keng qirg’oqli, kema yurar daryolar» bu Amudaryo va Sirdaryo 
bo’lib, Avesto tasvirlagan mazkur shaharlar O’rta Osiyo shaharlarining bu ikki 
daryo qirg’oqlarida joylashganlaridir. 
Shunga asoslanib, biz Zardushtning vatani, zardushtiylikning ilk makoni va 
Avestoning kelib chiqish joyi deb – Xorazm, tarqalish yo’nalishi deb – Xorazm-
Marg’iyona-Baqtriyani ayta olamiz. 
Avestoning «Yasna» kitobida bayon etilishicha, Zardushtning vatandoshlari 
unga ishonmay, uning ta’limotini qabul qilmaganlar. Zardusht vatanni tark etib, 
qo’shni davlatga ketadi, u erning malikasi Xutaosa va shoh Kavi Vishtaspaning 
xayrixohligiga erishadi. Ular Zardusht ta’limotini qabul qiladilar. Natijada qo’shni 
davlat bilan urush boshlanib, Vishtaspa g’alaba qozonadi. Shundan so’ng bu 
ta’limot xalqlar o’rtasida keng tarqala boshlagan. Keyingi davr rivoyatiga ko’ra, 
Shoh Kavi Vishtaspa farmoniga bilan Avesto kitobi o’n ikki ming mol terisiga 
yozib olinib, otashkadaga topshirilgan. 
Avesto zardushtiylik muqaddas kitoblarining majmuidir. U – murakkab 
to’plam. Avestoning saqlanib qolgan to’rtta kitobidan birinchisining nomi 
«Videvdat
» (vi-daevodatam – «Devlarga qarshi qonun») deb ataladi. Ushbu kitob 
Avestoning saqlanib qolgan kitoblari orasida eng mukammali hisoblanadi. U 
yigirma ikki bob bo’lib, boblari 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin