37
to’xtovsiz qayta tug’ilishini hosil qiluvchi sabablardan xalos bo’ladi.
Kishi ichki
erkinlikka ega bo’ladi. Bu shunday erkinlik va ruhiy holatki, unga erishgan kishiga
xatto xudolar ham havas bilan qaraydi.
Nirvanaga erishish yuli juda murakkab bo’lib, tashqi tomondan yordam
bo’lmasa, kishi mustaqil ravishda unga erisha olmaydi. Shu bois bu yulni tanlagan
kishilarga nirvanaga erishish holatida bo’lgan, lekin o’zi bosib o’tgan yo’ldan
ko’proq odamlarning o’tishi uchun yordam berishga tayyor turuvchi avliyosifat
odamlar —
bodxisatvalar
(sanskrit tilida — tabiatan uyg’otuvchi, ziyo
beruvchi kishi degan ma’nolarni anglatadi) ustozlik qiladi.
Buddaviylik har qanday ko’rinishdagi keskinliklarga qarshi bo’lganligi
sababli, nirvanaga erishish yulini tanlagan kishidan
albatta tarki dunyo
qilishni, hayot quvonchlaridan voz kechib,
dunyo kezib yurishni talab
qilmaydi. Tarkidunyolikni tanlagan odamlar odatda ibodatxona jamoalari
-
sangaga
birlashib yashaydilar.
Buddaviylikda
ibodatxonalar
(hindularda
samgalar
deb
ataladi)
ruhoniylarning ierarxiya prinsipi asosida tashkil etilmagan Yagona tashkiloti
va buddaviylikni tashviqot qiluvchi markazi bo’lib qolgan. Ibodatxonalarda
jamoa a’zolaridan shaxsiy gigienaga
amal qilishlari bilan birga, yashaydigan
joylarining toza bo’lishi ham talab qilingan.
Erkaklar sangalari bilan birga,
ayollar sangalari ham tashkil etilgan. Ayollar sangalari kam sonli bo’lib,
asosan aholi punktlariga Yaqin joylarda qurilgan. Bu erdagi diniy
marosimlarni unga Yaqin turgan erkaklar sangalarining ruhoniylari
bajarganlar.
Talabalarga buddaviylik
dinidagi asosiy maqsad
Dostları ilə paylaş: