39
talqin qilingan. Lekin u dastlabki ikki qismga nisbatan
ancha keyin yaratilgan
va ayrim buddaviylik mazhzblarida muqaddas bitik sifatida tan olinmagan.
Buddaviylik Hindistonda vujudga kelgan va u erda zafarli yurish davridan o’tib,
butun Hindistonga yoyilgan. Lekin u diniy ta’limotlar o’rtasilagi kurashda hinduizm
bilan raqobat qila olmagan. Natijada buddaviylik Hindistondan siqib chiqarilgan.
Buning sababi quyidagilardan iborat:
1.
Buddaviylik jamiyatning kastalarga bo’linishini inkor etadi. Hindistonda
odamlar qadimdan tabaqalarga bo’linib yashagan. Har bir kasta o’zining an’analari
va tasavvurlariga ega ijtimoiy guruh bo’lishi bilan birga, o’zining betakror
madaniy
qadriyatlarini yaratgan. Shuning uchun kastalarga bo’linish buddaviylik davrida ham
saqlanib qolgan. Kasta tuzumiga asoslangan hind jamiyati buddaviylik yoki
hinduiylikni tanlashga to’g’ri kelganda aholi jamiyatning kastalarga bo’linishini
ilohiylashtiradigan hinduiylikni afzal ko’rgan;
2.
Buddaviylik ta’limoti hind xalqi mentalitetiga ham mos kelmagan. Tabiatiga
ko’ra, doimo umid
va ishonch bilan yashaydigan, ehtirosli,
quvnoq xalq tushkun
g’oyalar ustuvorlik qiluvchi buddaviylikdan asta-sekinlik bilan voz kechgan;
3.
Ma’lumki, buddaviylikda kuch ishlatmaslik g’oyasi tirik jonzodlarga zulm
qilish va ularni o’ldirishni taqiqlaydi. Bu esa asosiy ishlab chiqaruvchi kuch bo’lgan
dehqonlarning jamiyatdagi mavqei pasayishiga olib kelgan. Chunki dexqonchilikda
chorva mollarining kuchidan
keng foydalanilishi sababli, ular odatda og’ir
mehnatdan nobud bo’lavergan.
Yuqorida qayd etilgan va boshqa sabablar ta’sirida buddaviylik uzoq davom
etadigan siyosiy kurash va xarbiy to’qnashuvlarsiz, tinch yul bilan o’z o’rnini
hinduiylikka bo’shatib bergan. Hinduiylikning siquvi
natijasida miloddan avvalgi
IV—P1 asrlarda dastlab u Osiyo qitasining janubi va janubi-sharqiga,
milodiy I
asrdan boshlab shimoli, shimoli-g’arbi va shimoli-sharqiga yoyilgan.
Talabalarga buddaviylik dinining oqimlari haqida ma’lumot berar ekanmiz,
avvalo buddaviylikdagi bo’linishning ob’ektiv sabablarini ko’rsatib o’tmog’imiz
darkor.
Buddaviylikdagi ilk vujudga kelgan oqimlar –
Dostları ilə paylaş: