Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti buxoro



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/104
tarix03.10.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#151671
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   104
True

Lamaizm 
– Tibetdagi buddaviy rohiblarning nomidan kelib chiqqan. Tibetda
XIV-asrlarda tarqalgan, tibetliklarning ibtidoiy davrga xos
 bon-po
(shomonlikning 
bir turi) elementlarini qabul qilgan, 
maxayana
va 
tantrizm 
(tantrizm veda dinidan 
kelib chiqqan, 
tantra
– jimjimadorlik, sirli matn, sehrgarlik ma’nolarini anglatadi) 
12
Низомиддинов Н.Ғ. Жануби-Шарқий Осиё диний-фалсафий таълимотлари ва ислом.Т., 2006, 64-бет. 
13
Радугин А.А. Введение в религиоведение. М., 1996 - С.133-134. 


41
asosida vujudga kelgan. Hozirgacha tibetliklarning asosiy dini hisoblanadi. Lamaiz 
rivoyatlarga juda boy. Ta’limoti: buddaviylikni barcha aqidalarini qabul qilgan, 
tantrizmga binoan odam va koinot bir-biri bilan bog’liq voqelikdir. Yogalar 
amaliyoti orqali mudroq energetik ibtido harakatga keltiriladi. Lamaizmda juda 
ko’p xudo (budda)lar va g’ayritabiiy mavjudotlar mavjud. Xudolar guruhiga Budda 
Shakyamuni boshchilik qiladi. Batxisatvalar va rohiblarga ham sig’iniladi. 
Dindorlar va diniy tashkilotlarga bosh ruhoniy – dalay-lama (mo’g’ul-tibetchada – 
dengiz kabi buyuk) rahbarlik qiladi.Diniy hayotning markazi, shuning bilan birga 
ma’rifiy va siyosiy markaz ibodatxona hisoblanadi. 
Markaziy Osiyo Xalqlarining tarixida buddaviylik muayyan o’rin egallagan. 
Buddizmning Markaziy Osiyoda tarqalishi miloddan avvalgi II asrlarda grek-
baktriya podshohligining o’rnida qaror topgan Kushon imperiyasining rivojlangan 
davriga to’g’ri keladi. Kushon imperiyasi o’zining eng gullagan davrida (I-III 
asrlar) Markaziy Osiyoning bir qismini, Afg’oniston, Pokiston, Shimoliy 
Hindistonni o’z ichiga olgan. Buddizm Hindistondan markaziy Osiyoga, undan esa 
buyuk ipak yo’li orqali Xitoy va Uzoq Sharqqa tarqalgan. Budda dinining 
iadimdan keng hududlarga tarqalganligini Beruniy ham o’z asarlarida eslatib 
o’tgan: “Budda e’tiqodi janubga tomon Suriya hududigacha tarqalgan edi, so’ng 
mazdaizm siquvi ostida budparastlar Eron va Iroqdan Balxning janubidagi 
mamlakatlarga ko’chib o’tganlar”.
14
Talabalarga islomgacha bo’lgan davrda buddaviylik Markaziy Osiyoda 
g’oyaviy turmushning muhim tarkibiy qismlaridan birini tashkil etganni ta’kidlab 
o’tmoq joizdir. O’lkamiz xalqlarining Hindiston bilan Kushon davlati va Eftalit 
davrida yaxshi yo’lga qo’yilgan savdo-iqtisodiy munosabatlari tufayli hind 
madaniyati unsurlari bilan Budda dini kirib kelgan.
“Buddizm sharqiy Eron va Movarounnahrda qaror topib, Balx hamda 
Buxorodek azim shaharlargacha etib kelgan....YOrkent, Xo’tan, Qashg’ar, 
Toshkent, Turfon, Kuchi va Qorashaharda Budda ibodatxonalari qad ko’targan. 
14
Абу Рейхан Беруний. Индия. Избранные соч. II – том. Т., 1963 - С. 37. 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin