2. Mahayana oqimi (sanskritda
mahayana - katta arava, buyuk yo’l degani)
halos bo’lishning keng yo’lidir (asosan Hindistondan iashqarida tarqalgan).
Bodxisatvaning ( sanskritda – uning mohiyati bilimdir degan ma’noni anglatadi)
murabbiyligida dunyoviy kishi ma’naviy poklanish qoidalariga amal qilsa,
nirvanaga erishishi mumkin. Bu yo’lni tanlagan odam quyidagi axloq qoidalari
(pancha-shila)ga amal qilishi lozim:
jonzotlarni o’ldirmaslik;
o’g’rilik qilmaslik;
zino qilmaslik;
yolg’on gapirmaslik;
ehtiroslarni qo’zg’atuvchi ichimliklarni iste’mol qilmaslik.
3.
Chan-buddizm – Xitoyda tarqalgan buddaviyligning nomi (VI-X asrlarda
gullab-yashnagan). Mahalliy diniy qarashlar bilan muloqat natijasida daosizm
ta’limotining muhim jihatlarini aks ettiruvchi chan-buddaviylik ta’limoti vujudga
kelgan.
Chan – fikrni to’plab olish, diqqatni qaratish, meditatsiya qilish degan
ma’nolarni anglatadi. Ta’limoti: Hayotning asosiy maqsadi kishining ruhan
moddiy dunyo bilan uzviy qo’shilishi, meditatsiya bilan shug’ullanish vositasida
Halos bo’lib, Budda bilan qo’shilib ketish, harakatsizlik yordamida o’z ichki
mohiyatini o’zgartirish.
4.
Vajrayana yoki tantrizm (lot. tilida tantra – ilohiy matn, magiya) – bu
yo’nalishning ta’limoti vedalar bilan bog’liq. Yogalar faoliyatining asosida
tantrizmning insonlarning ichki energetik zahirasi haqidagi ta’limoti yotadi.
Tantrizm ta’limotiga ko’ra kosmos bilan jism, tananing birligi borliqning energetik
ibtidosini tashkil qiladi. Insonning o’zi mikrokosmos bo’lib, uning tanasi samoviy
jismlarning tuzilmasi bilan bir xildir.
13
Tantrizm ta’limoti lamaizmga katta ta’sir
ko’rsatgan.
5.