49
yana nimadir bo’lishi kerak. Xudo nafaqat qiyofaga ega, balki ezgulik, go’zallik
va donolik timsolidir.
Borliq xudo irodasi va faoliyatining mahsulidir. Dunyo ko’rinmas (ilohiy) va
ko’rinadigan (moddiy) qismlarga bo’linadi. Xudo moddiy dunyodan tashqarida
mavjuddir. Moddiy dunyodagi barcha narsa va hodisalar, jumladan odamlarni ham
xudo yaratgan. Ular xudo faoliyatining mahsulidir. Xudo odamlarning bilishi va
unga ergashishi zarurligini bildirish uchun o’z o’g’lini er yuziga vakil qilib
yuborgan.
Filon odamlarga xos bo’lgan illatlar - maishiy buzuqlik, o’zgalarga befarqlik,
mehrsizlik, mansabparastlik, boylikka hirs qo’yish kabilarni qoralagan,
odamlarning xudo oldida tengligini e’tirof etgan. Uning ijtimoiy qarashlari
xristianlik ta’limotining shakllanishida juda katta ahamiyatga ega bo’lgan.
II-III asrda xristianlik tarixida apologetika yoki apologetlar davri vujudga
keladi. Apologetika so’zining lug’aviy ma’nosi himoya qiluvchi demakdir, ya’ni
xristian dini aqidalarini turli hujumlardan himoya qilishdir. Apologetlar
davlatning xristianlik dini bilan murosa qilishiga erishmoqchi bo’lganlar.
Xristianlik ta’limotining ilohiy manbalari muqaddas bitiklar va muqaddas
rivoyatlarga bo’lib o’rganiladi.
Dostları ilə paylaş: