Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti buxoro


Bibliya  (Injil)ning « Yangi Ahd»



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/104
tarix03.10.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#151671
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   104
True

Bibliya 
(Injil)ning «
Yangi Ahd»
qismi, ya’ni 
yevangeliyalarda (grek tilida 
euangelion — 
yaxshi xabar degan ma’noni anglatadi) 
batafsil bayon qilingan. 
Diniy rivoyatlarga ko’ra, farishta Gavriil (Jabroil) kambag’al qiz Mariya 
(Mariyam)ga xudo unga xaloskor-messiyaning onasi bo’lishni ato etganligi haqida 
xabar bergan. Mariya Ota xudo (xudoniig kiyofalaridan biri)dan g’oyibdan 
homilador bo’lgan. Uning eri qariya Iosif (Yusuf) xotinining ilohiy homiladan tuqqan 
(Jabroil unga ma’lum qilgan) bolasini qabul qilgai. 
Iso 30 yoshga kirganidan keyin Iordan daryosi bo’yida Ioan Cho’qintiruvchidan 
cho’qintirishni qabul qilgan va da’vatkorlik faoliyatini boshlagan. Uning atrofida 
shogirdlari, qarindosh-urug’lari va Yaqinlaridan iborat maslakdoshlar guruhi 
shakllangan. Guruhning asosini Isoning 12 shogirdi - apostollar (grekcha 
apostots - 
vakil yoki arabchada havariylar degan ma’nolarni anglatadi) tashkil etgan. Iso guruh 
a’zolari bilan birgalikda Falastin bo’ylab sayohat qilib, odamlarni Yagona xudoga 
sig’inishga da’vat etgan, bemorlarni davolab, mo’’jizalar ko’rsatgan. 
Iso tashviqotlarda odamlarga Yagona xudo erdagi odamlarning yaratuvchisi 
ekanligini, xudoning erda ilohiy podsholik o’rnatilishi to’g’risidagi xabarini odamlarga 
etkazish maqsadida o’zining vakil kilib yuborganligini aytgan. Odamlarning 
ma’navin tushkunlikdan xalos bo’lishlari va ilohiy xaqiqatga erishishlari 
qo’lida o’zini, (ya’ni Isoni) xudoning o’g’li, xudo va odamlar o’rtasidagi 
vositachi sifatida tan olishlariga va uning ta’limotini qabul qilishga da’vat 
etgan. 
Falastinda Isoning uch yillik da’vatchilik faoliyati kutilgan natija bermagan, 
unga ergashganlar juda kam bo’lgan. Bundan tashqari, uning qarashlari iudaizm 
ta’limotiga mos kelmasligi, ba’zi bir muhim masalalarda unga qarshi turganligi 
Quddus kohinlarining keskin qarshiligiga sabab bo’lgan. 
Rim davlati va qohinlar uni soxta mahdiylikda ayblab ta’qib qilganlar. 
Oqibatda Iso hokimiyat va rasmiy dinni badnom qilganligi uchun xochga tortib 
o’ldirishga hukm qilingan. Iso Masihni uchta qaroqchi bilan birga qatl qilinishi 
belgilangan. O’sha davrda rasman tan olingan an’anaga binoan, qatl maydonida 
to’plangan olomon o’limga mahkum qilinganlar orasidan bittasini afv 
etishhuquqiga ega edi. Shu bois, olomon qaroqchi Varravani tanlab, Iso Masihdan 
yuz o’girgan. 
Diniy rivoyatlarda qayd etilishicha, Iso qatl qilinganidan keyin uch kun 
o’tgach mu’jizaviy ravishda qayta tirilgan va shogirdlari bilan qirq kun birga 
bo’lgan. Qirqinchi kun Iso shogirdlariga oxiratda yana erga qaytishini aytib, 
osmonga ko’tarilib ketgan. 
Isoning hayot faoliyati to’g’risidagi diniy rivoyatni qisqacha shunday 
ta’riflash mumkin. Yevangeliyalarda qayd
 
etilgan Isoning hayoti to’g’risidagi 
ma’lumotlarda 
noaniqliklar 
mavjud. 
Masalan, 
havoriy 
Matfey 
o’z 


46
evangeyaliyasida Iso shajarasini Dovud. Solomon va Ibrohim bilan 
bog’lashga harakat qilgan. Havariy Luka Iso Dovudning 28-avlodi ekanligini 
qayd etgan. Mazkur dalillarni isbotlash qiyin, chunki Dovud tarixiy 
manbalarga ko’ra, miloddan avvalgi X asrda yashagan (ming yil davomida 
ularning o’rtasida bor-yo’g’i 28 ta avlod o’tganligi shubhalidir). 
Yevangeliyalarda Isoning hayoti to’g’risida qayd etilgan ma’lumotlardagi 
noaniqliklar yoki xatolar uning tarixiy shaxe ekanligiga shubha tug’diradi. SHu 
bois uning shaxsiga munosabat masalasida afsonaviy va tarixiy maktablar 
shakllagan. Afsona maktabining vakillari Isoning tarixiy shaxs ekanligini inkor 
etadilar va Iso to’g’risidagi qarashlarning turli diniy rivoyatlardan tuzilganligini 
isbotlashga harakat qiladilar. Mazkur maktabning kamchiligi shundaki, unda Iso 
to’g’risidagi qarashlarning asosida xech qanday tarixiylik yo’q degan g’oyani 
isbotlashga intiladilar. 
Boshqa tarixiy maktab vakillari esa Isoning tarixiy shaxs ekanligini isbotlashga 
harakat qiladilar. Bunda asosiy dalil sifatida yevangeliyalarda nomlari qayd 
qilingan personajlar: Ioan Cho’qintiruvchi, havariy Pavel, Rim noibi Pontiy Pilat 
kabilarning tarixiy shaxs ekanligi qayd etiladi. Bu maktab vakillari yana bir ishonarli 
dalil sifatida Yahudiy tarixchisi Iosif Flaviyning so’zlarini keltirishadi: “O’sha 
davrlarda Iso ismli dono bir kishi yashagan. Uning turmush tarzi maqtovga sazovor 
edi, o’zining yaxshiliklari bilan dong taratgan. Ko’p Yahudiylar va boshqa xalq 
vakillari unga shogird tutundilar. Pilat uni o’limga xukm qilgan. Lekin ular ustozidan 
yuz o’girmadilar. Ularning ta’kidlashicha, Iso o’limidan keyingi uchinchi kun qayta 
tirilib kelgan. Demak, u messiya bo’lgan”.
21
Albatta, bu dalillar uning tarixiy shaxs 
ekanligini isbot qilish uchun etarli emas va bunga yanada asosli dalillar talab etiladi.
1946-1947 yillarda O’lik dengiz qirg’og’ida joylashgan Qumron g’oridan 
arxeologlar tomonidan qadimgi Urama bitiklarning topilishi ushbu masalaga 
oydinlik kiritgan. Qo’lyozmalarning milodiy 1 asr o’rtalarida Falastinda faoliyat 
ko’rsatgan iudaizmning essinlar mazhabiga tegishli ekanligi aniqlangan. Essinlar 
e’tikodi, diniy marosimlari va turmush tarzi bilan xristianlikka Yaqin turgan. 
Qumron qo’lyozmalari asosan injilning lavhalari, jamoaning nizomi va 
duolardan iborat bo’lgan. Qo’lyozmalarda «er yuzida adolat o’rnatadigan ustoz», 
Yangi diniy mazhabga asos solgan, iudaizm aqidalarini tanqid qilib, xristianlik 
ta’limotiga o’xshash g’oyalarni targ’ib qilgan tarixiy shaxs yashaganligi to’g’risida 
ma’lumotlar mavjud. 
Dinshunoslik xristianlikiing vujudga kelishi muammosini o’rganar ekan, Isoning 
hayoti va faoliyati haqida bahs yurituvchi bu ikki maktabdan birining qarashlari 
to’g’ri ekanligini isbotlashga harakat kilmaydi. Ayni paytda, masalaga 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin